Amaliyot dasturi Office Word docx


AMALIYOT  XUJJATLARI VA ULARNI  YURITISH TARTIBI



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/81
tarix20.04.2022
ölçüsü392,94 Kb.
#85698
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
malakaviy amaliyotlarini otash uchun

AMALIYOT  XUJJATLARI VA ULARNI  YURITISH TARTIBI 

Talabalar    amaliyot  davomida    kundalik  yuritadilar,  bundan  tashqari  amaliyot 

o’tayotgan   xo’jalikning   iqtisodiy  va zootexnikaviy ko’rsatkichlarini qayd qiladigan  

maxsus    daftar  tutadilar.  Bu    xujjatlar  IV  bosqichning  boshida  devonxona  daftariga 

tikiladi,  varaqlari  raqamlanib  ip  o’tkazilgach,  dekanatning  muxri  bilan  tasdiqlanadi.  

Amaliyot  davomida  nazorat    oziqlantirish  va  sog’im  kunlari,  xamda  hayvonlarning 

turlari bo’yicha boshqa  mahsulotdorlikni baholash ishlari shu  xujjatlarga  qayd qilib 

boriladi.  

Kundalikda har kuni  bajarilgan barcha ishlar: xo’jalikning  jug’rofiy joylashishi, 

u  bilan    chegaradosh  xududlar,  xo’jalikning  ohirgi  uch  yillik  iqtisodiy  va  moliyaviy 

ko’rsatkichlarini tahlili, xo’jalikda yem-xashak zahirasi, ozuqabop ekinlar ekiladigan 

yerning  unumdorligi,  suv  bilan    ta’minlanish  darajasi.  Chorvachilik  fermalarni 

qurilishi,  qo’shimcha  inshoatlarning  zoogigiyenik  talabga    javob  berishi.  Ozuqa 

turlari  va  ayrim    shirali  ozuqalarni  (senaj,  silos)  tayyorlash    texnologiyasi, 

hayvonlarning  o’sish  va  rivojlanish  ko’rsatkichlari,  sut  go’sht,  tuxum  va  jun 

mahsulotdorligini hisobga olish tartibi. Sutga xo’jalikda birlamchi qayta ishlov berish 

tartibi. 

Mavjud  zooveterinariya  xujjatlarini  holati,  naslli  hayvonlarni  boqish  va 

baholash,    so’yim  ko’rsatkichlarining    holati,  mahsulotni  ishlab  chiqarish,  tashish,  

saqlash va  qayta ishlash texnologiyasining holati yozib boriladi. 

Bundan  tashqari  tug’ilgan  va    tashqaridan  sotib  olingan  hayvonlarni    kirim 

qilish, hamda sotilganligini va  so’yilganligini chiqim qilish holati qayd qilinadi.  

Kundalikni    ohirgi  to’rtinchi  ustuniga  amaliyot    raxbari  o’zining  ko’rsatma    va  

maslaxatlarini  berib  borishi  kerak.  Amaliyot    davrida  talaba  qanday    zootexnikaviy  

xujjat  va    tadbirlarga    e’tibor  berishi  kafedra  tomonidan  tayyorlangan  uslubiy  

ko’rsatmaga  bayon  etilgan.    Amaliyot    rejasi  bilan  birgalikda  ushbu  uslubiy 

ko’llanma  har bir talabaga beriladi va  foydalanish tartibi tushuntiriladi.  

 


Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə