Yurak-qon tomirlar tizimi
.
O’qituvchi talabalarning qon tomirlar tizimi
haqidagi tushunchalarini aniqlaydi. Keyin ularning bilimlarini umumlashtirib,
talabalar diqqatini yurakning tuzilishi, kameralari, klapan apparatlari, nerv tizimi
hamda organizmdagi asosiy arteriya, vena, kapillyar qon tomirlari, katta va kichik
qon aylanish doiralari to’g’risida tushuncha beriladi.
Talabalarga quyidagi topshiriqlar beriladi:
- har xil hayvonlarda yurakning topografiyasini va yurak pulsini aniqlash;
- oganizmdagi yirik arteriya qon tomirlarini (jag’ osti, yuz, dum, son va boldir
arteriyalari) topish va pulsni aniqlash;
- organizmdagi yirik vena qon tomirlarini (bo’yintiriq venasi, teri osti venalari,
sonning va boldirning teri osti venasi) aniqlash; qoramollarda sut venasi, sut
qudug’ini ushlab ko’rish va uning kattaligi aniqlanadi.
- hayvonlarda yirik limfa tugunlari aniqlanib, ularning funksional ahamiyati haqida
so’zlab beriladi. Talabalar o’lgan hayvonda qon tomirlarni (arteriya, vena), yirik
limfa tugunlarini preparovka qilib, topografiyasini aniqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: |