Amaliy ekologiya



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə1/9
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
ekalogiya

Ekologiya


Reja:
1. Amaliy ekologiya tushunchasi va tizimi.
2. Atmosferaning ifloslanishi.
3. Transport ekologiyasi: aviatsion; temir yo‘l; avtomobil.
4. Sanoat va qurilish ekologiyasi.
5. Suv va suv havzalarining ifloslanishi.
Amaliy ekologiya – biosferaning inson tomonidan buzilishi mexanizmini, uni bartaraf etish usullarini o’rganuvchi hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish prinsiplarini ishlab chiquvchi ekologiyaning bo’limi. Uning ilmiy asosini umumiy ekologik qonunlar, qoidalar va prinsiplar tashkil etadi.
Amaliy ekologiya tabiatdan foydalanishning aniq masalalarini hal etishga, tabiatga ta’sir etish darajasini, tabiiy tizimlarni boshqarish usullarini ishlab chiqishga hamda insonning turli-tuman faoliyatini “ekologiyazatsiyalash”ga qaratilgan.
Amaliy ekologiya atrof tabiiy muhit va tirik organizmlarning o’zaro aloqasini, inson va tabiatning o’zaro munosabati muammolarini, tabiiy muhitning o’zgarish darajasi va uni muhofaza qilish masalalarini o’rganadi.
Bugungi kunda ekologiya hal etishi zarur bo’lgan asosiy amaliy vazifalar quyidagilardan iborat:
Inson faoliyati ta’sirida atrof tabiiy muhitda yuz beradigan salbiy oqibatlarni bashorat qilish va baholash
Atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklash va saqlab qolish
Ekologik jihatdan noqulay hududlarda ekologik xavfsiz barqaror taraqqiyotni ta’minlash uchun injeneriya, iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa qarorlarni uyg’unlashtirish
Muhandislik ekologiyasi
Ergonomik ekologiya
Bioresurslar ekologiyasi
Qurilish ekologiyasi
Tibbiyot ekologiyasi
Transport ekologiyasi
Kommunal ekologiya
Agroekologiya
Sanoat ekologiyasi
Kosmos ekologiyasi
Amaliy ekologiya tizimi quyidagilardan tashkil topgan:
Uy-ro’zg’or, sanoat va ekologik zararli omillar kasallik keltirib chiqarishi yoki uni kuchaytirib yuborishi mumkin. Agarda zararli omil aniqlanmasa va yo’qotilmasa davolash kasallik sababini emas, faqatgina uning belgisini yo’qotishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bu holat yuzaki yaxshi bo’lgan kabi tuyulsa-da, aslida davodan umuman naf bo’lmasligi mumkin, chunki aholi salomatligiga ta’sir qiluvchi sabab aniqlanmasdan qolaveradi.
Hozirgi vaqtda zararli omillarni kasallik kelib chiqishiga va o’limga to’g’ridan-to’g’ri sababchi degan to’liq ma’lumotlar yo’q, lekin bemorlar kasallik tarixini diqqat bilan o’rganib chiqilsa bu omillarning 10 % idan ortig’i bemorlarni trapevtik statsionarga yotishiga sbabchi bo’lishini aniqlash mumkin. Nafas olish va tayanch-harakat organlari zararlanishi miqdori esa bu ko’rsatkichdan ham ko’p. AQSHda har yili yangi kasb kasalliklari bilan 125 mingdan 350 minggacha bemorlar ro’yhatga olinadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə