Asab
tizimi.
O’qituvchi, talabalarga asab tizimining ahamiyati, uning operativ
xirurgiya, klinik diagnostika, ichki yuqumsiz kasalliklar, akusherlik kabi klinik
fanlarni o’rganishdagi ahamiyatini ko’rsatib o’tadi.
Talabalar bo’r bilan tirik hayvonda markaziy asab tizimi (bosh miya va orqa
miya) yelka, bel, dumg’aza chigali, oldingi va keyingi oyoq nervlari toporafiyasini
chizadilar va atrof nervlarining tarqalish yo’llari va innervasiyasi aniqlanadi.
Analizatorlar ta’sir qabul qilishiga qarab, ikki asosiy guruhga bo’linadi.
1. Ekstraretseptorlar - tashqi muhitdan aniq ta’sirotni qabul qiladi va markazga
yetkazib beradi. Ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va muvozanat retseptorlari
shular jumlasidandir.
2. Introretseptorlar - ichki ta’sirni, ya’ni a’zolar, to’qima va xujayralarning ish
faoliyati vaqtida paydo bo’lgan har xil normal va patologik o’zgarishlarni aniqlab,
markazga yetkazib beradi.
Quyidagi analizatorlar - ekstroretseptorlar organizmda farqlanadi:
- umumiy sezgi analizatorlari - terida, tananing hamma qismida sochilib
joylashadi;
- hid bilish analizatorlari - burun bo’shlig’ining ichki shilimshiq qavatida
joylashadi;
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
15
- ta’m biluvchi analizatorlari - tilni tam biluvchi surg’ichlari;
- ko’rish analizatorlari - ko’z olmasi, uning himoya va yorug’lik sindiruvchi
a’zolarida joylashadi.
- eshitish analizatorlari - tashqi, o’rta quloq va ichki quloqda. Talabalar tirik
hayvonda ko’z olmasini va uning himoya, yordamchi a’zolarini ko’zdan
kechirishadi, ko’z olmasining oq moddasi, ko’zning to’r pardasi, ko’z qorachig’iga
e’tibor qilishadi, yuqorigi, pastki, uchinchi qovoq, kiprik, ko’z konyuktivasi rangini,
ko’z yosh bezini ko’zdan kechiradilar.
Talabalar, amaliyot davomida kundalik daftar yuritishadi, qilingan ishlar
bo’yicha hisobot tayyorlaydi. Kundalik daftar va hisobot amaliyotga raxbarlik qilgan
o’qituvchi tomonidan kafedraga topshiriladi va o’quv
amaliyotining hisoboti kafedra
yig’ilishida muhokama qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |