«amaliy matematika va informatika» kafedrasi «Hisoblash usullari» fanidan kurs ishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/5
tarix27.05.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88151
  1   2   3   4   5
Guliruxsor kurs ishi 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

«AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA» KAFEDRASI

«Hisoblash usullari» fanidan
KURS ISHI

Mavzu: “Rektifikatsion ustun tarelkasidagi suyuqlik oqimi harakatining yacheykali modeli koeffitsientlarini hisoblashda amaliy dasturlar dastasini qo`llanilishi”

Bajardi: 19.08.B-gurux talabasi G.Turdiqulova
Raxbar: Q.Raximov
Farg’ona– 2022 yil

MUNDARIJA


KIRISH 2
I BOB. TO`R TENGLAMALAR SISTEMASI 4
1.1.Giperbolik tipdagi tenglamalarni to`r metodi bilan yechish. 4
1.2. Parabolik tipdagi tеnglamalarni yechish uchun to’r usuli 12
1.2.Elliptik tipdagi tenglamalarni to`r metodi bilan yechish 15
1.3.To`r tenglamalar sistemasi yechimining mavjudligi 18
II BOB.O`ZGARMAS VA O`ZGARUVCHAN KOEFFITSIENTLI TENGLAMALARNI YECHISH 23
2.2.Chiziqli bo`lmagan issiqlik o`tkazuvchanlik tenglamasini yechish 25
XULOSA. 28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 29


KIRISH

Hisoblash usullari amaliyotda uchraydigan masalalarni taqribiy yechish bilan shug`ullanadi. Matematikada tipik matematik masalalarining yechimlarni yetarlicha aniqlikda hisoblash imkonini beruvchi metodlar yaratishga va shu maqsadda hozirgi zamon hisoblash vositalaridan foydalanish yo`llarini ishlab chiqishga bag`ishlangan soha hisoblash matematikasi deyiladi. Ma’lumki, koʻpgina masalalar differensial tenglamalarni yechishga keltiriladi, yaʼni ularning analitik yechimini topish nihoyatda murakkab masala, shu sababli taqribiy yechish usullaridan foydalanish ko`proq samara beradi. Hisoblash usullari zamonaviy matematikaning bir ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash usullari ko`pgina amaliyot masalalarini yechishda, ayniqsa, modellari differensial tenglamalar terminida ifodalanadigan jarayon, jarayonlarni tadqiq qilishning ajralmas qismi ekanligi maʼlum. Bunday modellarni samarali tadbiq qilish u yoki bu hisoblash algoritmlarini tanlash va kompyuterda dasturlash usullari bilan bevosita bogʻliq. Fanning maqsadi funksional fazolarda to`plamlarni va ularda aniqlangan operatorlarni yaqinlashtirish hamda hozirgi zamon hisoblash mashinalari qo`llanadigan sharoitda masalalarni yechish uchun oqilona va tejashlar algoritm va metodlar ishlab chiqishdan iborat.


Ushbu kurs ishida hisoblash usullari fanining asosiy va o’z navbatida muhim qismlaridan biri hisolangan differensial tenglamalarni taqribiy yechish hamda uning tadbiqlari haqida fikr yuritamiz. Bundan tashqari o`zgarmas va o`zgaruvchan koeffitsientli tenglamalarni yechish bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə