Amaliyotchi p



Yüklə 159,62 Kb.
səhifə1/4
tarix11.05.2023
ölçüsü159,62 Kb.
#109661
  1   2   3   4
2-мавзу Аmaliyotchi-psixolog-shaxs-va-mutaxassis-sifatida


2-mavzu: AMALIYOTCHI PSIXOLOG MUTAXASSIS SIFATIDA
Reja:

  1. Amaliyotchi psixolog shaxsini ilmiy nazariy tahlili

  2. Amaliyotchi psixolog mutaxassisning jamiyat hayotida tutugan roli

3.Kouching tushunchasi va uning boshqa psixologik ѐndashuvlardan farqi


Amaliyotchi psixolog shaxsini ilmiy nazariy tahlili
Psixologik hizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir. Birinchi bo`lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat atshkil etildi. Uning rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo`lib tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun ish olib bordilar. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo`shgan. Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o`sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o`sishi va axloqiy potensialiga bog`liq bo`ladi. Jumladan, bu kasb AQShda o`tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo`lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda maktab psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri o`quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi. Psixolog B.L.Vulfson Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik muammolarini taxlil qilib yaqin vaqtlargacha test uslubi AQSH va Agiliyadagidek keng tarqalmagan degan fikrni aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy faoliyatlari va qobilyatlarini testlar orqali aniqlash o`tgan asrning 70-yillari boshidan boshlaganligi ma`lum. Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati bilan emas balki shaxs bo`lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama baholashga to`g`ri keladi.
O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi. 1989-yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida E.G`oziyev, M.G.Davletshen, G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o`z hissasini qo`shgan va hozirga qadar o`z izlanishlarini davom ettirmoqda.
Bugungi kunda ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug’iladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o’rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan
muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak.

Yüklə 159,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə