Amalga oshirilgan islohotlar


Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik



Yüklə 427,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix20.04.2022
ölçüsü427,5 Kb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 ma'ruza

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik. 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi 

natijasida  O‘zbekistonda  nisbatan  qisqa  muddatlarda  dunyoning  yetakchi  davlatlarida  ta’lim 

sohasida  erishilgan  ilg‘or  yutuqlarni,  milliy  an’analarni  o‘z  ichiga  olgan  prinsip  jihatdan  yangi 

modeli tashkil qilindi.  

Mustaqillik  yillarida  oliy  ta’lim  tizimida  olib  borilgan  izchil  islohotlar  natijasida 

mamlakatimizda  bir  qator  chet  el  universitetlarining  filiallari  ochildi.  Jumladan,  Buyuk 

Britaniyaning  Xalqaro  Vestminster  universiteti,  Toshkent  shahrida  M.V.  Lomonosov  nomidagi 

Moskva  davlat  universiteti,  I.M.  Gubkin  nomidagi  Rossiya  neft  va  gaz  davlat  universiteti, 

Singapur  menejmentni  rivojlantirish  instituti,  Italiyaning  Turin  politexnika  universiteti  filiallari 

ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi 

va  Janubiy  Koreyaning  Inha  universiteti  filiallari  ham  o‘zbek  yoshlariga  o‘z  ta’lim  sirlarini 

o‘rgatmoqdalar. 

Yurtimiz  va xorijdagi  o‘quv  maskanlarida  yuzlab  iqtidorli  yoshlar  ta’lim  olmoqda  va  o‘z 

masalakasini  oshirmoqda.  Bunda  xorijiy  ta’lim  muassasalari  bilan  ikki  tomonlama  tajriba 

almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. 




O‘zbekiston  Respublikasi  ta’lim  darajasi  bo‘yicha  dunyoning  rivojlangan  mamlakatlari 

qatoriga  chiqdi.  Yoshlarni  jahon  fani  va  bilimlari  xazinasidan  bahramand  qilishga  katta  e’tibor 

berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha 

mustahkamlandi.  

Chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif 

qilish,  shuningdek,  chet  el  o‘quv  va  ilmiy  markazlarida  xodimlarning  malaka  oshirishi  va 

talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda.  

Ayni vaqtda jahonning ko‘plab mamlakatidan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim 

olmoqda. 

2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali 

kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojlar  inobatga  olinib,  O‘zbekiston  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev 

tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi. 

2017-yil  16-noyabrda  O‘zbekiston  Prezidentining  «Respublika  oliy  ta’lim  muassasalari 

bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul 

qilindi.  Unga  muvofi  q,  2018/2019  o‘quv  yilidan  boshlab  alohida  iqtidor  talab  etiladigan 

madaniyat,  san’at,  dizayn,  tasviriy  va  amaliy  san’at,  musiqiy  ta’lim,  san’atshunoslik,  sport  va 

jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi.  

Masalan,  O‘zbekiston  davlat  konservatoriyasi,  O‘zbekiston  davlat  san’at  va  madaniyat 

instituti,  Kamoliddin  Behzod  nomidagi Milliy  rassomlik  va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat 

jismoniy  tarbiya  instituti  va  alohida  iqtidor  talab  etadigan  ta’lim  yo‘nalishlariga  faqat  ijodiy 

imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. 

Tibbiyotga  oid  oliy  ta’lim  tizimida  ham  bir  qator  islohotlar  amalga  oshirildi.  Jumladan, 

tibbiyot  sohasida  bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishlarida  o‘qish  muddati  7  yildan  6  yil  va  tibbiy 

profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi. 




Yüklə 427,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə