ASALARICHILIK fani (12 soat)
Talabalar asalarichilik asoslarini va madaniy o’simliklarni xasharotlar
yordamida changlatishni yuqori darajada tashkil etishni o’rganishi katta amaliy
ahamiyatga egadir.
Har bir mahsulot birligi uchun kam mehnat sarf etib, ko’p miqtorda sifatli asal,
mum, propolis, ona ari suti, gul changi va boshqa asalari mahsulotlarini
yetishitirishni o’rganish amaliyotni maqsadi hisoblanadi. Buning uchun talabalar
amaliyot davomida asalarichilik fermer xo’jaligining tarixini, xo’jalikda mavjud
bo’lgan asalari oilasining sonini, uning holatini ona ari yetishtirish yo’llarini,
asalarichilikda qo’laniladigan asbob-uskunalar, qurilmalar bilan tanishadilar.
Shuning bilan birgalikda asalari oilasining tarkibini (ona, ishchi va erkak arilar).
Asalari pasekasida dastlabki hisob-kitob daftarini yuritishni o’rganadilar.
Talabalar pasekada asal ajratishni, asalning xillarini, mum ajratishni, propolis
olish va asalari zaharini olish jarayonlari bilan tanishishadi. Har bir pasekadagi
asalari oilasining holatini kuzatib borishni o’rganib quyidagilarga e’tibor beradi:
- asalari oilasining raqami (
№
___ .);
- ona arining tug’ilgan yili;
- ona arining kelib chiqishi;
- oilaning o’tgan yilgi mahsulotdorligi: yalpi asal kg, mum kg, olingan yangi
ona ari dona;
- qishga chidamliligi;
- o’zidan ko’plab nektar ajratuvchi o’simliklar bilan tanishib, ulardan namunalar
olish;
- asalari mahsulotlarini saqlash va qadoqlash;
- asalari uyasining tuzilishini, duradgorlik ustaxonasini o’rganish;
- asalarilarning ozuqasi bilan tanishish;
- sohani iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Amaliyot talabalar tomonidan yuritilgan kundalik ma’lumotlari asosida hisobot
yozish bilan yakunlanadi. Hisobot amaliyot raxbarining tavsiyasiga binoan dekanat
tomonidan tashkil qilingan komissiya yig’ilishida ochiq himoya qilinadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
|