25
ZOOGIGIYENA fani (36 soat)
Malakaviy amaliyot davrida talaba institutda olgan nazariy bilimlarini
mustaxkamlashi uchun xo’jalikka borgandan keyin chorvachilik fermasi yoki
parrandachilik xo’jaligining bosh rejasi, chorvachilik binolari, ozuqa omborlri,
oziqa tarqatish, oziqlantirish, sug’orish usullari, veterinariya-sanitariya jixozlari,
veterinariya punkti, chorva mollarini saqlash, oziqlantirish, sug’orish, parvarishlash
usullari xamda fermaning loyihasi bilan tanishadi. Molxonalarda mikroiqlim
ko’rsatkichlarini aniqlash, havo, suv, tuproq va oziqalarni gigiyenik baholash
usullarini; chorva mollari va parrandalarni saqlash, oziqlantirish, sug’orish usullarini;
ozuqalar turlari to’yimliligi va sifati haqida.
Molxonaning asosiy qismlari qaysi qurilish materiallaridan qurilganligi va
mikroiqlim ko’rsatkichlarini aniqlash tartibi o’rganiladi. Molxonaning ichki jixozlari,
hayvonlar turadigan joy, oxur, ozuqa yo’li, go’ng yo’li, binoning o’lchamlari, xajmi
o’rganilib gigiyenik tomondan baho beriladi. Molxonalarda ventilyatsiya, issiqlik
balansi yorug’likni hisoblash yo’llari o’rganiladi. Molxonadagi xarorat, namlik,
havoning harakat tezligi, yorug’lik, zararli gazlar miqdori, chang va mikroblar soni
aniqlanadi. Go’ngni chiqarish, saqlash, zararsizlantirish usullari bilan tanishadi.
Xo’jalikda tayyorlangan ozuqalarni saqlash, sifatini baholash, suv manbalari,
sug’orish usullari va suv bilan ta’minlash yo’llari aniqlanadi.
Xo’jalikda chorvachilik fermasining bosh rejasi, fermadagi kun tartibi,
hayvonlarni saqlash, oziqlantirish, sug’orish, fermani suv bilan ta’minlash,
molxonada ventilyatsiya, kanalizatsiya, yoritish, molxonani go’ngdan tozalash,
go’ngni saqlash va hisoblash usullari, molxonada mikroiqlim ko’rsatkichlarini
(harorat, namlik, bosim, havoni harakat tezligi, yorug’lik, zararli gazlar, chang va
mikroblar miqdori) aniqlash, veterinariya-sanitariya kuzatuv punkti, dezobaryerning
tuzilishi, dezinfeksiya, dezinfeksiya va deratizasiya o’tkazish bilan tanishish.
Dostları ilə paylaş: