16
- yig’ish va kolleksiya qilish uchun probirkalar, banka, stakancha, kolbalar;
- ekskursiya satilchalari, entomologik quticha, gidrobiologik to’r, hasharotlar
qanotlarini tekislovchi moslama;
- aniqlag’ich qo’llanma.
Amaliyot davrida
xavfsizlikni ta’minlash va zaharli hayvonlar bilan
ishlash qoidalari:
- tog’ cho’qqilariga yakka-yakka holda chiqish man qilinadi, toshloqlardan yurish
o’ta xavfli, chunki mayda shag’al toshlar sirpanib ketishi va nurash hosil bo’lishi
mumkin;
- ruxsat qilinmagan joyda cho’milish man qilinadi;
- amaliyot o’tadigan joyda zaharli ilonlardan: qalqontumshuq, kulvor ilon uchrab
turadi. Bu ilonlarning zahari kuchli bo’lib, odamlarni chaqsa o’limga olib kelishi
mumkin. Bunday zaharli ilonlarni ushlash qatiyan man qilinadi. Ilon chaqqan
taqdirda chaqilgan joydan 5-10 sm yuqoriroqdan mahkam bog’lab qo’yib, tezda
o’qituvchilarga yoki lager tibbiy xodimiga murojaat qilish zarur. Ilon chaqqan
joylarni-kesish va qonni so’rib tashlash kat’iyan man qilinadi;
- ilonlardan tashkari bu zonada zaharli o’rgimchaksimonlardan: tarantul, chayon va
qorakurt ham uchrab turadi. Ular bilan ishlagan vaqtda ham ehtiyot bo’lish talab
qilinadi. Ularni albatta pinset bilan ushlash kerak. Bularning chaqishi hayot uchun u
qadar xavfli bo’lmasada, og’riq va allergik reaksiyalarga sabab bo’lishi mumkin;
- marshrut davomida ushlangan yoki o’lik holda topilgan hayvonlarni (amfibiyalar,
reptiliyalar, qushlar, kemiruvchilar) (preparovka) yorib o’rganish mutaxassis yoki
o’qituvchi
ishtirokida bajarilishi kerak. Aks holda har xil yuqumli kasalliklarni
yuqtirib olish mumkin;
- amaliyot vaqtida o’qituvchi va tibbiy xodimlar ko’rsatmalariga qat’iy rioya qilish
zarur.
Dostları ilə paylaş: