Tirik va o’lgan hayvonlar skeletining tuzilishi, tananing bo’linishi,
bo’g’inlar va muskullar topografiyasi
Hayvonning boshidan boshlab uning dum umurtqalarigacha tanasining qismlari
bo’linishini o’rganishlari kerak.
Hayvonning bosh qismi va miya bo’limini aniqlab, bu bo’limdagi qismlarni
topish zarur. Miya bo’limida: ensa, tepa, peshona, quloq suprasi, chakka, qovoq
qismi; yuz bo’limida: burun, ko’z orti qismi, hayvon tumshug’i, yuqorigi lab, pastki
lab, iyak oblastlari, yon tomondan-yonoq lunj, katta chaynash muskuli va jag’ osti
qismlarini aniqlash kerak.
Ko’krak-bel qismida - yelka, ko’krak va to’sh qismlarini aniqlab, tirik hayvonda
ko’rish, bel oblastida qanaqa a’zolar joylashishini, hayvonning qorin qismida
qalqonsimon tog’ay, kindik shov va yonbosh qismlarini aniqlash zarur.
Dostları ilə paylaş: |