3.
AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni
bevosita amaliyot obyekti tomonidan tayinlangan raxbar imzolagan kundalik daftari
bilan birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan raxbarga topshiradi. Hisobot,
talabalarning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to’g’risidagi ma’lumotlar,
amaliyot obyekti bo’limlarining qisqacha izohi (qishloq va suv xo’jalik boshqarmasi,
fermer xo’jaligi, parrandachilik fermasi yoki fabrikasi, kollej xamda uning tegishli
bo’limlari va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyati
xavfsizligi to’g’risidagi masalalar va amaliyot natijalari bo’yicha hulosa va takliflarni
o’z ichiga olishi lozim.
3.2. Amaliyot yakunida talaba o’z hisobotini institut tomonidan tayinlangan
komissiya oldida himoya qiladi.
Amaliyot hisobotlarini himoyasi bo’yicha komissiya tarkibiga amaliyot
o’tilayotgan fanlarni olib boruvchi o’qituvchilar, institut tomonidan tayinlangan
raxbar (imkoni boricha amaliyot obyektidan berkitilgan raxbar ham) kiritiladi.
Amaliyot natijasining bahosi, talabaning bosqichdan-bosqichga o’tishida va
unga stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Amaliyotning yakuniy natijalari fakultet ilmiy kengashida muhokama qilinadi va
tegishlicha baholanadi.
3.3. Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki, hisobot
himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba o’z hisobidan qayta amaliyot o’tishga
yuboriladi.
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida institutda o’qishni davom ettirish
masalasi rektor tomonidan ko’rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |