1.
Bosh bo’lim ichaklari.
Dastlab, talabalar diqqatini og’iz bo’shlig’i hosil bo’lishida ishtirok etadigan
suyak va muskullarga jalb etiladi. Keyin lab, lunj, burun-lab oynasi, tanglay
topografiyasi va tuzilishi o’rganiladi.
So’lak bezlari joylashishi (quloq oldi, jag’ osti, til osti) qo’l bilan ushlab
ko’riladi va chegarasi aniqlanadi.
2.
Oldingi bo’lim ichaklari.
O’qituvchi, talabalardan oldingi bo’lim ichaklari (qizilo’ngach va oshqozon)
haqidagi tushunchalarini so’rab va lotincha nomlarini esga keltirib, tirik hayvonda
qizilo’ngach va oshqozon topografiyasini ko’rsatadi.
O’qituvchi, talabalardan oshqozon tiplari va kameralari haqidagi tushunchalarini
so’rov o’tkazishi yo’li bilan aniqlaydi. Ko’p kamerali oshqozonda kata qorin,
to’rqorin, qatqorin va shirdonning topografiyasiga va tuzilishiga alohida e’tibor
beriladi.
Dostları ilə paylaş: |