Amaliyot dasturi Office Word docx



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix20.04.2022
ölçüsü392,94 Kb.
#85698
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
malakaviy amaliyotlarini otash uchun

Asab

 

tizimi. 

O’qituvchi,  talabalarga  asab  tizimining  ahamiyati,  uning  operativ   

xirurgiya,   klinik  diagnostika ichki yuqumsiz  kasalliklar akusherlik kabi klinik   

fanlarni  o’rganishdagi  ahamiyatini ko’rsatib o’tadi.    

Talabalar  bo’r  bilan  tirik  hayvonda  markaziy  asab  tizimi  (bosh  miya  va  orqa 

miya)  yelka,  bel,  dumg’aza  chigali,  oldingi  va  keyingi  oyoq  nervlari  toporafiyasini 

chizadilar va atrof nervlarining tarqalish yo’llari va innervasiyasi aniqlanadi.  

Analizatorlar ta’sir qabul qilishiga qarab, ikki asosiy guruhga bo’linadi.                      

1.  Ekstraretseptorlar  -  tashqi  muhitdan  aniq  ta’sirotni  qabul  qiladi  va  markazga 

yetkazib  beradi.  Ko’rish,  eshitish,  hid  bilish,  ta’m  bilish  va  muvozanat  retseptorlari 

shular jumlasidandir. 

2.  Introretseptorlar  -  ichki  ta’sirni,  ya’ni  a’zolar,  to’qima  va  xujayralarning  ish 

faoliyati  vaqtida  paydo  bo’lgan  har  xil  normal  va  patologik  o’zgarishlarni  aniqlab, 

markazga yetkazib beradi. 

Quyidagi  analizatorlar - ekstroretseptorlar organizmda farqlanadi: 

-  umumiy      sezgi      analizatorlari      -      terida,      tananing      hamma  qismida  sochilib 

joylashadi;  

-  hid      bilish  analizatorlari  -  burun      bo’shlig’ining  ichki  shilimshiq  qavatida 

joylashadi; 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




15

 

 



- ta’m    biluvchi    analizatorlari -  tilni    tam    biluvchi surg’ichlari; 

-  ko’rish  analizatorlari  -  ko’z  olmasi,  uning  himoya  va  yorug’lik  sindiruvchi   

a’zolarida joylashadi.         

-  eshitish  analizatorlari  -  tashqi,  o’rta  quloq  va  ichki  quloqda.  Talabalar      tirik   

hayvonda    ko’z      olmasini      va    uning    himoya,  yordamchi  a’zolarini  ko’zdan 

kechirishadi,  ko’z  olmasining  oq  moddasi,  ko’zning  to’r  pardasi,  ko’z  qorachig’iga 

e’tibor  qilishadi,  yuqorigi, pastki,  uchinchi qovoq, kiprik, ko’z konyuktivasi rangini, 

ko’z yosh bezini ko’zdan kechiradilar. 

Talabalar,  amaliyot  davomida  kundalik  daftar  yuritishadi,  qilingan  ishlar 

bo’yicha hisobot tayyorlaydi. Kundalik daftar va hisobot amaliyotga raxbarlik qilgan 

o’qituvchi  tomonidan  kafedraga  topshiriladi  va  o’quv

 

amaliyotining  hisoboti  kafedra 



yig’ilishida muhokama qilinadi. 

 


Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə