Amaliy mashg’ulot №3 Farmatsevtik faoliyat asoslari, turlari xaqida tushuncha. Seminar mashg’ulotining rejasi



Yüklə 195,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.02.2022
ölçüsü195,49 Kb.
#84152
Amaliy mashgulot №3



Amaliy mashg’ulot №3 

 

Farmatsevtik faoliyat asoslari, turlari xaqida tushuncha. 

 

Seminar  mashg’ulotining  rejasi 

1.

 



Dori vositalari va farmatsevtika faoliyat haqidagi qonun 

2.

 



Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun 

3.

 



Sifat boshkaruvi sohasida kullaniladigan tushuncha va terminlar.

 

4.



 

Standartlashtirish ishlarini, tashkil etish, boshkarish va ta'minlash. 



Mashg’ulot  maqsadi:

Talabalarga  Dori  vositalarini  standartlash  va  sifat 

nazoratini boshqarish tizimining huquqiy asoslarining ahamiyatini o’rgatish. 

Seminar mashg‟ulotini o



tish davrida kutilayotgan natijalar: 

talabalarning 

ma‘ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini vaziyatli masalalar, 

keyslar orqali yanada boyitish. Shu  bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalar 

asosida  talabalar  bilimini  mustahkamlashga  erishish,  tarqatma  materiallardan 

foydalanish orqali  talabalar bilimini oshirish. 

Seminar  mashg‟ulotini  o`tkazish  uchun  zarur  asbob-uskunalar: 

Darslik, ma‘ruza matni, o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali materiallarlar, skotch, 

qog’oz, marker 

Laboratoriya  jihozlari 

ko’rgazmali  tarqatma  materiallar,  laboratoriya 



jihozlari,  qurilmalari  va  axborot  multimedia  qurilmalari  bilan 

jihozlangan xona





O’zbekiston Respublikasidagi farmatsevtik faoliyatning qonuniy asoslari: 

-«Dori vositalari va farmatsevtika faoliyat haqidagi qonun» 

-«Aholi sog‘lig‘ini himoya qilish haqidagi qonun» 

-«Mahsulot va xizmat ko‘rsatishni sertifikatsiyalash haqidagi qonun» 

-«Farmatsevtika  va  tibbiyot  faoliyatini  litsenziyalash  haqidagi  ko‘rsatmalarni 

tasdiqlash  haqida» (O‘zR VM ning qarori) 

Texnik  jihatdan  tartibga  solishning  Davlat  tizimi  quyidagilardan  iborat  : 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi; Texnik jihatdan tartibga solish 

sohasidagi  vakolatli  Davlat  organlari  -  Standartlashtirish,  metrologiya  va 

sertifikatlash  O‘zbek  Agentligi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘likni  saqlash 

vazirligi,  O‘zbekiston  Respublikasi  arxitektura  va  qurilish  Davlat  qo‘mitasi, 

O‘zbekiston  Respublikasi  tabiatni  muxofazaq  Davlat  qo‘mitasi  ,  O‘zbekiston 

Respublikasi  mudofaa  vazirligi;  Kompetentsiyasi  doirasida,  texnik  jihatdan 

tartibga  solish  sohasida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  Davlat  va  xo‘jalik  boshqaruv 

organlari  O‘zR  Sog‘likni  saqlash  vazirligi  vakolati  O‘zbekiston  Respublikasi 

Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  mahsulotlar,  ishlar  va  xizmatlar  xavfsizligining 

majburiy  shartlarini  ta'minlash  sohasidagi  texnik  jihatdan  tartibga  solish, 

ularning  tarkibida  inson  xayoti  va  sog‘lig‘i  uchun  zararli  moddalar,  kasallik 

chaqiruvchi  organizmlar  miqdori,  ularni  kirib  kelishi  va  tarqalishini  oldini 

olish,  tibbiy  ashyolar,  vositalar,  tibbiy  texnika  va  dori  vositalarini  ishlab 

chiqarish va qo‘llash ishlarini tashkillashtiradi va ta'minlaydi. Texnik jihatdan 

tartibga  solish  sohasidagi  ekspert  komissiyalari  texnik  jihatdan  tartibga  solish 

sohasidagi vakolatga ega Davlat organlari tarkibida, ishlab chqilgan umumiy va 

maxsus  texnik  reglamentlar,  texnik  reglamentlarga  o‘zgartirishlar  va 

to‘ldirishlar ekspertizasini o‘tkazish, jumladan shu reglamentlarni bekor kilish 

bo‘yicha takliflar va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun tashkil etiladi. 



 

Yüklə 195,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə