Amaliyot dasturi Office Word docx


 AMALIYOTNI  TASHKIL ETISH VA UNGA  RAXBARLIKNI



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/81
tarix20.04.2022
ölçüsü392,94 Kb.
#85698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
malakaviy amaliyotlarini otash uchun

2. AMALIYOTNI  TASHKIL ETISH VA UNGA  RAXBARLIKNI  

AMALGA  OSHIRISH 

2.1.  Talabalarning  malakaviy    amaliyotlari  belgilangan  muddatda  institut 

tomonidan, Respublika chorvachilik mahsulotlarini ichlab chiqaruvchilari uyushmasi, 

naslchilik  inspeksiyasi;  “Nasl-xizmat”  uyushmasi  hamda  viloyatlar  va    tumanlar 

qishloq  va  suv    xo’jaligi    boshqarmalari,  parrandachilik  fabrika  va  fermalari, 

chorvachilikga  ixtisoslashgan  fermer  va    dexqon  xo’jaliklari,  asalarichilik, 

baliqchilik,  qorako’lchilik  yushmasi  va  qorako’lchilik  shirkat  xo’jaliklari  hamda  

qishloq  xo’jalik  kasb-hunar  kollejlari    bilan  tuzgan    shartnomalar  asosida    tashkil 

qilinadi. 

2.2.  Yuridik  shaxslar  va    tashkilotlar  bilan  tuzilgan  shartnomalar  asosida  ta’lim 

olayotgan  talabalar  amaliyotlarini o’tash uchun aynan shu obyektlarga yuboriladi.                     

2.3.  Amaliyotlarni    tashkil  qilish  va  uni    mavjud  talablar  asosida    samarali 

ravishda o’tkazish institut rektori va fakultet dekani zimmasiga yuklanadi.     

2.4.  Amaliyotlar  ikki  tomonlama  tuzilgan    bitimlar  asosida  xorijiy 

mamlakatlarning  chorvachilik  mahsulotlarini    ishlab  chiqarish  va  qayta  ishlash 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



6

 

 



korxonalarida,  o’quv    muassasalarida    va    turdosh  tashkilotlarda  ham    o’tilishi 

mumkin.   

2.5. Amaliyotlarni talab darajasida tashkil qilish maqsadida, institut:             

-

 



yakullanayotgan  yilning  1  dekabiridan  kechikmagan  holda,    navbatdagi 

yangi  kalendar yili uchun amaliyot  obyektlari bilan  shartnomalar tuzadi

-

 

amaliyot  boshlanishidan  2  oy  oldin  talabalarning    amaliyotni  o’tash  



kalendar  rejalari  borasida,  amaliyot  o’tiladigan  tegishli  tashkilotlar  bilan    kelishib 

oladi;               

-

 

amaliyot raxbarlari  etib,  tajribali  professor-o’qituvchilarni tayinlaydi;                



-

 

joylarda amaliyotga raxbarlik qilish,  tegishli viloyat va tuman qishloq va  



suv  xo’jalik  boshqarmalari,  “Nasl-xizmat”  uyushmasi,  chorvachilikka  ixtisoslashgan 

fermer  xo’jaliklari    xamda    qishloq  xo’jalik    kasb-hunar  kollejlari    zimasiga 

yuklatiladi;   

-

 



fan  yutuqlari,    ilg’orlar  tajribalari,  chorvachilik  mahsulotlarini  ishlab 

chiqish  va  uni  qayta  ishlashda  qo’llaniladigan  texnologik  jarayonlar  xamda  

zootexniya  sohasidagi  yangiliklar  va  o’zgarishlar    borasida    maqsadli  ma’ruzalar 

tashkil qiladi; 

-

 

barcha talabalar va  amaliyot tashkil  qilinadigan  obyektlarni,  amaliyotlar 



bo’yicha uslubiy dastur  bilan ta’minlaydi; 

-

 



obyektlarda amaliyotni tashkil etish tartibi, muddati va  mazmuniga rioya  

qilinishini xamda  amaliyotni samarali  ravishda o’tkazilishini nazorat qiladi.   

2.6. Institut tomonidan  tayinlangan amaliyot raxbarlari:  

-  talabalarning  amaliyotiga  zaruriy  tayyorgarlikni  tashkil  etish  uchun, 

obyektlarga  amaliyot  boshlanishidan  oldin  boradi  va  tashkiliy  tadbirlarni  (amaliyot 

o’tkazish  tartiblari,  texnika  havfsizligi  qoidalari  haqida  ko’rsatmalar  berish  va  h.k) 

amalga oshiradi; 

- kafedralar tomonidan talabalarga berilgan topshiriqlar va ko’zda tutilgan ilmiy 

tadqiqot ishlariga raxbarlik qiladi, ularning mehnat va maishiy xizmat sharoitlarining 

me’yor darajasida ta’minlanganligini nazorat qiladi; 

- talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;                   

- amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishlarida ishtirok etadi;           

-  talabalarning  amaliyot  bo’yicha  hisobotini  ko’rib  chiqadi  va  ularning  ishi 

bo’yicha  taqriz  beradi.  Talabalar  amaliyot  o’tganligi,  ularning  amaliy  tayyorgarligi, 

kamchiliklari  va    amaliyotni  takomillashtirish  to’g’risida  takliflar  kiritilgan  yozma 

hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi. 

2.7. Talabalar amaliyotining umumiy  raxbarligi  viloyat va tumanlar qishloq va 

suv    xo’jaligi  boshqarmalari,  parrandachilik    fabrikalari  bosh  zootexniklari  va 

chorvachilikka  iqtisoslashgan  fermer  xo’jaliklarining    raxbarlari  xamda    qishloq 

xo’jalik kasb-hunar  kollejlarining  tegishli bo’lim boshliqlari zimmasiga  yuklatiladi.           

2.8. Amaliyot o’tash obyektlari shartnoma majburiyatlariga asosan:   

-  talabalar  amaliyotini  uning  dasturiga  muvofiq  tashkil  etilishi  va  o’tkazilishini 

ta’minlaydi; 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



7

 

 



- talabalarni ish joyi bilan ta’minlaydi;    

-  bo’sh  ish  joylarini  e’tiborga  olgan  holda,  amaliyot  o’tayotgan  talabalarni 

tegishli ish haqi belgilangan lavozimlarga qabul qiladi; 

- institut bilan kelishilgan holda oylik va kunlik ish jadvaliga amal qiladi;   

-

 

talabalarga    mavjud  adabiyotlar,    zootexnikaviy    xujjatlar  va    asbob-



uskunalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratib beradi; 

-

 



bosqich  ishi  va    malakaviy    bitiruv  ishlari    uchun  mavzular  tanlash    va  

ularning bajarilishga  oid  maslaxatlar beradi;  

-

 

hayot  faoliyati  xavfsizligi  bo’yicha  kerakli    ko’rsatkichlar  beradi.  Zarur 



bo’lgan hollarda  talabalarni mehnat xavfsizligiga oid usullarni amalda  ko’rsatadi va 

bu xaqda  kerakli  me’yoriy  xujjatlarni rasmiylashtiradi;   

-

 

talabalarning  mazkur    amaliyot    obyektida  joriy    qilingan    ichki  mehnat 



tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi va nazorat qiladi;      

-

 



ushbu xududda joylashgan  boshqa chorvachilik muasassalariga birgalikda 

borib, ularning  ishlab chiqarish texnologiyalari bilan talabalarni   tanishtiradi;   

-

 

talabalarning  amaliyot  o’tash  vaqtida    zootexniklar  uchun  joriy  qilingan 



shaxsiy ximoya  vositalari, oziq-ovqat va boshqa kerakli anjomlar bilan ta’minlaydi;  

-

 



xo’jalikda  va    kollejda  hayot  faoliyati    xavfsizligi    ishining    xolati,  

mavjud  xonalar  hamda    rasmiy,  me’yoriy,  o’quv  va    uslubiy    manbalar  bilan  

tanishtiradi;   

-

 



shartnoma  asosida    talabalarning    yashashi  uchun  sharoiti  qo’lay  

yotoqxonalar bilan ta’minlaydi. Zarur bo’lganda turar joylarini  ijaraga oladi; 

-

 

ichki  mehnat  intizomini  buzgan  talabalarga    nisbatan  jazo  choralari 



ko’radi va  bu xaqda  institut raxbariyatiga xabar beradi; 

-

 



amaliyot  davomidagi  baxtsiz  xodisalar  uchun  javobgarlikni    to’liq  o’z  

zimmasiga oladi. 

2.9. Amaliyot davrida talaba: 

amaliyotlar bo’yicha ko’zda tutilgan topshiriqlarni to’liq bajarishi; 



- amaliyotni o’tash obyektidagi ichki mehnat tartib qoidalariga bo’ysunishi; 

- mehnat muxofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya-gigiyenik 

qoidalarini o’rganishi va ularga qatiy rioya qilishi; 

-

 



kundalik  daftarini  yuritishi,  zootexniya    va  pedagogikaga  xos  maxsus 

hujjatlarni yuritishi; 

-

 

qishloq  xo’jalik  hayvonlari    va  parrandalarining  zoti  va    zotdorligini 



aniqlash,  kelib  chiqishi  va    mahsulotdorligi    bo’yicha  baholash,  naslchilik  ishlarini 

yuritish,  ozuqa  tayyorlash  texnologiyasi  va  oziqlantirish  kabi    zootexnikaviy  

tadbirlarda  ishtirok etishi; 

-

 



nazorat  sog’im  o’tkazish,  sutni  hisoblash  va  xo’jalikda    dastlabki  ishlov 

berish,  tuxum  mahsulotini  hisoblash,  hayvonlarni  so’yishdan  oldingi  tirik  vazni  va 

so’yim ko’rsatkichlarini hisoblashda qatnashishi; 

-

 



zootveterinariya  shaxobchalarini    ishlash  tartibi  bilan  tanishish,  undagi 

barcha tadbirlarda ishtirok etishi; 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




8

 

 



-

 

naslchilik  xujjatlarni  yuritish,    keltirilgan    urug’ni  baholash  va  undan  



sun’iy  urug’lantirishda  to’g’ri va samarali foydalanishi; 

-

 



kollejda, yo’nalishiga oid  fanlardan o’tkaziladigan   darslarga qatnashishi 

va  uni mustaqil xolda  o’zi tashkil etishi; 

-

 

o’tkazilgan  darsning    namunaviy  rejasining    tahlili  va  unga  oid 



tayyorlangan  ko’rgazmali o’quv-uslubiy vositalarni taqdim etishi; 

- kollejning ikki nafar o’quvchisiga pedagogik tavsifnoma tayyorlashi; 

- zamonaviy texnik vositalardan foydalanishni bilishi;  

- tarbiyaviy va tematik ish rejalari bilan tanishishi hamda ularni yuritishi; 

-  to’plangan  ma’lumotlarni  umumlashtirib,  tahlil  qilishi,  yozma  hisobot  berishi 

va amaliyot bo’yicha sinov topshirishi shart.  

 


Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə