Amalga oshirilgan va oshirilayotgan barcha xalqaro loyihalar doirasida yaratilgan yangi ilmiy ishlanma va texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarining mavjud muammolari yechimiga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshiriligan ishlar to‘G‘risida



Yüklə 14,68 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü14,68 Kb.
#158374
Ma\'lumot


AMALGA OSHIRILGAN VA OSHIRILAYOTGAN BARCHA XALQARO LOYIHALAR DOIRASIDA YARATILGAN YANGI ILMIY ISHLANMA VA TEXNOLOGIYALARNI IQTISODIYOT TARMOQLARINING MAVJUD MUAMMOLARI YECHIMIGA YO‘NALTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILIGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA
MA’LUMOT
Jizzax politexnika instituti Yevropa ittifoqining Erasmus+ grantlar dasturlarida ishtirok etib keladi. Xususan, 2019-yildan 2021-yilga qadar Erasmus+ning “INTRAS-intelektual transport tizimlari: Aktga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ushbu loyiha asosida institutga taqdim etilgan asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotlar asosida 2021-yilda Sankt-Peterburgning Simmetriya kompaniyasi tomonidan Jizzax politexnika institutiga ilmiy tadqiqot faoliyati uchun 514 mln so‘m investitsiya kiritilgan. Investitsiyaning asosiy talabi “Samarqand aglomeratsiyasi uchun yo‘lovchi oqimini o‘rganish” deb nomlangan loyihasi amalga oshirildi.
Jizzax politexnika institutida hozirda Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 2 ta loyiha amaliyotga joriy etilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida “REILEAP-O‘zbekiston va Qozog‘istonda charm sanoati korxonalarini tashkil etish orqali charm sektoriga ixtisoslashtirilgan xizmatlar sohasidagi bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan” loyiha asosida Jizzax politexnika institutiga taqdim etilgan sohaga oid tegishli asbob-uskunalar orqali To‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi dotsenti D.E.Kazakovaning “Turli tolalar aralashmasidan tikuv iplari olish texnalogiyasini takomillashtirish” nomli 400 million so‘mlik driver-loyihasi hozirgi kunda amaliyotga joriy etilmoqda.
Yüklə 14,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə