5410600 (5620600) - Zootexniya (turlari bo’yicha) yo’nalishi III- bosqich
talabalari 6-o’quv semstirida “Qishloq xo’jalik hayvonlarini urchish” (6-kun),
“Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi” (6-kun), “Zoogigiyena va veterinariya
asoslari” (6-kun), Vetakusherlik (6-kun) hamda 5111015 (5140900) - Kasb ta’limi
(zootexniya) yo’nalishlari talabalari esa “Qishloq xo’jalik hayvonlarini urchitish”
(4-kun), “Vetakusherlik” (3-kun), “Qoramolchilik” (5-kun), “Parrandachilik” (3-
kun), “Cho’chqachilik” (2-kun) xamda “Qo’ychilik va echkichilik” (4-kun)
fanlaridan malakaviy amaliyot o’taydilar. Talabalar, amaliyot davomida
zootexniya ixtisosligiga oid ishlar bilan tanishadilar, ular qishloq xo’jalik
hayvonlarini va parrandalarni turi, zoti, zotdorligi, tizimi (liniya), tipi, zot guruhi va
26
oila to’g’risida tasavvurga ega bo’ladilar. Hayvon va parrandalarni oziqlantirish
xususiyatlari, oziqa turlari ularni tayyorlash texnologiyasi, hayvonlarni boqish va
asrash molxonalarda mikro va makroiqlimning zoogigiyenik me’yorlari bilan
tanishadilar. Hayvonlarni fiziologik statusi va unga ta’sir qiladigan omillarni tahlil
qiladilar. Sigirlarni va qorako’l qo’ylarini sun’iy urug’lantirishning o’ziga xos
tomonlarini o’rganadilar. Chorva mollarini urchitish asoslari (sof zotli urchitish,
chatishtirish, duragaylash) ni o’rganadilar. Xar xil turga mansub chorva mollari va
parrandalarini xo’jalik foydali belgilariga oziqlantirish va asrash sharoitini ta’sirini
tahlil qiladilar.
Amalyot davomida har bir talaba alohida kundalik tutib, barcha ishlab chiqarish
va texnologgik jarayonlarni qayd qilib boradi. Ana shu kundalik asosida amaliyot
oxirida hisobot yoziladi. Betlangan, shnurlangan va dekanat muxri bilan
tasdiqlangan kundalik xo’jalik tomonidan tayinlangan amaliyot raxbari tomonidan
imzolanib muxrlanishi kerak. Amaliyot yakunida talaba barcha zootexnikaviy
jarayonlar aks ettirilgan hisobot yozib, uni dekanat tomonidan tuzilgan maxsus
komissiya yig’ilishida ochiq himoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: