40
qorin tipida, ya'ni asosan diofragma hisobiga bo`ladi. Ko`krakning yuqori qismlari
harakati juda kam bo`ladi. Bola 2 yoshdan tik yura boshlashi bilan ko`krak qafasi
vertikal holatda ko`proq bo`lib, bolada ko`krak tipidagi nafas olish taraqqiy eta
boshlaydi. Bolaning 3 yoshidan boshlab ko`krak tipidagi
nafas olish yaqqolroq
vujudga kela boshlaydi. Bolalarda nafas olish kattalarga nisbatan tez va yuzaki
bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan o`pkaning havo sig`imi ortib boradi. Bolaning
nafas olishi tez bo`lgani uchun o`pkaning ventilyatsiyasi yuqori bo`ladi.
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo`lgan talabi juda yuqoridir,
chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi.
M-n: 1 kg. bola organizmi kislorod bilan normal ta'minlanishi uchun, o`pkasidan 1
minutda 1400-1500 sm
3
havo o`tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining
kislorodga bo`lgan extiyojini qondirish uchun esa 300-400sm
3
havo o`tishi kerak.
Bolalarning tinch holatida va ayniqsa muskul ishida kattalarga
nisbatan tez-tez nafas
oladi. Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq bilan, ayniqsa qayiqda
suzish, voleybol, engil atletika, suzish sporti bilan shug`ullansa, o`pkaning
tiriklik
sig`imi ortadi. Bunga asosiy sabab, jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni
kislorodga bo`lgan extiyoji ortadi, natijada o`pkaning nafasda ishtirok etadigan
yuzasi ham asta-sekin kattalashib boradi. Shu bilan birga
tomirlardan vaqt birligi
ichida o`pkaga oqib keladigan qon miqdori ham ko`payib boradi, bu esa bolalarda
gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi.
O`pka maxsus parda yoki plevra bilan qoplangan bo`ladi. Plevraning bir
varag`i ko`krak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi
varag`i o`pkani o`rab turadi va bu varaqlar o`pka oldi yonida
bir-biri bilan bilinmay
qo`shilib ketadi. Yopiq turadigan varaqlar orasida tirqishsimon bo`shliq plevra
bo`shlig`i bo`ladi, unda bir oz miqdorda suyuklik bo`ladi, shu suyuqlik
varaqlarni namlab turadi va bir -biriga ishqalanishga yo`l qo`ymaydi.
Dostları ilə paylaş: