Amaliyotchi-talabaning bir soatlik sinov dars bayonnomasi



Yüklə 16,32 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü16,32 Kb.
#116131
1 soatlik dars bayonnoma


Amaliyotchi-talabaning bir soatlik sinov dars BAYONNOMASI
Axborot texnologiyalari fakulteti 4-kurs amaliyotchi-talabasi Xaydarov Farxodjonning Denov tuman 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5- sinfida Informatika fanidan o‘tkazgan bir soatlik sinov darsining
BAYONNOMASI
01.04.2023 Denov tuman
Raislik qiluvchi: 50-Maktab O’IBDO’: D.Abdurasulova
Qatnashdi: Maktab direktori: E.Pardayev
Fan o‘qituvchi: Sh.Xaydarov
KUN TARTIBI: 7-sinfda “Elektron pochta” mavzusida o‘tilgan dars muhokamasi haqida
Eshitildi: Raislik qiluvchi Sh.Xaydarov:
“Elektron pochta” mavzusini o’tish uchun amaliyotchi talaba Xaydarov Farxodjon darsga tayyorlanib kelgan.Dars jarayonini quyidagicha rejalashtirgan:
O’quvchilar bilan salomlashish,davomat olish (1 minut)
Darsning ma’naviy qismini o’tish (2 minut)
O’tilgan uyga vazifani so’rash (15 minut)
Yangi mavzu bilan tanishtirish va ma’lumot berish (15 minut)
Darsni yanada qiziqarli o’tkazishi uchun o’quvchilarni guruhlarga bo’lib qisqa savol javoblar,testlar,tarqatma savollar orqali olgan bilimini mustahkamlash (10 minut)
o’quvchilarni baholash (1 minut)
uyga vazifa berish va o’quvchilarning olgan baholarini e’lon qilish (1 minut)
dan iborat.
So‘zga chiqdilar:
Maktab direktori- E.Pardayev
Amaliyotchi talaba Xaydarov Farxodjon darsning tashkiliy qismini yaxshi rejalashtirgan Yangi mavzu bayoni haqida o’quvchilarga yetarlicha ma’lumot bera oldi.O’quvchilarni darsga jalb qilish uchun ularni guruhlarga bo’lib savol javoblar o’tkazdi.Belgilab olgan vaqt taqsimotidan unumli foydalandi.Darsdagi kamchilik o’quvchilar orasida ozroq shovqin ko’tarildi.
Fan o‘qituvchi: Sh.Xaydarov
Amaliyotchi Xaydarov Farxodjon dars mavzusini tushuntirishda o’quvchilar uchun ajoyib slayd tayyorlab monitordan foydalangan holda ma’lumot yetkazib bera oldi. Dars o’tish jarayonida o’quvchilarning shovqiniga biroz e’tiborsiz bo’ldi.Dars jarayoni yaxshi o’tdi.
QAROR QILADI:
1.Amaliyotchi-talaba Xaydarov Farxodjon 7-sinfda Informatika fanidan
“Elektron pochta” mavzusida bir soatlik sinov darsi ma’lumot uchun qabul qilinsin va «yaxshi» deb baholansin.
2. Dars yuzasidan bildirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va navbatdagi darslarda yo‘l qo‘ymaslik amaliyotchi talaba Xaydarov Farxodjonga yuklatilsin.

Raislik qiluvchi: ____________ D.Abdurasulova


(imzo)
Maktab direktori: ____________ E. Pardayev
(imzo)
Yüklə 16,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə