Amalga oshirilgan islohotlar


O‘zbekiston fani va ta’limi integratsiyasini



Yüklə 427,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix20.04.2022
ölçüsü427,5 Kb.
#85702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 ma'ruza

O‘zbekiston fani va ta’limi integratsiyasini

 ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga 

oshirilmoqda. Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy-o‘quv markazlari 

tashkil etilishi orqali amalga oshirildi. Jumladan, 2011-yili Fanlar akademiyasining Fizika-texnika 

institutida  «Qayta  tiklanadigan  energiya  manbalari»  ilmiy-o‘quv  markazi,  2012-yili 

Immunologiya institutida «Biotibbiyot» ilmiy-ta’lim innovatsion markazi ish boshladi. 

2012-yildan  esa,  oliy  ta’lim  tizimida  ilmiy  sektor  rivojini  ta’minlash  maqsadida  Fanlar 

akademiyasning  5  ta  ilmiy  tadqiqot  instituti,  4  ta  mintaqaviy  ilmiy  markazlar  ilmiy  bo‘linma 

tarzida  qayta  tashkil  etilib,  yo‘nalishi  va  ixtisosliklariga  ko‘ra  ular  tegishli  oliy  ta’lim 

muassasalariga o‘tkazildi.  

Fanlar  akademiyasi  tuzilmalarini  qisqartirish  va  akademik  fan  va  ta’lim  integratsiyasini 

kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va 1 ta bo‘linma oliy ta’lim muassasalari qoshidagi 

ilmiy-tadqiqot markazlari sifatida tashkil etildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012-yildagi  «Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-

pedagog  kadrlar  tayyorlash  va  attestatsiyadan  o‘tkazish  tizimini  yanada  takomillashtirish 

to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab dissertatsiya himoya qilish 

va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli 

tizimi joriy qilindi.  

Lekin bu tizim mavjud xalqaro ilm-fan standartlariga to‘la mos kelmaganligi, respublikadagi 

mavjud  ilmiy  salohiyatning  tushib  ketganligi  sababli,  2017-yil  fevraldan  Sh.Mirziyoyev 

tashabbusi  bilan xalqaro standartlariga mos  keluvchi,  falsafa  doktori  va fan doktori darajalarini 

beruvchi ikki bosqichli tiz imga o‘tildi. 





Yüklə 427,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə