- talabalar, institutda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg’unlashtirgan
- turli mulk shakliga asoslangan ilg’or qoramolchilik fermalarida malaka
oshirib, ilg’orlar tajribasiga suyangan holda mehnatni tashkil etishni o’zlashtirish.
Malakaviy amaliyotning mazmuni.
xo’jalikning umumiy yer maydonlari, ekin maydonlari, so’nggi 3 yillikdagi
chorvachilikka oid ma’lumotlar, xo’jalikning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari
35
-
xo’jalikda oziqa yetishtirish va oziqa balansi (yetishtiriladigan ozuqa
turlari, ekin maydonlarining hosildorligi, yetishtirilgan oziqalarning miqdori,
talabga mosligi);
-
podani tarkibi (jami mollar bosh soni, yoshi va jinsi bo’yicha guruhlar,
ularni foizda ifodalanishi);
-
xo’jalikda qoramollarni oziqlantirish (sog’in sigirlar, bug’oz sigirlar
hamda g’unojinlarni, yosh qoramollar, podani to’ldirishga mo’ljallangan urg’ochi
tanalarni, bo’rdoqilashdagi qoramollarni oziqlantirish ratsionlari, buzoqlarni
o’stirish sxemasi va h.k);
-
mahsulotdorligi bo’yicha sigirlar guruhi (tirik vazni, sutini miqdori va
yog’i bo’yicha sigirlarning guruhlarga ajratilishi);
-
urg’ochi tana va sigirlarni urug’lantirish (xo’jalikda qo’llanioladigan
qochirish usullari, foydalanilayotgan urug’larga tavsif, zooveterinariya punktlarining
tashkil qilinganligi, 100 bosh sigir va g’unajindan buzoq olish);
-
bug’oz sigirlarni asrash (oziqlantirish, profilaktoriya, tug’dirish va h.k);
-
xo’jalikda buzoqlarni o’stirish texnologiyasi;
-
xo’jalikda qoramollarni asrash va saqlash (turli yoshdagi qoramollarni
asrash sistemasi va saqlash usullari va uning iqtisodiy samaradorligi, yilning turli
fasllarida asrash va saqlashni o’ziga xos xususiyatlari);
-
sigirlarni sog’ishga tayyorlash (sog’ish usuli, yelinga ishlov berish,
sutning 13264-88 Davlat andozasi talablariga javob berishi, sutning yog’i zichligi,
nordonligi, mexaniq va mikroblar bilan ifloslanganlik darajasini aniqlash);
-
sutga dastlabki ishlov berish (sutni tozalash, sovutish, saqlash, tashishni
tashkil qilish);
-
qoramollarni shoxsizlantirish;
-
xo’jalikda ozuqa tayyorlash va tarqatish;
-
zootexniya hisob-kitob ishlari (zootexniya hisoboti yuritioladigan kitob,
xo’jalikda hisobot yuritish ishlari, qaydnomalar va h.k);
-
qoramollarni bonitirovka qilish (yosh qoramol, sigirlar, buzoqlarni
bonitirovka qilish, eksteryerga baho berish, tamg’alash);
-
naslchilik ishalrini tashkil etilganligi. Qisirlikka qarshi kurash
zootexnikaviy tadbirlar. Og’ir ishlarni mexanizasiyalashtirish (ozuqalarni
jamg’arish, ozuqa tayyorlash, sigirlarni sog’ish, sug’orish, go’ngdan tozalash);
-
binolarni qurilishi (zoogigiyenik talablar bo’yicha qurilishi, xajmi, uzun
va kengligi, balandligi, maydoni, bir bosh molga to’g’ri keladigan maydon,
yorug’lik, mikroiqlim ko’rsatkichlari);
-
veterinariya-sanitariya tadbirlari (dizobaryer, dizomet, dizenfeksiya,
dizenseksiya, hayvonlarni davolash ishlari);
Dostları ilə paylaş: