Амалий машулот б´йича дарс ´тиш



Yüklə 130,16 Kb.
tarix02.06.2018
ölçüsü130,16 Kb.
#47406


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASН VAZIRLIGI
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tasdiqlayman” TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. O.R. Teshaev

_______________________

«27» avgust 2015 yil


Kafedra: DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL



JARROHLIK
Fan: Fakultet jarrohlik
«CHURRA ASORATLARI»

mavzusida

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Tashkent 2015


Tuzuvchilar: Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistent Ganiev D.A.

O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnoma №1 «27» avgust 2015 yil

МАВЗУ: ЧУРРА АСОРАТЛАРИ




  1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli




Vaqt – 6 soat

Talabalar soni: 8-10ta.

Mashg‘ulot shakli


Amaliy mashg‘ulotlar (seminar) o‘quv xonalarida olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotda yangi pedagogik texnologiyadan «Qora quticha va o‘rgimchak ini» usulidan foydalaniladi

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi


Mashg‘ulotlar davolash fakultetining fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi va uning klinik bazalari (TTA sining 2 – klinikasida joylashgan o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari, poliklinika) da olib boriladi

O‘quv mashg‘uloti strukturasi


  1. Kirish

  2. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. o‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga churra asoratlari bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis qo‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. Ushbu kasallik sabablari, patogenezini, klassifikatsiyasi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlil qilish.

O‘qituvchi vazifasi:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini balish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarini o‘rganish.




- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va ularning o‘ziga xosligini bilish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- churra asoratlari kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.

Talaba bajara olishi lozim:

churra asoratlari kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



O‘qitish texnikasi va usullari

Amaliy mashg‘ulot usuli: “qora quticha va o‘rgimchak ini”; mavzuga oid vaziyatli masala

O‘qitish jihozlari

O‘quv qo‘llanma, slaydlar, video va audio tasmalar, rentgenogrammalar, kasallik tarixi.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv bilan ishlash, prezentatsiyalar

O‘qitish shartlari

O‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish; yozma nazorat: test o‘tqazish, talabalarning mustaqil ishi


2. Motivatsiya

Talabalarga kasallikning og‘ir asoratlari rivojlanmasligi uchun zarur bo‘lgan jarrohlik usulini tanlashni o‘rgatish, asorati rivojlanganda esa ularga ko‘proq ma'lumot beradigan va zamonaviy tashxislash usuli, bemorlarni jarrohlik usulida davolash, jarrohlik amaliyoti davrida va undan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari, ularni oldini olish haqida tanishtirish. Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiolgiya, bioximiya, terapiya, bolalar kasalliklari propedevtikasi, klinik farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.



4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

Churralarning asoratlariga: churrada najas turib qolishi (koprostaz), churra ichidagi a'zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi.

Koprostaz asosan yoshi ulg‘aygan odamlarda, aksariyat ayollarda sodir bo‘ladi. Bunda odatda churraning o‘zida ham, butun qorin bo‘ylab ham og‘riq nisbatan kam bo‘lgani holda churra bo‘rtmasining xajmi kattalashadi. Keyinchalik qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, loxaslik va intoksikatsiya, kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish paydo bo‘ladi.

Churrada axlat turib qolganda dastlabki yordamning asosiy vazifasi qorin pressining peristaltikasini kuchaytirishga yordam berish va shu tariqa najas turib qolishiiga barham berish uchun churra ichidagini qorin bo‘shlig‘iga repozitsiya qilish (o‘tkazish) hisoblanadi. Churra bo‘rtmasini massaj qilish yoki oz-moz bosib turadigan bog‘lam bog‘lash ma'lum darajada yordam beradi.

Churra bo‘rtmasiga muz solingan xaltacha qo‘yish yoki bo‘rtgan joy terisiga xloretil oqimini ta'sir ettirish shu maqsad uchun xizmat qiladi. Ular ta'siri ostida ichaklarning qonga to‘liqligi kamayadi, ularda qiska vaqtga spazm vujudga keladi, ichak repozitsiyaga oson beriladi, uning peristaltikasi kuchayadi.

Churra qisilishi. Churra qisilishi, odatda, churra ichidagining churra darvozalarida yoki churra xaltachasi bo‘yni og‘zida, yoki churra xaltachasidagi bitishmalar orasida to‘satdan qisilib qolishidan iborat. Bunda churra ichidagi a'zolar to‘qimalarida qon ta'minoti, innervatsiyasi binobarin ular trofikasi va oziqlanishining buzilishlari ro‘y beradi. Churraning qisilish sabablari turli tuman bo‘lishi mumkin.

Elastik qisilishda churra xaltachasiga o‘tgan a'zolar tashqaridan bosiladi.

Najas bilan qisilishda ichak ichidagi narsa ko‘p miqdorda yig‘ilib, churra xaltachasining to‘lishini ancha oshiradi va shu tariqa churra halqasidagi bosimni kuchaytiradi, buning oqibatida ichak tutilib qolishi vujudga keladi.

Churraning qisilish turlaridan biri Rixter churrasi bo‘lib, uni o‘z vaqtida diagnostika qilish nihoyatda mushkul. Churraning bu turida churra xaltachasida ichak devorining faqat bir qismi qisiladi. Operatsiyada churra xaltasini ochish birmuncha qiyinchilik tug‘diradi, chunki devor oldidagi qisilgan uchastka bevosita churra xaltachasi tubiga taqalgan bo‘ladi va shu sababli ichak tasodifan kesib qo‘yilishi extimol.

Retrograd yoki teskari qisilish qisilishning turlaridan biri hisoblanadi. Retrograd qisilishda ichak qovuzloqlarining jonsizlanishi qisilgan xalqadan yuqorida boshlanadi. Ichak qovuzloqlari 2-14 soat ichida jonsizlanadi.

Churra qisilishining klinik manzarasi. Xar qanday churra qisilishining klassik klinik belgilari odatda uchta simptom hisoblanadi:

a) churra bo‘rtmasi bo‘lgan joyda yoki umuman qorinda to‘satdan og‘riq boshlanishi;

b) churra bo‘rtmasi xajmining tez kattalashuvi;

v) churrani to‘g‘rilash imkoniyatining birdaniga yo‘qolishi.

Bu simptomlarning yuzaga chiqish darajasi har xil bo‘ladi.

Davolash. Churrasi qisilgan bemorlarni davolashning birdan-bir to‘g‘ri usuli shoshilinch operatsiya. Qisilgan churrani operatsiyasiz, qo‘lda to‘g‘rilashga urinish mumkin emas, biroq operatsiya qilishga mutlaq monelik bo‘lgan hollar bundan mustasno. Qisilishni bartaraf etish va qisilgan a'zolarning yashashga layoqatliligini aniqlash zarur. Buning uchun to‘qimalarni aponevrozgacha qavat-qavat qilib tilinadi va churra xaltachasi ochiladi, uni kesiladi va «churra suvi» ni chiqariladi. Bunda xirurg yordamchisi qisilgan a'zolarni tutib turadi va qisilgan a'zolar tekshirib chiqilgandan keyingina qisadigan xalqa kesiladi va qisilgan a'zolarning yashashga layoqatliligi aniqlanadi. Ichakning yashab ketish mezonlari: pushti rang tusda, strangulyasion egatchalar va subseroz gematomalari yo‘q, ichak tutqich mayda tomirlarida pulsatsiya va ichak peristaltikasi saqlanib qolgan. Ichak yashashga layoqatsiz bo‘lsa, uni olib tashlanadi. Ichakning olib keladigan kesigidan kam deganda 30-40 sm va olib ketadigan kesigidan 15-20 sm ni rezeksiya qilish kerak.

Hazm yo‘llari uzluksizligini tiklanadi va churra darvozalarini eng oddiy usullar bilan plastika qilinadi. Qari yoshdagi va hamrox og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga qisilgan churralarda churra kesish amaliyoti bajarish jarayonida churra darvozasi plastikasi bajarilmaydi, jarohat qavtma-qavat tikiladi.

Churra xaltachasi flegmonasi bilan asoratlangan qisilgan churrada operatsiyani o‘rta laparotomiyadan boshlanadi, ichakni yashashga layoqatli to‘qimalar chegarasida rezeksiya qilinadi. Ichaklarning uchlarini tikiladi, olib keladigan va olib ketadigan kovuzloqlar orasiga anasto­moz qo‘yiladi. Operatsiyaning qorin ichidagi bosqichi tugallangandan keyingina churra flegmonasiga xirurgik ishlov beriladi (obrabotka), qisilgan ichakni va churra xaltachasini olib tashlanadi. Churra darvozalari plastikasi qilinmaydi. Operatsiyani yordamchi choklar solish va jaroxatni drenajlash bilan tugallanadi.

Bemorda qisilgan churra o‘zicha joyiga tushgan xollarda xirurg taktikasi, o‘tgan fursatdan qat'i nazar, shoshilinch operatsiya qilishdan iborat, chunki to‘g‘rilangan a'zolar­ning xolati qandayligi noma'lum bo‘ladi.

Qorin bo‘shlig‘ining qator o‘tkir kasalliklari qorin devorida churralar bo‘lganda go‘yo qisilish borligidan xabar beradigan simptomlar bilan o‘tadi. Asoratlarning bu turi adabiyotda «Brok soxta qisilishi» nomi bilan ma'lum. Ozod qorin bo‘shlig‘i bilan tutashmasi bo‘lgan churra xaltachasida churra xaltachasi bo‘shlig‘iga yallig‘li ekssudat tushishi bilan bog‘lik, ikkilamchi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ilgari to‘g‘rilanadigan churra endi to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi, og‘riq sezgilari paydo bo‘ladi. Soxta qisilishning bu simptomlari me'da yarasi teshilganda, xoletsistitda, appenditsit va boshqalarda rivojlanishi mumkin. Birgalikda rivojlanadigan bu jarayonlarning diagnostikasi qiyin va bemorni qunt bilan sinchiklab tekshirish, anamnezni puxta yig‘ishni talab etadi.

Joyiga solinadigan churrada (surunkali asoratlangan) ilgari to‘g‘rilanadigan churra to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi, biroq bunda og‘riq ham bo‘lmaydi. To ‘g‘ rilanmaydigan churralarning, ko‘p qismi xayotda orttirilgan bitishmalar borligi bilan bog‘liq.



To‘g‘rilanmaydigan churra simptomatikasi. To‘g‘rilanadi­gan churranikidan odatda yaqqolroq ifodalangan. Dispeptik buzilishlar, qabziyatlar ko‘p uchrab turadi. To‘g‘rilanmaydigan churra ko‘pincha ichakning mexanik tutilib qolishi (bitib ketish, buralish, striktura), churra pardalarining yallig‘lanishi va qisilishi bilan asoratlanadi.

Churraning o‘tkir yallig‘lanishi. Churraning o‘tkir yallig‘lanishi kamroq uchraydi. Ichak devori sohasi churrani yallig‘lantiradigan manba hisoblanadi. Bunda churrada, ko‘pincha gipogastral sohasida o‘rtacha og‘riq sezgilari, Qorinning chuqur joylashgan qismida to‘liqlik hissi paydo bo‘ladi, qorin devori zonasi taranglashishi ehtimol.

Bunday yallig‘lanishlarni davolash ularning ichidagi narsani qorin bo‘shlig‘iga albatta repozitsiya qilish, keyin o‘rinda yotish rejimini saqlash, ichak va qovuq funksiyasi ustida nazorat qilishdan iborat. Bunda churraning qisilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun churra holatini tez-tez nazorat qilib turish zarur. Odatda shundan keyin churra yalliglanishi kamayib boradi va yo‘qoladi. Churra patogen mikroblar ishtirokida yallig‘langanda seroz va seroz-fibrinoz ekssudat tezda yiringli va hatto yiringli-chirigan bo‘lib qoladi. Churra xaltachasidagi infeksiya reflektor qusishga, butun qorin bo‘ylab qorin pardasi yallig‘lanishiga, qorin og‘rishi, ichaklar parezi, peritonit manzarasiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bunday hollarda qorin devorining o‘zgarmagan to‘qimalari chegarasiga yaqin joyda revizion laparotomiya operatsiyasini boshlash va agar qorin bo‘shligida hamma narsa joyida bo‘lsa, bu jarohatni yopish va shundan keyingina yalliglangan churra to‘qimalarini kesishga o‘tish kerak.


4.2 Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar
«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

Annotatsiya turlari:

Bemor 22 yosh o‘ng yonbosh sohasiga shikoyat kilib keldi. Anamnezidan kelishidan 4 kun oldin epigastral soxada ogriklar paydo bulgan, keyin o‘ng yenbosh sohaga o‘tgan. Bir marta kusgan. Xarorati kutarilgan. Uyda antibiotik va ogrik koldiruvchi dori kabul kilgan. Obektiv paypastlaganda ung yenbosh soxada kattik xosila aniklanadi, xarakatsiz ogrikli. Sizni tashxisingiz

«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni (javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.




    1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

Bemor 48 yesh oq chiziq soxadagi xajmli xosila borligi, kuchli og‘riq shu soxada, kungil aynash. Ush bu xolat 3 soat oldin, fizik xarakatdagkeyin paydo bo‘ldi. Obektiv paypastlaganda oq chiziq soxada qattiq konsistensiyalt xajmli xosila 13 x 3 sm. bor, yo‘tal turtqisi simptomi manfiy. Sizni tashxisingiz.

A. Qisilgan oq chiziq churrasi*

B. Me'da yara kasalligi

V. O‘tkir pankreatit

G. O‘tkir gastrit



5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash, UTT, rentgen)


1. DIFFERENSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis o’tkazib so’nggi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100

2. TO‘G‘RI PARXEZ VA REJALI DAVONI BELGILASh.



Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Pevzner bo‘yicha davo parxezlari-ning xarakteristikasini o‘rganish

0

10

2

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash

0

10

3

Parxezning sifatini baholash

0

20

4

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6

Profilaktik choralar

0

20




Jami

0

100

6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlashtirish % da


Baho

Talabaning bilish darajasi


1.

96-100

A'lo”5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4.

81-85

Yaxshi”4”



- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7.

66-70

Qoniqarli

”3”


- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65

- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10.

54 va undan past

Qoniqarsiz”2”

- hech qanday tasavvurga ega emas

- bilmaydi





8. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli


Davomiy-

ligi min.)





O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




10



Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «qorbo‘ron», «aylana stol» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.) ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

So‘rov,

tushuntirish




50



Muhokamaga yakun yasash.




15



Tanaffus




5



Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil bemor ko‘rigi





40



Talabalarni amaliy mashg‘ulotni o‘zlashtirishi bo‘yicha mustaqil ishi




35



Tanaffus




40



Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash


og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalari­ni tekshirish

50



Tanaffus




5



Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar




15

9. Tekshiruv savollari

  1. Organizmdagi qisilish paydo bo‘lganidagi o‘zgarishlar

  2. Qisilgan churralar klinikasi, diagnostikasi, davolash prinsiplari

  3. Koprostaz nima bu

  4. To‘g‘rilanmaydigan churralar rivojlanish mexanizmi.

  5. Churra yallig‘lanishi mexanizmi, turlari.


10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

  1. Karimov Sh.I. - "Xirurgik kasalliklar" Toshkent 2005 y.

  2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.

  3. Хirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

  4. Малярчук В.И. Хирургические болезни, Москва, 2003.

  5. Савельев В.С. Руководство по неотложной хирургии, 1998.

  6. Шалимов А.А. Хирургия пищеварительного тракта, 2000.

  7. Мерта Дж. «Справочник врача общей практики», Москва. 1998 г.

  8. «Клиническая хирургия». Перевод с английского языка. Москва, 1998.

  9. Воробьев А Справочник практического врача в 3х томах. 1990

  10. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия Москва. Практика 1998

  11. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.

  12. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М. Медицина 1959-1966.

II. Qo‘shimcha:

  1. Астапенко В.Г. Практическое руководство по хирургическим

болезням. Минск, 2004.

  1. Савельев В.С. 50 лекции по хирургии. Москва 2004.

  2. Диагностический справочник хирурга – Астафуров В.Н. 2003.

  3. Лапароскопическая и торакоскопическая хирургия – Константин Франтзайдес. 2000.

  4. Здравый смысл в неотложной абдоминальной хирургии – Моше Шайн.2003г

  5. 25. Неотложная абдоминальная хирургия – Майстренко Н.А.2002г

  6. 26. Абдоминальная хирургия – Григорян Р.А. В 2-х томах.2006г



Mavzu bo‘yicha Internetdagi saytlar:

http://www.tma.tmn.ru/Vestnik

http://medi.ru/doc/83.htm

http://www.rmj.net/index.htm

http://www.consilium-medicum.com/media/refer

http://www.mediasphera.aha.ru





Yüklə 130,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə