Amir temurning ilm fan va madaniyat ahliga munosabati reja: 1 Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy- iqtisodiy hayot



Yüklə 32,22 Kb.
səhifə1/4
tarix25.05.2022
ölçüsü32,22 Kb.
#87899
  1   2   3   4
AMIR TEMURNING ILM FAN VA MADANIYAT AHLIGA MUNOSABATI


AMIR TEMURNING ILM FAN VA MADANIYAT AHLIGA MUNOSABATI
REJA:


1 Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy- iqtisodiy hayot
2 O‘rta Osiyoda XIV-XV asrlarda madaniyat va bunyodkorlik ishlarining rivoj topishi
3. Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’atning ravnaqi

1. Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot

XΙV-XV asrlaridagi sivilizatsiyaning ravnaq topishida Temuriylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Sohibqiron Amir Temur davrida asos solingan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar uning avlodlari davrida ham asosan davom ettiriladi. Albatta amir, bek va sultonlar o‘rtasida olib borilgan o‘zaro urushlar o‘lkaning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy hayotiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo ijtimoiy hayot to‘xtab qolgani yo‘q. Yerga egalik qilish avvalgidek to‘rt xil; “ mulki devoniy”- davlat yerlari , “mulk yerlari”- xususiy yerlar , “mulki vaqf”- vaqf yerlari va jamoa yerlari shaklida saqlangan. Temur davridagidek , davlat yerlarini “suyurg‘ol” qilib berish davom ettiriladi. “Suyurg‘ol” egalari nomiga markaziy hokimiyatga qaram bo‘lib, amalda deyarli mustaqil bo‘lganlar.


Yerga egalik qilishning ikkinchi shakli xususiy yerlar yedi. Albatta, katta – kichikligidan qat’iy nazar, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy yer mulklari hisoblangan. Mulk yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarga ularning davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun berilgan va ular katta hajmdagi yer mulklarga egalik qilganlar.
Mo‘g‘ullar bosqini davrida batamom vayron etilgan Buxoroning suv xo‘jaligi XV asrga kelib to‘la tiklanadi, uning dehqonchilik maydoni kengayib, urganchiy dashti tomon qariyb 5-6 km ichkariga kirib boradi. Ulug‘bek hukumronligi davrida Buxoro viloyatining janubiy – sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqariladi va yangi yerlar o‘zlashtiriladi.
Mo‘g‘ullar bosqini davrida vayron etilgan Mug‘rob daryosining bosh tog‘oni Sultonobod Shohruh davrida tiklanadi. Marv shaxri va Murg‘ob vodiysi suv bilan ta’minlanadi. Sulton Husayn Mirzoning tashbbusi bilan Mavorounnahrdan yangi kanal chiqariladi, yargi yerlar o‘zlashtiriladi. Hirot va Mashhad tomonlarda Alisher Navoiy tashabbusi bilan juda katta sug‘orish inshootlari barpo etiladi. Xususan Tus viloyatining yuqori qismida joylashgan Chashmag‘ul mavzesida Turuqband suv omborining qurilishi g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chungi suv ombori orqali 10 farsax kanal qazdirilib, mashhad tobi – hayot bilan ta’minlandi.
Bu davrda sug‘orish texnikasi rivoj topadi. Natijada mamlakatda dehqonchilik va bog‘dorchilikning barcha turlari rivojlanadi, chorvachilik taraqqiy etadi.
Temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda hunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlari ham rivojlanadi. Bu davrdv asosan Samarqand, Hirot, Buxoro, Marv, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shaxrisabz, Qarshi va boshqa shaharlar madaniyat va savdo markazlariga aylanadi. Bu shaharlarda hunarmandchilik rivoj topib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan mahallalar, ko‘chalar, guzarlar, bozor rastalari, timlar, toqlar paydo bo‘ladi.
Samarqand shishalari, qog‘ozlari bilan ham shuhrat qozongan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo shaharlarida teriga ishlov berish, po‘stindo‘zlik kabi hunarlar ham keng rivoj topadi. E’tiborli joyi shundaki, kasb – hunar egalari mamlakat aholisining eng madaniyatli va obro‘li kishilari hisoblangan. Ularni xalq katta hurmat va e’tibor bilan e’zozlagan. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson savdogarlari nafaqat Osiyo mamlakatlari, ayni zamonda “Buyuk ipak yo‘li” orqali Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo munosabatlari olib borganlar. Ayniqsa Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Totoriston, Fransiya, Ispaniya va boshqa davlatlar bilan savlo-sotiq ishlari kuchaygan. Xitoydan asosan, ipak, shoyi matolari, xususan, parcha va atlaslar, chinni, la’li, gavhar va mushk, Hindistondan sifatli choylar, nafis oq rangli matolar, nil bo‘yoqlar, xushbo‘y ziravorlar, Erondan marvarid va durlar, Rossiya va Totoristondan har xil mo‘ynalar, teri va mum keltirilgan. Samarqand bozorlarida Fransiya gazmollari, movutlari va cherkas pichoqlari mashhur edi.
Temuriy hukmdorlarning elchilik va savdo karvonlari Osiyo va Yevropaning juda ko‘plab mamlakatlariga borganlar. O‘z navbatida, chet mamlakatlarning elchilik savdo karvonlari Markaziy Osiyoning turli shaharlarida bo‘lganlar. Masalan, 1420 – yilda Shohruh va Ulug‘bek 530 kishidan iborat elchilik karvonini Xitoyga jo‘natadi. Shohruh elchilariga Shodihoji va Amir Ko‘kcha, Ulug‘bek elchilariga esa Sultonshoh bilan Muhammad Baxs boshchilik qiladilar.
Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha viloyat va tumanlarda hokimiyat yoki ulus hukumdorlari tomonidan tayinlangan mansabdor darg‘alar qo‘lida bo‘lgan. Markaziy hukumdorlar asosan uch davlat muassasasi ya’ni “Devon” boshqargan. Devoni Oliy (oliy ijroiya organi), devoni mol (moliya ishlari boshqarmasi) va devoni tovachi (harbiy ishlar boshqarmasi) idora qilgan. Din va shariat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, shuningdek sud ishlari va shayxul islom qo‘lida bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temurning soliqlar haqidagi “Tuzuklari” juda muhimdir. Temur o‘zining tuzuklarida yozadi: “Amir qildimki, raiyatdan mol – xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasini kambag‘allashuviga olib keladi. Hazinaning kamayib qolishi esa, sipohning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi. Sipohning tarqoqligi, o‘z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”1 deydi.
Mamlakat obodonchiligini yuksaltirish, aholining iqtisodiy turmush tarzini yaxshilash va mol – ko‘lchilikni ta’minlashga muttasil urushlardan boshi chiqmagan Sohibqiron qanday qilib erishdi, degan qonuniy savol tug‘ilishi tabiiydir, albatta. Bunga ulug‘ Amir pirlari Zayniddin Abubakr Toybodiy o‘qtirgan saltanat ishlaridagi to‘rt narsaga 1.Kengash; 2.Mashvaratu maslahat; 3.Mustahkam qaror, tadbirkorlik va xushyorlik; 4.Ehtiyotkorlikka amal qilganligi tufayli erishgan. Buni biz Amir Temurning “Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirdim”, deb aytgan ibratomuz so‘zlaridan ham bilsak bo‘ladi. Rus olimi D. Logofet Temur davridagi tuzumga quyidagicha baho beradi: “ Yevropada Konstitutsiya haqida tushunchaga ham ega bo‘lishmagan bir davrda ana shu Temur davlatida Konstitutsion qonunlar majmuasi – Tuzuk mavjud bo‘lgan va amal qilgan ”. Davlatni boshqarish va idora qilish, barcha sohada adolat,insof, diyonat va imon amriga quloq solib maslahat, mashvarat kengash asosida ish yuritishda ulug‘ bobokalonimizdan o‘rgansak va ibrat olsak nur ustiga a’lo nur bo‘lur zdi.
Mirzo Ulug‘bek 1428 – yilda muomaladagi fulusiy tanga chaqa pullar islohotini amalga oshiradi. U shu davrgacha muomalada bo‘lgan barcha yengil chaqa pullarni man etadi va bir vaqtning o‘zida Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya, Andijon shaharlarida bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettirib, muomalaga kiritadi. Bu pullar qisqa muddatda eski chaqalar o‘rniga almashtiriladi. Ulug‘bek keyinchalik mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida faqat Buxorodagi tanga zarbxonasini saqlab qolgan holda boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham beradi. Fuqarolar o‘rtasida Ulug‘bekning “ fulusli adliya ” ya’ni “ adolatli chaqa ” nomi bilan shuhrat topgan bu yangi mis tangalari Movarounnahrda savdo – sotiq muomalasini tartibga solishga ijobiy o‘ringa ega bo‘ladi.
Amir Temur davlati o‘z davrida Yevropa va Osiyodagi eng yirik, mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. Temur vafotidan so‘ng ham XVΙ asr boshiga qadar uning avlodlari mamlakatga hukmronlik qiladilar. Temuriylar davrida markaziy davlat ikkiga – Movarounnahr va Xurosonga ajratilib idora etildi.
Samarqand va Hirot bu ikki davlatning markazi bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa, Temuriylardan uzoq vaqt hukmronlik qilgan Shohruh, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida madaniyat gullab yashnadi. Musulmon Sharqi, ayniqsa Markaziy Osiyoning madaniyati tarixida Temur va Temuriylar hukmronlik davri XΙV asrning ikkinchi yarmidan XVΙ asrning boshlarigacha bo‘lgan davr so‘nggi umumiy tarixiy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan yorqin, sermazmun, samarali davr hisoblanadi.
Bu davrda o‘zbek tili adabiy til sifatida uzil kesil shakllandi va O‘rta Osiyoning so‘nggi madaniy rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Bu yuksalish birinchi navbatda Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning o‘g‘illari, nabira va boshqa avlodlari u boshlab bergan ijtimoiy – madaniy hayotdagi yo‘nalishlarni davom ettirishga, Temuriylar saltanatining an’analarini saqlab qolishga harakat qildilar.
Markaziy Osiyodagi ΙX – XΙΙ asrlardagi ilm – fan, madaniyatning gurkirab yashnashi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida ilk uyg‘onish davrini tashkil etgan bo‘lsa, XΙV asr oxiri XV asr mo‘g‘ul mustamlakachiligidan qutulib, mustaqil davlatning shakllanishi va rivoji asosida madaniyatda yana ko‘tarilish va keskin rivoj ro‘y berdi. Bu davrni madaniyatdagi keskin ravishda bo‘linib qolgan uyg‘onish davrining yakuni – so‘ngi uyg‘onish davri deb atash mumkin. XV asrning temuriylar saltanatini Shoxruh idora qila boshlagan 20-30 yillariga kelib, shahar qurilishiga oid keng ko‘lamdagi ishlar uning poytaxti Hirotda olib borildi. Shaharning yuqori ko‘tarilgan qismi yangi devor va handaqlar bilan o‘rab olindi. Hirot hisori to‘rtburchak shaklda bo‘lib, ikkita markaziy shohko‘cha shahar markazida kesishgan, shaharning ular xosil qilgan to‘rtta qismida esa qurilish erkin rejalashtirgan. Hisor tevaragida rabotlar joylashgan, keng – mo‘l xiyobon bo‘ylab asozodalar uchun qarorgohlar, diniy – me’moriy majmualar quritgan, bog‘ rog‘lar, uzumzorlar barpo qilingan.
XV asrda esa mahallalar bog‘lar ichida ko‘milib ketgan. Asosiy ko‘chalar gumbazlar panasida qolgan yoki ustiga chodir – soyabon tortilgan do‘konlaru
ustaxonalarning uzluksiz qatorlaridan bilinib turadi. Ana shu umumiy manzarada poytaxt shaharning asosiy me’moriy inshootlari – biridan ulug‘vor masjid, minora, madrasa va maqbaralar yaqqol ko‘rinadi. Yiroq – yiroqlarda esa qal’aning qudratli devorlari ko‘zga tashlanadi.
Bu davrda arab tili din va qisman fan tili bo‘lib qolsada, asosan ilm va badiiy adabiyot – san’at tili sifatida turkiy va forsiy tillarning mavqei kuchayib, asosiy o‘ringa chiqdi.
Davlat ishlari ham shu tillarda olib borildi. Temur va Temuriylar davri deyarli bir yarim asr Osiyo, ayniqsa, Markaziy Osiyo tarixida nihoyatda ko‘p serqirra, rang barang, madaniy manaviy boyliklarni yaratgani, xalq talantlari uchun imkoniyat yarata olganligi, turkiy xalqlar madaniyati tarixida tamoman yangi uzoq asrlarga ozuqa bergan qatlamlar, yangi sahifalar vujudga keltirgani bilan mashhurdir.
Temur mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirishga harakat qildi. U ishg‘ol qilgan xorijiy mamlakatlardagi ilm ahlini o‘z panohiga oldi. Movarounnahr va Xuroson shaharlari – obodonchiligi uchun jon kuydirdi. Rus olimi A.Y.Yakubovskiy Temurning bu sohadagi ishlari haqida yozgan edi: “U yaxshi hisob kitoblik xo‘jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli tuman boyliklarni balki hunarmand, musavvir, me’mor va olimlarni ham olib keldi. To‘g‘ri Movarounnahrning o‘zi mutaxassisi va olimlarga boy edi. Lekin fan va madaniyat arboblari, hunarmandlar qancha ko‘p bo‘lsa, hunarmandchilik, madaniyat ilm fan ham shuncha tez rivojlanadi”. Shunday qilib XΙV asrning oxiriga kelib Samarqand Sharqning eng go‘zal, obod shaharlaridan biriga aylandi. Bu yerda ulkan binolar, keng hiyobonlar qurishga katta e’tibor berildi. XV asr boshida Movarounnahrga kelgan ispan sayyohi Rui Ganzales de Klavixoning ma’lumotiga qaraganda, Samarqandning boyligi faqat oziq – ovqat mo‘lligi bilan emas balki shoyi matolari, atlasi, mo‘ynadan qilingan kiyimlari, turli mamlakatlardan keltirilgan son – sanoqsiz mollari, bozor va maydonlari, ko‘chalarining keng va ko‘rkamligi bilan ko‘zga tashlanadi.
Xullas, bu davr madaniyatining yutuqlari xalqimizning keyingi
madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi.



Yüklə 32,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə