Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə3/4
tarix29.09.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#124808
1   2   3   4
Allomalar

Zahriddin Muhammad Bobur


Z ahriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi; boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi. Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” (1523-25) alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi. 1521 yil islomning beshta shariat ustuni bayon etilgan falsafiy-diniy “Mubayyin” asarini yozgan.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi. Bobur 1494 yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526 yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan. Agra shahrida 1530 yil 26 dekabr kuni vafot etgan.
Boburning she’riy merosi ko‘pqirrali va boy. Nasriy asarlari (1519) “Qobul devoni”ga, so‘nra (1529-30) “Hind devoni”ga jamlangan. U sharq nasriy janrlarida 10 dan ziyod she’rlar yozgan. She’rlarida uning shaxsiy hayoti, atrof-muhiti va tarixiy hodisalar aks etilgan. Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy mazmundagi she’rlar tashkil etadi. Shoir san’ati o‘ziga xos adabiy uslub va mahorat, turkiy tilning ifodaliroq vositalari orqali tasvirlanadi.
Uning she’rlarida o’z davrining tarixiy hodisalari, shoirning shaxsiy hayoti, atrof-muhit, insonga bo‘lgan munosabat, din, davr an’analari va axloqlari voqe’lik ila aks etgan.
Boburning she’rlari — shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarni mohirona so‘zlaydi.
Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy she’rlar tashkil etadi. Ijodining asosiy qirralaridan biri, chinakam insoniy, dunyoviy, haqiqiy sevgini kuylaganligidir. Shoir lirikasi Alisher Navoiy she’riyatidan ilhomlanish bilan to‘yingan. O‘zining g‘azal va ruboiylarida u sevgi, do‘stlik, go‘zallikka intilish kabi insoniy muammolarni ko‘targan. Dunyoviy sevgini shoir insonning eng porloq unvoni sifatida tarannum etadi.
Bobur oshig‘i bilan uchrashuv uchun sevgining istalgan qiyinchiliklarini yengib o‘tishga tayyorligini ta’kidlaydi. Katta samimiyat ila shoir sevgi uchun o‘zini borlig‘i bilan qurbon qilishga ham tayyorligini ifodalaydi.

Xati — binafsha, xadi — lola, zulfi rayhondur,


Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.
Iki mengi oyu dog‘i yuzu so‘zi gulu mul,
Qadi ravonu tani jonu irni marjondur.
Qoshida chinu ko‘zida kinu angabin labida,
So‘zida zahr va lekin tilida darmondur.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə