Amaliyot dasturi Office Word docx



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/81
tarix20.04.2022
ölçüsü392,94 Kb.
#85698
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
malakaviy amaliyotlarini otash uchun

Kundalik  daftar  tutish.

  Talabalar  o’quv-dala  amaliyoti  davomida  kundalik 

daftar  tutadilar.  Daftarga  sayohat  va  kechki  laboratoriya  mashg’ulotlari  davomida 

bajarilgan  ishlar,  chunonchi:  o’qituvchining  kundalik  suhbati,  tushuntirishi,  talabaning 

mustaqil  kuzatish  ishlari,  o’simlikning  biomorfologik  tuzilishi  hamda  tasviriga  doir 

ma’lumotlar va boshqalar yozib boriladi. 

Kundalik  sifatida  oddiy  daftar  yoki  bloknot  tutiladi.  Talabalar  unga  sayohat 

paytidagi tahlillarni yozishi va rasmlarni chizib borishi  mumkin. Masalan, o’tloqlarni 

o’rganishda  u  yerdagi  kampirchopondoshlarining  tashqi  ko’rinish  sxemalari  (ildiz, 

poya,  barg  tuzilishi,  bargning  poyada  joylashishi)  va  turli  oilalarning  tuzilishi  qayd 

etiladi. Rasmlar oddiy qalam yordamida chizilib, tagiga belgilari aniq yozilgan bo’lishi 

kerak. 


Shuningdek, ozuqa ekinlari yetishtirishning texnologik xaritasini tuzadilar. 

Texnologik  xarita  shakli,  o’simliklarni  aniqlashga  yordamchi  jadvallar 

o’qituvchi tomonidan taqdim etiladi. 

Hisobot yozish.

 Hisobot o’quv-dala amaliyotining yakunlovchi hujjati bo’lib, u 

guruh a’zolarining birgalikda yozgan ijodiy ishi hisoblanadi. 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com


20

 

 



Hisobot  ikki  qismdan  iborat  bo’lib,  birinchi  qismda  o’quv-dala  amaliyotining 

maqsadi  va  dasturiga  doir  qisqacha  ma’lumotlar,  amaliyot  o’tilgan  hududning  qisqacha 

tabiiy  geografik  sharoiti.  Hisobotning  ikkinchi  qismida  esa  o’tkazilgan  sayohatlar  va 

o’rganilgan  tabiiy  o’simliklar,  yem-xashak  o’tlari,  ekiladigan  yem-xashak  o’tlari  va 

ularning  ba’zilarini  (adabiyotlardan  foydalanib)  yetishtirish  texnologiyalari  va 

boshqalar bayon etiladi. Hisobotning tahminiy rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin: 

1.  O’quv-dala  amaliyoti  o’tkazilgan  hududning  qisqacha  tabiiy  geografik 

xususiyati (iqlimi, tuprog’i, relyefi va hokazo). 

2. Hududdagi asosiy o’simlik qoplami. 

2.1. Chorva mollari tomonidan yeyiladigan o’tlar; 

2.2. Buta va chala buta o’simliklari; 

2.3. Zararli o’tlar; 

2.4. Zaharli o’tlar. 

3. O’quv-dala amaliyoti o’tilayotgan hudud o’simliklarini chorva mollari uchun 

ahamiyati hamda qishloq xo’jalik faoliyatiga ta’siri. 

Xulosa. 


Foydalanilgan adabiyotlar. 

Ilovalar.  

 


Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə