Amaliy matematika



Yüklə 173,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix01.07.2022
ölçüsü173,48 Kb.
#90286
  1   2
Innovatsion Iqtisodiyot 3-mustaqil ish



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
JIZZAX FILIALI 
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI 
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI 
“INNOVATSION IQTISODIYOT” FANIDAN 
MAVZU: Innovasion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish. 
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi 
J. O‟ralov 
Qabul qildi:
J. Bobanazarova 
Jizzax 2022 
MUSTAQIL ISH 


MAVZU: Innovasion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish. 
Reja: 
1. Xizmatlar bozorining rivojlanishi. 
2. Innovatsion xizmatlar bozori o‟ziga xos makroiqtisodiy funksiyalari. 
3. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag‟batlantirish. 
 
 
 
 
 
 


Globallashuv sharoitida iqtisodiy rivojlanishida ilm fanning tutgan o‟rnini 
belgilab olish va uni chuqur anglashga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. 
Bilimlar iqtisodiyotiga o‟tish mamlakatda yangi bilimlarni yangi texnologiyalarga, 
milliy va global bozorlarda o‟z haqiqiy iste„molchilarini topa oladigan mahsulot va 
xizmatlarga samarali tarzda aylantira oladigan yaxlit bir tizimini shakllantirishni 
talab etmoqda. 
O‟zbekiston Respublikasida o‟tkazilgan Respublika ―Innovatsion 
g‟oyalar, ishlamalar va texnologiyalar‖, ―Sanoat yarmarkasi va 
kooperatsion birjalar yarmarkasi‖da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish ishlamalari va 
texnologiyalari, qo‟shma korxonalarda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sifat 
ko‟rsatkichlari xalqaro ISO standart talablariga mosligi va O‟zbekistonda 
lokalizatsiya qilingan import o‟rnini bosuvchi va eksportga yo‟naltirilgan ko‟plab 
tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 
Yuqori tartibdagi raqobat afzalliklari (yangi ilmiy ishlamalar, texnologiyalar, 
novotarlarning innovatsion monopoliyasi)ga asoslangan innovatsion rivojlanishi 
yangi sohalar va yangi bozorlarga faol bostirib kirishni tashkil qilish uchun katta 
strategik imkoniyatlar yaratadi. Bu strategik imkoniyatlar o‟z navbatida iqtisodiy 
o‟sishning sifat jihatidan yangi salohiyatini yaratadilar. 
1. 
Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo‟shma korxonalar 
tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish. 
2. 
Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish. 
3. 
Turdosh bo‟lmagan sohada har tomonlama rivojlanish. 
4. 
Ishlab chiqarishni yig‟ishtirish va tuzatish. 
5. 
Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish. 
6. 
Ko‟p millatli har tomonlama rivojlanish. 
Agar yangi sohaga kirib borishda yangi kompaniya yoki qo‟shma korxonani 
tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan kompaniya tomonidan 
kuchli va foydali raqobat o‟rinlarini egallash uchun qo‟llanilsa, qoloq ishlab 
chiqarishlarni yig‟ishtirish va tugatish, transmilliy har tomonlama rivojlanish 
maqsadidagi qayta qurish, rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko‟ra, kuchli va 
etarlicha keng har tomonlama rivojlangan koorporatsiyalarda vujudga keladi. 
So‟nggi yillarda ko‟plab olimlar va mutaxassislar tomonidan innovatsion 
xizmatlar bozorini shakllantirish va boshqarish, rag‟batlantirish yuzasidan ilmiy-
tadqiqotlar ko‟lami kengayib borayotgan bo‟lsada, ammo innovatsion xizmatlar 


bozorining ayrim muhim jihatlarini tadqiq etish zarur darajada emas, xususan, 
mazkur bozorning faoliyat yuritish shartlari, asosiy sub„etklarining o‟zaro samarali 
aloqalarini ta„minlash omillarini ochib berish, hududlarda innovatsion xizmatlar 
bozorini qo‟llab-quvvatlash va rag‟batlantirish yo‟llarini aniqlashga ehtiyoj 
mavjud. Bundan tashqari,iqtisodiy tizimning muntazam rivojlanib borishi 
innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirishning yangi modellarini ishlab chiqish 
va amaliyotga tadbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Innovatsion xizmatlar bozori deganda innovatsion xarakterga ega 
bo‟lganxizmatlarni yaratuvchilar bilan shunday xizmatlardan foydalanuvchilar 
(iste„molchilar) o‟rtasidagi innovatsion xizmatlarni sotish va xarid qilish, etkazib 
berishga qartilgan iqtisodiy munosabatlar majmuasini tushunish mumkin9. 
Zamonaviy sharoitlarda innovatsion xizmatlar bozori deyali barcha 
hududlarda (makonda) mavjud bo‟lishi ko‟zda tutiladi, shu bilan birga odatda 
innovatsion xizmatlar ilg‟or texnologiyalar, texnik va uskunalar, yondashuvlarni 
o‟zida mujassamlashtirgani sababli, ular innovatsiyalarga to‟lov qobiliyatiga ega 
talab yuqori bo‟lgan muhitda kengroq tarkib topadi. SHu nuqtai nazardan turli 
hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlanganlik darajasi ko‟p hollarda 
mazkur hudud iqtisodiyoti, xususan uning real sektorining rivojlanganlik 
darajasiga mutanosib ekanligi kuzatiladi. 
Innovatsion darajasini aniqlash bo„yicha mezonlar xususida Ilmiy markazning 
2015 yil bo„yichatayyorlagan ilmiy hisobotining ―Hududlar iqtisodiyotini
innovatsiyalar asosida rivojlanirishning mezon va ko„rsatkichlari‖ bo„limida 
batafsil ma„lumotlar keltirilgan. 
Hududiy innovatsion xizmatlar bozori hududda shakllangan innovatsiya 
tizimining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u innovatsiyalar 
yaratuvchilar 
hisoblanadigan 
institutlarni 
rag‟batlantirish 
orqali 
yangi 
innovatsiyalarni paydo bo‟lishiga, innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish orqali 
rivojlatirishga intiladigan korxona, korxonalar, tadbirkorlik sub„ektlarining 
innovatsiyalarga bo‟lgan ehtiyojlarini qondirish uchun asosiy makon vazifasini 
o‟taydi. 
Agar hududiy innovatsiya tizimi, bilimlar, texnologiyalar innovatsiyalarni 
yaratish va sotish bilan band bo‟lgan, o‟zaro bog‟liq tuzilmalar (korxonalar)ning 
hamda ta„lim, ilmiy, tadbirkorlik va notijorat korxonalarining hududiy darajada 
o‟zaro aloqalarini ta„minlaydigan huquqiy, moddiy-moliyaviy, axborot va ijtimoiy 
xarakterdagi tuzilmalar ekanini inobatga olsak hududiy innovatsion xizmatlar 


bozorini mazkur aloqalarni shakllanishiga xizmat qiluvchi omillardan biri sifatida 
talqin etish mumkin. 
XXI asrning ikkinchi va uchinchi o‟n yilliklardagi dunyoning innovatsion 
o‟zgarishlari ishlab chiqarishning postindustrial iqtisodiy uslubining shakllanishi 
bilan ifodalanadi. Garchi bu jarayon uzoq muddatli va ziddiyatli bo‟lsada, 
hozirdanoq uning asosiy jihatlari ko‟zga tashlanmoqda. 
Birinchidan, bu integral iqtisodiy tizim. Bu xususiy mulkchilikka 
yo‟naltirilgan, har tomonlama raqobatli ko‟rinishdir. Bozor iqtisodiyoti 
tadbirkorlarning shaxsiy tashabbuslari va innovatsion faolligi bilan hozirgi va 
kelajakdagi avlodlar uchun munosib turmush tarzini ta„minlash, davlatning 
marketing 
strategikinnovatsion 
funksiyalarini 
amalga 
oshirish, 
bozor 
iqtisodiyotining davlat tomonidan tartibga solinishi hamda inson kapitali, tabiiy 
resurslar muhitini takror ishlab chiqarishni ta„minlovchi nobozor sektorining 
rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan bog‟lashga imkon beradi. 
Ikkinchidan, bu ko‟p ukladli iqtisodiyot bo‟lib, unda har bir iqtisodiy uklad 
o‟ziga xos bo‟lgan o‟rin egallab, boshqa ukladlar ustidan hukmronlik qilmaydi va 
ular bilan birlashadi. Bu erda gap turli ukladlarning optimal tarzda birlashuvi va 
hamkorligi haqida boradi: 
- texnologik o‟sishni amalga oshiruvchi, monopoliyaga qarshi kurash 
bo‟yicha kuchli nazorat ostida bo‟lgan ishlab chiqarish markazlashuv darajasi 
yuqori tarmoqlarda ishlab chiqarish strukturasini o‟zgartiruvchi yirik biznes; 
- millionlab fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar 
ochib beruvchi, innovatsion faollikning yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, yirik 
ishlab chiqarishdan bo‟shatiluvchi va mehnat bozoriga yangi kirib keluvchi ishchi 
kuchining bandligini ta„minlovchi kichik va o‟rta biznes; 
- strategik ahamiyatga ega tarmoqlar va nobozor sektorida mujassamlashgan 
hamda davlatning strategik innovatsion funksiyalarini amalga oshirishni 
ta„minlovchi davlat mulki; 
- aholining hayot faoliyati muhitini (uy-joy, kommunal xo‟jalik va atrof-muhit 
muhofazasi), ma„naviy takror ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni 
(maktablar, madaniy muassasalar va hokazo) ta„minlovchi munitsipal uklad; 
- inson faoliyati va takror ishlab chiqarishda eng muhim funksiyalarni 
bajaruvchi, uy va shaxsiy oilaviy xo‟jalik bilan ifodalanuvchi natural uklad. 


Shunisi muhimki, har bir uklad o‟ziga xos bo‟lgan funksiyalarni bajarish bilan 
birga egallab turgan o‟rnida eng samarali bo‟lishi lozim. Chunki, iqtisodiy o‟sish 
sur„atlari va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bog‟liq bo‟ladi. 
Barcha bozorlar kabi innovatsion xizmatlar bozori talab va taklif, raqobat 
asosida, ta„kidlash joizki, mazkur bozor anan„aviy tovarlar va xizmatlar bozoridan 
o‟zining bir qator xususiyatlari bilan keskin farqlanadi. Innovatsion xizmatlar 
mahsuli aksariyat hollarda muayyan buyurtma asosida emas, mustaqil ravishda 
(ishlab chiqaruvchining o‟z tashabbusi bilan) yaratiladi va bozorga chiqariladi. 
Bundan tashqari, yangi innovatsion mahsulot yoki xizmat uni amalga tadbiq etish 
bilan bog‟liq qo‟shimcha amallar, xarajatlar va jarayonlarni amalga oshirishni talab 
etadi. Ularning amaliyotda qanchalik foydali bo‟lishini oldindan baholash 
mushkulligi sabab mazkur mahsulot yoki xizmatlar bilan bog‟liq risk darajasi 
yuqori. 
Hududlarda innovatsiya xizmatlari bozori xususida so‟z borganda ayrim 
hollarda bozorga taklif etilayotgan innovatsion mahsulot uning potensial 
iste„molchilarining texnologik jihatdan etarlicha tayyor emasligi tufayli ham 
talabga ega bo‟lmasligi mumkinligi ehtimolini hisobdan chiqarish mumkin emas. 
Innovatsion xizmatlar bozori o‟ziga xos makroiqtisodiy funksiyalarni ham 
bajaradi. Bu mahsulot ishlab chiqarishga moddiy va moliyaviy xarajatlarni 
qisqartirish orqali iqtisodiy o‟sishning noinflyasion rag‟batlantirishda namoyon 
bo‟ladi. 
Mamlakat hududlarini rivojlantirishning eng asosiy vazifalaridan biri yarim 
hududlarni turli omillar ta„sirida rivojlanishida boshqalarga nisbatan jiddiy ortda 
qolishi, ya„ni hududlar o‟rtasida rivojlanish bo‟yicha differensiyaning kuchayib 
borishini bartarf etish yoki oldini olishdan iborat. Mazkur vazifani amalga 
oshirishda innovatsion xizmatlar bozorining salohiyatini ham jalb etish mumkin. 
Bu ob„ektiv sabablarga ko‟ra (resurslar kamligi, geografik joylashuvning 
noqulayligi va h.k.) rivojlanishda ortda qolayotgan hududlarda turli mexanizmlar 
orqali innovatsion xizmatlar bozorini ustuvor rivojlantirish orqali mazkur 
hududning raqobatbardoshligini ta„minlash yo‟li bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Shu tariqa hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojantirish ularning 
raqobatbardoshligini hamda barqaror rivojlanib borishini ta„minlashning asosiy 
shartlaridan 
biri 
bo‟libgina 
qolmay, 
mamlakat 
hududlarining 
mutanosibrivojlanishini ta„minlaydi. 
Innovatsion xizmatlar bozorining yuzaga kelishi uchun zarur bo‟lgan eng 
asosiy elementlar qatoriga quyidagilarni kiritishmiz mumkin. 


Mazkur baza innovatsion xizmatlar bozori barqaror faoliyat yuritishi uchun 
zarur rag‟batlantiruvchi omillarni qo‟llab-quvvatlash hamda bozor ishtirokchilari 
o‟rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi lozim. 
O‟z navbatida hudularda innovatsion xizmatlar bozori bir qator asosiy shartlar 
va tamoyillarga javob berishi zarur, xususan: texnik- texnologik, tashkiliy-iqtisodiy 
darajaga muvofiq bo‟lish, iqtisodiy ishlab chiqarish kuchlari darajasiga 
mutanosibligini ta„minlaydi; universallik (iqtisodiyotning barcha tarkibiy qismlari 
va darajalari uchun xos bo‟lgan umumiy tamoyillarga asoslanishi) bilan hududiy 
o‟ziga xoslikning (hududiy ixtisoslashuvni hisobga olish, bevosita hududning 
o‟zida, uning strategik manfaatlari hisobga olgan holda shakllantirilishi) 
uyg‟unligini ta„minlashidan iborat. 
Innovatsion xizmatlar bozorining asosiy sub„ektlari innovatsion mahsulot va 
xizmatlar yaratuvchilar (odatda, ilmiy-tadqiqot muassasalari, o‟quv yurtlari, 
innovatsiyamarkazlari, konstruktorlik byurolari, tajriba korxonalari va boshqalar) 
va innovatsion mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilar hisoblanadi. 
Innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va innovatsion mahsulot va 
xizmatlardan foydalanuvchilardan tashqari, innovatsion xizmatlar bozorining yana 
bir ishtirokchisi sifatida innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va 
undan foydalanuvchilarning o‟zaro aloqasini ta„minlashga xizmat qiluvchi 
vositachi korxonalarni ko‟rsatish mumkin. Bunday korxonalarga innovatsiya 
markazlari, 
patent- 
litsenziyakorxonalari, 
axborot-konsultativ 
xizmatlari 
ko‟rsatuvchi korxonalar, marketing agentliklari kabilarni kiritish mumkin. 
Garchi mazkur korxonalarning asosiy vazifasi ushbu aloqani ta„minlashdan 
iborat bo‟lsada, ayrim hollarda ular innovatsiyalar bozorida talab mavjud bo‟lgan 
innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishni moddiy yokiboshqa reurslarni jalb 
etgan holda raqobatlantirish yo‟li bilan ularga egalik qilish va kelgusida ularni 
sotish vazifalari bilan ham shug‟illanishlari mumkin. Bunday korxonalar odatda 
innovatsion bozor keng rivojlangan, innovatsion ishlanmalar ehtiyoj yuqori 
bo‟lgan hududlarda faoliyat yuritadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan hududiy 
innovatsion xizmatlar bozori sub„ektlari tarkibiga kiritilishi mumkin sub„ektlarning 
tizimlashtirilgan holati keltirilgan. 
 


Innovatsion xizmatlar bozorini qo‟llab-quvvatlash va rivojlantirishga 
qaratilgan hududiy siyosatni shakllantirishda mazkur bozorni haraktga keltiruvchi 
eng asosiy sub„ektlardan hisoblangan biznes tuzilmalarining funksiyalari hamda 
rolini aniqlab olish juda muhim. 
XXI asr dastlabki kunlaridanoq dunyo rivojlanishining barcha jabhalarida 
iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy jarayonlar, demografiya, geosiyosiy va geoiqtisodiy 
jarayonlar yangi sifat o‟zgarishlaridan darak bermoqda. SHu narsa tobora yaqqol 
ko‟zga tashlanib bormoqdaki, geostrategik holat, fan va texnika yutuqlari, kadrlar 
va ilmiy salohiyat, tabiiy resurslar kabi mavjud ob„ektiv omillardan samarali 
foydalangan mamlakatlar rivojlanish borasida ancha ilgarib ketgan. Bu 
mamlakatlar ichki iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlar yangicha tizimini 
shakllantirib, odamlar hayot tarzini yanada yuqori darajaga etkazib oldi. Ushbu 
ijtimoiy tizimga AQSH va G‟arbiy Evropaning bir qator mamlakatlari, sharqda esa 
Yaponiya misol bo‟la oladi. 
Fan-texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalana 
olmagan mamlakatlar vujudga kelgan sharoitlarga moslasha olmay rivojlanish 
yo‟lida ancha ortda qolib ketmoqda. Bunday tendensiyalar oldindan mavjud.Bu 
tendensiya yanada kuchayib, uning ta„siri ostida iqtisodiyoti rivojlanmagan 
mamlakatlar faol xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar doriasidan chetga 
chiqib qolmoqda. Bu mamlakatlar global xarakterga ega bo‟lib, o‟ta 
murakkablashgan munosabatlar tizimida teng huquqli hamkor bo‟la olmaydilar. 
Hududiy innovatsion xizmatlar bozorining rivojlanish darajasi va 
mufaqqiyatli faoliyat yuritishi ko‟p jihatdan zarur infratuzilmaning yaratilganligi 
bilan bog‟liq. Innovatsion xizmatlar bozorining infratuzilmasi degandainnovatsiya 
mahsulotlari va xizmatlar bozorini to‟laqonli faoliyat yuritishini ta„minlaydigan 
sub„ektlar, resurslar va maslahat xizmatlar majmuasini tushunish mumkin. 
Innovatsion xizmatlar bozorining infratuzilmasini shartli ravishda quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin. 
Innovatsion 
xizmatlar 
bozori 
infratuzilma 
elementlarining 
o‟zaro 
aloqasisxema tarzda tarkib topishi maqsadga muvofiqdir. 
Keltirilgan innovatsion xizmatlar bozori infratuzilma majmuasining har bir 
elementi o‟zining funksiyalarini amalga oshirish mexanizmi hamda mazkur 
mexanizmlarning faoliyatini ta„minlaydigan maxsus va ko‟p funksiyali korxonalar 
shaklida tegishli tuzilmaviy elementlariga ega bo‟lishi zarur. Ko‟zda tutilayotgan 
infratuzilma majmuasi mulkchilik shakli va maqomidan qat„iy nazar barcha 
sub„ektlarga xizmat ko‟rsatadigan o‟ziga xos tarmoqning asosi hisoblanadi


Y.V.Xolopenkovaning fikricha bugungi kunda hududlar iqtisodiyotining 
innovatsion rivojlanishi ko‟p hollarda ularning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga 
erishish sifatida qaraladi. Bunda mamlakat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishi 
hududlar iqtisodiyotining o‟zaro va chambarchas bog‟liqligi hamda hududlarning 
o‟zaro yagona innovatsion muhitga integratsiyalashuvi jarayonlari asosida 
innovatsion rivojlanishiga bevosita asoslangan bo‟ladi. 
M.N.Popov ijtimoiy-iqtisodiy muhitni hududlardagi investitsion loyihalarning 
amalga oshirilishining kompleks baholavchi ko‟rsatkichlar tizimi sifatida ko‟rib, 
mamlaktning 
yagona 
iqtisodiy 
muhitida 
hududiy 
omillardan 
unumli 
foydalanuvchining sharti va sharoiti deb hisoblanadi. Shu tariqa ijtimoiy-iqtisodiy 
muhitning holati bir qator omillar asosida belgilanadi, shu jumladan, 
innovatsiyalarni rivojlantirish omillari bilan ham. 
N.V.Krakovetskaya va I.O.Chistiqovalar innovatsion infratuzilmalarga
alohida e„tibor bergan holda ―Jahonda innovatsion infratuzilmalarni 
rivojlantirish tendensiyalariga ko‟ra, davlatning hududlarda va umuman mamlakat 
bo‟yicha innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirishdagi muhim instrumentlaridan 
biri hisoblanadi‖ degan g‟oyani ilgari surishadi. 
Y.S.Makarova o‟zining ―Hududning innovatsion salohiyati omillarini 
klassifikatsiyalash nomli tadqiqotida bugungi kunda Rossiya hududlarida 
innovatsion faoliyatning rivojlanishiga salbiy ta„sir ko‟ratayotgan bir nechta 
to‟siqlarni yoritib bergan, jumladan yosh olimlarni qo‟llab- quvvatlash va 
rag‟batlantirish tizimi rivojlanmaganligi, ayrim hududlarda mavjud emasligi, 
ilmiy-tadqiqotlar va texnoloik ishlanmalarni moliyalashtirish tizimi yaxshi 
rivojlanmaganligi, kichik korxonlarning himoya qilishning huquqiy tomonidan 
to‟liq amal qilmasligi. 
O.A.Staritseeva va N.N.Avakumova o‟zlarining ―Hududlarni 
rivojlantirishning institutsional asoslari‖ deb nomlangan ilmiy- tadqiqotlarda milliy 
iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishning institutsional asoslarini mamlakat 
hududlarida amalga oshiriladigan islohotlar bilan bog‟lashadi. 
Umuman olganda, iqtisodiyot fanida innovatsion faoliyatga oid ma„lumotlar 
shundan dalolat beradiki, bu aylanishning nazariy asoslari juda keng bo‟lib, uning 
aosiy xususiyatlarini xorij olimlaridan N.Druker, N.D.Kondratiev, J.Grossi, 
Y.Shumpeter, M.Porter va boshqalar tomonidan chuqur o‟rnatilgan. 
Mahalliy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarning mohiyati g‟oyalarning 
tug‟ilishi, texnik amalga oshirilishini tekshirish va bozor talabini o‟rganish, tajriba 
namunasini 
yaratish, 
kompleks 
sinovdan 
o‟tkazish, 
texnik 
tavsiflarni 


takomillashtirish, bozorni o‟rganish, keng miqyoslarda ishlab chiqarish va 
marketingni tashkil etish kabilaradn iborat bosqichlar ketma-ketligini ifodalovchi 
innovatsion zanjir ko‟rinishida namoyon bo‟ladi. 
Yuqoridagi olimlarning fikriga ko‟ra, hududlarda amalga oshirilishi 
belgilangan islohotlar institutlar tizimidagi o‟zgarishlar bilan birgalikda amalga 
oshirilishi lozim. Hududlarni rivojlanishini aks ettiruvchi institutsional 
ko‟rsatkichlardan biri bu uning innovatsion rivojlanganligi hisoblanadi. O‟z 
navbatida, innovatsiya faoliyatining rivojlanishi yangi g‟oyalarni ishlab chiqarish 
va kadrlar salohiyatini rivojlanishidan tortib to moliyaviy, moddiy-texnik, axborot, 
qounchilik, metodologik va tashkiliy ta„minotgacha bo‟lgan innovatsion 
jarayonning asosini tashkil qiluvchi turli tadbrlar majmuining amalga oshirilishini 
talab qiladi. 
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion 
faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo‟nalishida faollikni ta„minlovchi 
omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qo‟llab-quvvatlovchi va tartibga 
soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o‟rganish va ulardan foydalanish 
hisoblanadi. 
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag‟batlantirish 
haqida yuqorida shakllantirilgan asos jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda 
mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o‟sish strategiyasini amalga oshirish 
ustuvor hisoblansada bir qator sabablarga ko‟ra bugungi kunda uni amalga oshirib 
bo‟lmaydi. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat korxonalari hamkorlar e„tiborini 
jalb qilish o‟zaro raqobatlashishi lozim. Buning uchun nima sababdan 
xorijiy 
firmalar 
strategik 
ittifoq va 
hamkorlikkaqadam qo‟yishini aniq tasavvur 
etish lozim. 

Yüklə 173,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə