Talabalar quyidagilar bilan tanishadilar: podaning tuzilishi va holati, zoti va
zotdorligi, ishlab chiqarish va uning bajarilishi. Cho’chqalarni qochirish, ona
cho’chqalardan bola olish, bo’rdoqilash rejalarini tuzish tartibi va uni bajarilishi.
Asosiy ona cho’chqalardan jadal foydalanish, bir yilda bir bosh asosiy ona cho’chqa
hisobiga o’stirilgan cho’chqalar soni va tuximlar soni. Erkak va ona cho’chqalarni
40
qochirishga tayyorlash va uni o’tkazish. Tekshiruvchi ona cho’chqalarni tanlash,
oziqlantirish, asrash va qochirishga tayyorlash, bola olish.
Yosh cho’chqalarni boqish va asrash, yozgi oziqlantirishni tashkil qilish ko’k
konveyerdan foydalanish: sanitariya–profilaktika tadbirlarini o’tkazish. Dastlabki
zootexnika hisobi. Cho’chqalarni bonitirovka qilish va uni natijalarini naslchilik
ishlarida qo’llash. Nasldor erkak cho’chqalarni bolalarini sifatiga qarab baholash.
Bo’rdoqilangan cho’chqalarni topshirish va mahsulot sifatini aniqlash. Sohada
ishlayotganlarga ish xaqi to’lishni tashkil qilish, mehnat unumdorligini oshirish
borasidagi tadbirlarni amalga oshirish va cho’chqa go’shti ishlab chiqarishni
tannarxini pasaytirish.
Fermer,dexqon boshqa va kichik cho’chqachilik xo’jaliklarida cho’chqachilik
mahsulotlarini ishlab chiqarishni o’rganish.
Dostları ilə paylaş: