Amaliyot dasturi Office Word docx



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/81
tarix20.04.2022
ölçüsü392,94 Kb.
#85698
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
malakaviy amaliyotlarini otash uchun

Beshinchi  bosqich 

–  pedagogik-psixologik  amaliyotning  so’ngi,  hal  qiluvchi, 

zaruriy  bosqichi  bo’lib,  bu  davrda  talaba  –  amaliyotchi  kollejda  sakkiz  hafta 

davomida  mustaqil  o’qituvchi  sifatida,  lavozimida,  zarur  holda  shartnoma  asosida 

oylik maosh olib ishlashi ham  mumkin bo’ladi. Bu bosqich talaba – amaliyotchining 

kasbiy ta’lim  va bo’lajak o’qituvchilik qobiliyatiga tayyor bo’lishini belgilaydi. Ular 

mustaqil  holda  dars  va  darsdan  tashqari  tadbirlarni  o’tkazishadi,  tegishli  hujjatlarni 

yuritishadi,  hisobotlar  qilishadi,  kollej  yoshlarini  tanlagan  kasblariga  qiziqtirish  va 

yo’naltirishdek  sharafli  ishlarni  tizimli  bajaradilar.  Bu  talaba  –  amaliyotchining  4-5 

bosqich  amaliyotini  samarali  olib  borishini  ko’zda  tutadi.  Pedagogik  va  kasbiy  

mahoratni  qanchalik  egallab  olganligini  yaqqol  belgilab  beradi.  Eng  muhimi  talaba-

amaliyotchi  o’z  kasbi  va  o’qituvchilik  sohasiga  oid  pedagogik  texnologiya,  ta’lim-

tarbiya  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyalar  talablari  asosida  yondashuvlarni 

chuqur egallaydi. 

Pedagogik amaliyot talaba o’qituvchidan ko’p narsa talab etadi. Jumladan:  

1.

 



Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  o’quvchilari  kechagi  maktab 

o’quvchisi  emas.  Ular  yoshi,  individual  xususiyatlari,  psixologik,  fiziologik,  shaxsiy 

rivojlanishlari bilan umumta’lim maktab o’quvchilaridan keskin farq qiladi. Ularning 

aksariyati  o’z  yo’li,  kasbini  deyarli  tanlagan,  iqtidorligi  ham  yaxshigina.  Bu 

xususiyatlar amaliyotchi-talabadan fanni yaxshi o’zlashtirishni, pedagogik-psixologik 

o’qitish  va  tarbiyalash  metodlarini  puxta  bilishni,  kollej  yoshlarini  o’quvchi  talaba 

deb  emas,  o’zidek  shaxs,  shaxs  hamkorlikka  muhtoj  inson  deb  hurmatlaydigan 

xislatli bo’lishini talab etadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




48

 

 



2.

 

Kollej  va  litseylarda  o’rganiladigan  fanlarning  ko’lami  keng,  mundarijasi 



boy,  mazmuni  sermahsul  tuzilishi  xilma-xil.  Demak,  amaliyotchi  bo’lajak  pedagog 

mana shu katta sinov ishga tayyor bo’lishi uchun nafaqat o’z fani – mutaxassisligini, 

balki  kollejda  o’rganiladigan  fanlarning  asoslarini,  muhim  tushunchalarni, 

ahamiyatini  ham  yaxshi  anglab  yetgan  bo’lishi  kerak.  Bu  unga  o’z  fanini, 

ma’ruzalarini  boshqa  fanlar  bilan  bog’lab  o’rganishi  kerak.  Bu  metod  amaliyotchini 

kollej  yoshlari  ko’z  o’ngida  bilim  doirasi,  dunyoqarashi  keng  ekanligini  ko’rsatib, 

obru-e’tiborini  oshishiga  zamin  tayyorlaydi.  Pedagog  uchun  jamoadagi  obrusi  – 

yetakchi manba hisoblanadi. 

3.

 

Xullas  pedagogik-psixologik  amaliyotni  tashkil  etishning  va  bajarishning 



muhim  yo’li  amaliyotchi  o’zini  bu  sharafli  ishga  qanday  tayyorlaganligiga  bog’liq. 

Tubdan  isloh  qilinayotgan  ta’lim  tizimimiz  maqsad  va  vazifalarini  qanchalik  chuqur 

anglab yetganiga bog’liq. 


Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə