Amaliy mashg‘ulot №5 mavzu: «Shish sindromi turli etiologiyali shish bilan kechuvchi kasalliklar Differensial diagnostikasi



Yüklə 20.14 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü20.14 Kb.

Amaliy mashg‘ulot 5

mavzu: «Shish sindromi. turli etiologiyali shish bilan kechuvchi kasalliklar Differensial diagnostikasi (mahalliy - allergik, tomirli, yallig‘langan; umumiy – qon aylanishi etishmovchiligi, buyrak, endokrin, ochlik). UASH Taktikasi. Davolash prinsiplari, dispanser nazorati , QVP yoki OP sharoitida kontrollash va reabilitatsiyasi . Profilaktika prinsiplari .mavzuni berishta’moyillari».
53 yoshdagi V. ismli bemor ekspirator nafas siqish, ertalablari shilliq - yiringli balg‘am ajralishi bilan kechuvchi yo‘tal, qon tuflash, ko‘p terlash, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, butun tanada shishlar paydo bo‘lishi, umumiy holsizlik kabi shikoyatlar bilan UASHga murojaat qildi. O‘zini 10 yildan beri bemor deb hisoblaydi. Bir necha marta davolangan. Ob’yektiv ko‘rikda umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemor tanasi astenik tipda. Bo‘yin venalari nafas chiqarishda bo‘rtib ketadi, nafas olishda bo‘shashadi. Barmoqlari «baraban tayoqchalari» ko‘rinishida. Perkutor o‘pkada quticha tovushi. Auskultatsiyada: qattiq nafas fonida xushtaksimon xirillashlar. UQT: leykotsitoz, ECHT -30 mm/s. Balg‘am taxlili: shilliq-yiringli va ko‘plab neytrofillar. Ko‘krak qafasi rentgenografiyasida: o‘pka sur’atini to‘rsimon deformatsiyasi va uning kuchayishi. UST: solishtirma og‘irligi -1010, oqsil 5,6 g/l, leykotsitlar 2-5/1, eritrotsitlar 8-9/1, gialin silindrlar 5-6/1, donador 3-4/1.
1. Umumiy shish sindromi bilan kechuvchi kamida 4 ta guruh kasalliklarni sanab.

2. Sizning taxminiy to‘liq tashhisingiz.

3. Ushbu bemorda rivojlangan asoratning fazalarini sanab bering.

4. UASH taktikasi va davolash tamoyillari.


2. 27 yoshli bemor S. 3 yil davomida qon bosimi 220/140 mm.sim.ust. gacha ko‘tariladi. Ko‘rik vaqtida shikoyat bildirmadi. Ob’yektiv ko‘rikda: umumiy ahvoli nisbatan og‘ir. Teri qoplami rangpar, butun tanasida yumshoq shish aniqlandi. O‘pka ustida vezikulyar nafas. Yurak cho‘qqisida I ton sustlashgan, sistolik shovqin eshitildi. UST: solishtirma og‘irligi- 1011, oqsil 1,65 ‰, leykotsitlar 2-3, eritrotsitlar o‘zgargan 10-12, silindrlar: gialinli -2-3/1, donador 3-4, Zimnitskiy sinamasi – solishtirma zichligi o‘zgarishi 1010 – 1012 oralig‘ida.

1. Yoshlarda yuqori qon bosim bilan kechadigan kamida beshta kasallikni sanab o‘ting.

2. Sizning taxminiy tashhisingiz.

3. Siydikda qanday silindrlar uchrashi mumkin va ularning borligi nimadan dalolat berishini aniq ko‘rsating.

4. Davolash tamoyillari.


3. T. ismli bemor ayol 12 yildan beri II tipdagi qandli diabet bilan og‘rib kelgan. Ko‘rik vaqtida umumiy holsizlikka, og‘zi qurishiga, ko‘p chanqashga, vaqti –vaqti bilan qon bosimi 160/110 mm.sim.ust. gacha ko‘tarilishiga, tanasida shishlar paydo bo‘lishiga shikoyat qildi. Laborator tekshirishda quyidagi o‘zgarishlar aniqlandi: UQT: gemoglobin 81 g/l, eritrotsitlar 3,7x1012/l, leykotsitlar 8,0x109/l, ECHT-20 mm/soat, kreatinin 0,325 mmol/l, xolesterin 7,4 mmol/l. Umumiy oqsil 58,8 g %, qondagi qand miqdori -15,4 mmol/l. UST: solishtirma og‘irligi 1011, oqsil 5,07‰, qand miqdori 2%, leykotsitlar 5-7/1, eritrotsitlar 25-30/1, silindrlar: gialinli, donador 6-8/1, buyrak epiteliy hujayralari 2-3/1, diurez 1,5 l. Zimnitskiy sinamasi: solishtirma og‘irligi 1008-1014, koptokchalar filtratsiyasi 60 ml/min.


1. Siydik cho‘kmasida o‘zgarishlar bilan kechadigan 5 ta kasallikni sanab bering- 20 ball.

2. Sizning to‘liq taxminiy tashhisingiz.

3. Ushbu bemor siydigi cho‘kmasida o‘zgarishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni ko‘rsating.

4. UASH taktikasi va davolash tamoyillari.

4. 21 yoshli ayol bo‘g‘imlarda og‘rik, tana haroratini ko‘tarilishi, jismoniy zo‘riqishda xansirash, umumiy holsizlik kabi shikoyatlar bilan UAVga murojaat qildi. Bolaligidan surunkali tonzillit bilan xasta. 2 hafta oldin angina o‘tkazgandan keyin ahvoli yomolashgan. Ob’yektiv ko‘rikda umumiy ahvoli o‘rta og‘irlikda. Teri qoplamlari toza, rangpar va nam. O‘pkada vezikulyar nafas. Yurak chegaralari yuqoriga va o‘nga siljigan. Auskultatsiyada yurak tonlari biroz bo‘g‘iqlashgan, cho‘qqida diastolik, xanjarsimon o‘siq asosida sistolik shovqin aniqlandi. YQS bir daqiqada 100 ta, QB 110/70 mm. sim. ust. Qorni yumshoq, og‘riqsiz. Jigar +2+3 sm, taloq kattalashmagan. EKG: ritm sinusli, elektr o‘qi o‘nga siljigan. Chap bo‘lmacha gipertrofiyasi belgilari. V1-3 tarmoqlarda baland R, V5-6 da chuqur S tishchasi. UQT: Nv- 110 g/l, leykotsitlar- 9,7x109/l, ECHT – 35 mm/s, SRO+++.
1.Yurak sohasida diastolik shovqin eshitiladigan kamida to‘rtta kasallikni sanab bering va shovqin yaxshi eshitiladigan sohalarni ko‘rsating.

2.Sizning to‘liq taxminiy tashxisingiz.

3. Ushbu kasallikning asosiy diagnostik kriteriylarini sanab bering.

4. VOP taktikasi, ikkilamchi profilaktikasi.


5. Bemor 33 yoshda, oilali, kasbi – sotuvchi, tez charchash, bosh og‘rigi, o‘ng tomonda bel sohasidagi og‘riqlar, tana haroratining 38,40C gacha ko‘tarilishi, titrash, tez-tez peshob ajralishi kabi shikoyatlar bilan UAVga murojaat qildi. Kasallik tarixidan: ilgari kasal bo‘lmagan, sigaret chekadi, og‘riqlar kecha kechqurun bezovta qila boshlagan. Ob’yektiv ko‘rikda: bemor ahvoli o‘rta og‘irlikda. Teri qoplamlari rangpar, toza. Ortiqcha tana vazniga ega, yuzi kerkkan. Limfa tugunlari kattalashmagan. Yurak tonlari biroz bo‘g‘iqlashgan. YQS bir daqiqada 84 marta, ritmik. AQB 140/100 mm.sim.ust. Tili oq karash bilan qoplangan, qorni yumshoq, og‘riqsiz. Turtki sinamasi o‘ng tomonda musbat. UQT: Gemoglobin 100 g/l, eritrotsitlar 3,0x1012/l, leykotsitlar- 11,7x109/l, ECHT -28mm/s.

1. Sizning to‘liq taxminiy tashxisingiz- 25 ball.

2. Yuqori axborotli tekshirish usullarini sanab bering.



3. Sog‘lom odam siydik cho‘kmasini Nichiporenko bo‘yicha tekshirganda aniqlanadigan o‘zgarishlarni ko‘rsating.

4. UASH taktikasi va medikomentoz va nomedikomentoz davolash tamoyillari.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə