Amaliy mashq’ulot- psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib borishning xususiyatlari. Ishdan maqsad


Quyidagi nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganing



Yüklə 35,1 Kb.
səhifə2/11
tarix11.01.2022
ölçüsü35,1 Kb.
#82796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amaliy mashq’ulot Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib borishning xususiyatlari.

Quyidagi nazariy ma’lumotlarni o’qib o’rganing.

O’zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan.

Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o’qitishlari mumkin.

Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1. Boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati – 4-5 yil).

2. Asosiy umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).

Bolalarni korrektsion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo’yicha ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko’ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o’quvchidan iborat bo’ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaf etilishiga ko’ra ommaviy umumiy o’rta ta’lim muassasalariga o’tkazilishlari mumkin.

Ikkinchi bosqichda ta’lim (V-IX sinflar) ayrim o’zgartirishlar (muayyan o’quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda ta’limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.

Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o’quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.

Bunday o’quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korrektsion o’qitish davolash-sog’lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur. O’quv materiali hamda ta’lim metodi PROQ bolalarning rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur.




Yüklə 35,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə