To’rtinchi bosqich
– kasbiy ta’lim bo’lajak o’qituvchi o’quv-tarbiya ishlariga
ya’ni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida birinchi bor to’rt haftalik amaliyotga
kirishadi. Bu amaliyotni qachon, qaysi vaqtda o’tkazilishi o’kuv rejalarida
ta’kidlangan. Ushbu bosqichda talaba-amaliyotchi eng avvalo amaliyot o’tkazadigan
muassasa, o’quvchilarning ichki tartib qoidalari, guruh va mutaxassislikka
tayyorlanayotgan yosh o’smirlar, maktabning pedagogik jamoasi bilan tanishib,
tegishli
hujjatlarni
o’rganishdan
ish
boshlaydi.
O’qituvchi
murabbiylar
o’tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadilar, darslarga kirib tajriba ortiradilar.
O’qituvchining dars reja va tarbiyaviy tadbirlar, kalendar ishlari bilan tanishib, lozim
bo’lganlarini o’zlariga biriktirilgan guruhlarga oid qismlarini ko’chirib, shaxsiy
rejalarini tuzib oladilar. Dars mashg’ulotlarida qatnashib, uni tahlil qilib, o’z fikr va
qarashlarini bayon etadilar. Darsni baholaydi. Guruh va sinf raxbari sifatida ham
faoliyat yuritib, ilg’or tajribalarni o’rganishda o’qituvchi shaxslarni atroflicha
o’rganib, ularga har tomonlama ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullarini
rivojlantirib boradilar.
Dostları ilə paylaş: |