Amaliy mashq’ulot- psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib borishning xususiyatlari. Ishdan maqsad


Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion o’qitish va tarbiyalash



Yüklə 35,1 Kb.
səhifə10/11
tarix11.01.2022
ölçüsü35,1 Kb.
#82796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amaliy mashq’ulot Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib borishning xususiyatlari.

Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion o’qitish va tarbiyalash. Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalari bilan tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» – ko’r) – korrektsion pedagogika (defektologiya)ning yana bir sohasi shug’ullanadi.

Ko’rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o’qituvchi korrektsion ishlarning o’ziga xos jihatlarini bilishi zarur.

Refraktsiyasi anomaliyali bolalar tuzatuvchi ko’zoynak taqishlari kerak. Lekin ko’zoynak taqishda bolalar pedagogning ularga diqqat bilan munosabatda bo’lishlariga muhtojlik sezadilar. Maktabda va uyda o’quv ishlarini bajarishda sanitar-gigiyenik talablarga amal qilish lozim. Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bola uchun ish o’rni to’g’ri va yetarlicha yoritilgan bo’lishi kerak. Bunday bola deraza yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o’tkazilishi kerak. Yaqinni ko’radigan bola ham doskaga yaqinroq birinchi yoki ikkinchi partaga o’tkazilishi zarur. Uzoqni ko’radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o’tkazilishi talab etiladi.

O’qituvchi o’quvchining doska, jadval va xaritadagi o’quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Anomal refleksiyali bolalarda ko’zi charchashi ko’p kuzatiladi. SHuning uchun dars paytida ularga ko’rish ishlarini boshqa turdagi ishlar uyg’unlashtirib berishi zarur. Anomal refleksiyali bola 10-15 minut davomida intensiv ko’rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak, bu ko’rish charchog’ining bartaraf etilishiga yordam beradi.

Ko’rish qobiliyati ancha og’ir bo’lgan – ko’r va yomon ko’radigan bolalarni o’qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko’rish qobiliyati og’ir buzilgan bolalar ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.

O’z sinflarida og’ir ko’rish qobiliyati buzilgan bola bo’lgan o’qituvchilar bolaga differentsial yondashuv asosida munosabatda bo’lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko’rish qobiliyatida nuqsoni bo’lgan bolaning ish o’rni esa ko’shimcha yoritilgan bo’lishi kerak. O’quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o’qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo’lishi zarur. O’qituvchi o’zining har bir harakati mohiyatini so’z yordamida sharhlab borishi,

Sinfida ko’r yoki yomon ko’radigan bola bo’lgan o’qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko’radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 35,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə