Amaliyot dasturi Office Word docx


HAYVONLARNI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYASI fani (36 soat)



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/81
tarix20.04.2022
ölçüsü392,94 Kb.
#85698
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
malakaviy amaliyotlarini otash uchun

HAYVONLARNI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYASI fani (36 soat)

 

Malakaviy amaliyotni o’tashdan asosiy maqsad talabalarning nazariy bilimlarini 



chuqurlashtirish,  chorva  mollari  va  parrandalarni  oziqlantirishning  ahamiyatini 

o’rganish va oziqlantirish sohasidagi yangiliklar joriy etilishini kuzatishdan iboratdir. 

Talabalar  amaliyotni  o’tash  jarayonida  qo’yidagilarga  e’tibor  beradi  va 

bajarilishida ishtirok etadi: 

Mazkur    xo’jalikdagi    mavjud  mollar  soni  (turi,  zoti,  zotdorligi,  yoshi,  

mahsulotdorligi,  jinsi)  ozuqa  bazasining  xolati,  ozuqa  rejasi  va  balansi  hamda 

oziqlantirishning    tashkil  etilishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  ko’rsatkichlar,  jamg’arilgan 

ozuqalarning  sifat    ko’rsatkichlarini  organoleptik  usul  bilan  aniqlashni  (silos,  senaj, 

ildiz  mevali  omuxta  yem,  kuchli  va  dag’al  ozuqalar  sifatini    xo’jalik  sharoitida 

baholashni) o’rganish. 

Yem    ozuqalar    ombor  zararkunandalari  bilan  zararlanish  darajasini  tekshiradi. 

Xo’jalikda  jamg’ariladigan  ozuqa  g’aramlari,  bostirilgan  silos  va  senaj  miqdorlarini 

o’lchash yo’li bilan aniqlash.  Dag’al va boshqa  turdagi ayrim ozuqalarni  yedirishga  

tayyorlash usullarining  qo’llanilishi bilan yaqindan tanishish. 

Turli  yoshdagi,  jinsdagi  va  mahsulotdorlikdagi  hayvonlarga  me’yor  belgilash, 

ratsionlarning talabga javob bersh-bermasligini, oziqlantirishni  va strukturasini tahlil 

qilish. Hayvonlarni oziqlantirish va sug’orish kun tartiblari bilan tanishish. Xo’jalikda 

yetishtiriladigan 

ozuqalarning 

to’yimlilik 

 

darajasini 



aniqlashda 

“Yaylov 


chorvachiligi  va  hayvonlarni  oziqlantirish  texnologiyasi”  kafedrasi    qoshidagi   

laboratoriyada  ozuqalarning  kimyoviy  tarkibini  aniqlab,  adabiyotlar  bilan  taqqoslab, 

xulosalar berish  lozim. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



28

 

 



Oziqlantirishning  organizmda  kechadigan  fiziologik  jarayonlarning  me’yorida 

bo’lishini  ta’minlashda,  mahsulot  miqdori  va  sifatiga  ta’sirini  o’rganish,  amaliyotni 

o’tish  jarayonida  ko’rganlarini  xo’jalik  mutaxassislari  va  chorva  xodimlari  bilan 

muloqotda bo’lgan holda fikrlash va tegishli xulosa chiqarish. 

Xo’jalikda  tuzilgan  ratsion  bo’yicha  oziqlantirilganda  mahsulot  birligiga  (sut, 

tirik  vazn,  tuxum)  sarflanadigan  ozuqa  birligini  tahlil  qilib,  xo’jalikdagi  mavjud 

ozuqalardan to’liq qiymatli ratsion tuzib, hayvonlarni  oziqlantirib mahsulot birligiga 

sarf    qilinadigan  ozuqa  birligini  hisoblab  xar  ikkalasini  taqqoslab  to’liq  qiymatli 

oziqlantirishning    afzalligini  ko’rsatib,    xo’jalikka  namunaviy    ratsion  tuzishga 

yordamlashish lozim. 

Xo’jalikning  iqtisodiy  ko’rsatkichlari  bilan    tanishish,  ya’ni  jami  ekiladigan  yer 

maydoni,  shundan    ozuqabop  ekinlar    ekiladigan    maydon  sut,  go’sht  va  boshqa 

chorva  mahsulotlari  ishlab  chiqish  uchun    sarflangan  ozuqa  birligi,  chorva 

mahsulotlarini    sotish,  ularning    tannarxi  va  xo’jalikning  iqtisodiy  samaradorligini 

o’rganadilar. 

Malakaviy  amaliyot  davrida    kundalik    yuritilib,  oxirida  hisobot  yoziladi. 

Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobot dekanat tomonidan tuzilgan  xay’at yig’ilishida 

himoya qilinadi. 

 


Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə