Ancient Rome: Stunningly Preserved Bronze Statues Found In Toledo



Yüklə 255,86 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.02.2023
ölçüsü255,86 Kb.
#99943
bklj



YOU MAY LIKE
Ancient Rome: Stunningly Preserved Bronze Statues Found In Toledo
Brainberries
10 Reasons Why Selena Gomez Has Billions Of Fans
Herbeauty
Some Of The Most Well-kept Secret Weddings In Hollywood
Herbeauty
Diniy e’tiqod va shaxsning individual -psixologik xususiyatlari
1. Diniy e`tiqod va dindor shaxsi. Diniy e’tiqod va shaxsning o’ziga xos xususiyatlariga ta’siri
va shakllanishidagi ahamiyati.
2. Diniy e’tiqod va shaxsning mijozi (temperament).
3. Diniy e’tiqod va fe’l-atvor (xarakter).
4. Diniy e’tiqod va faoliyat. Nutq va faoliyat birligi.
Diniy ong quyidagi darajalarda mavjud bo’ladi: ideologik (mafko`raviy) ilohiyot, diniy falsafa,
etika (odob-axloq) va ibodatxona ijtimoiy doktrinasi (ta’limoti) va ijtimoiy-psixologik dindorlar
massasi real faoliyatdagi ongi, ularning diniy tasavvurlari, kechinmalari, ruhiyati va o’zini
tutishi stereotiplari. Diniy ong ijtimoiy-psixologik darajasini o’rganish, insonlar ma’naviy
hayotida ro’y beradigan real o’zgarishlarni tushunish uchun o’ta muhim.
Ilmiy bilimlarni qadrlash bizning zamonamizga xos bo’lib, u psixologiya sohasiga ham to’xtalib
o’tdi. Yana bir toifa olimlarning fikricha “Birinchi navbatda din psixologiyasi dindor, e’tiqodli
kishining psixologik xususiyatlarini e’tiqodsiz bo’lgan kishilardan hamda, ularning xulq va
yashash tarzlariga ergashayotganlarning o’zaro farq qiladigan tomonlarini o’rganish bilan
boshlaydi. Diniy ongning ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini tan olgan holda dinga bog’liq
bo’lmagan axloq ham mavjudligini tan olish kerak. Vaholanki, axloq xudoning borligiga
ishonish to’yg’usi boshlanishidan ancha oldinroq paydo bo’lgan. Din faqatgina axloqning
mavjud ijtimoiy to`zum negizida yetilgan qoidalarini muqaddaslashtirsa ham, aslida o’ziga xos
diniy axloqni yaratadi.
Bundan din ijtimoiy hayotning turli davrlarida insoniyat yaratgan axloqning ijobiy g’oyalari va
qoidalarini o’ziga singdirib, o’zlashtirib olib, uni sof diniy axloq deb e’lon qilganligi haqidagi
xulosa kelib chiqmaydi, deyish xatodir. Din turli tarixiy davrlarda muayyan ijtimoiy-iqtisodiy
bosqichda aloqning’ hukmron bo’lgan yksak timsollarini saralab, uni afkor ommaga
tushunadigan darajada shakllantirishini ham unutmaslik kerak. Shu tarzda, ikkinchi tomondan,
quldorlikka asoslangan jamiyatda hukmron tabaqa xuddi shu axloq dinini targ’ib qiladi. Turli
dinlarning muqaddas kitoblarini o’qiganimizda, ularda din tomonidan muqaddaslashtirilgan
quldorlik axloqi qoidalarining qanday bayon qilinganini ham ko’ramiz. Quldorlik to`zumi o’rniga
kelgan feodal jamiyatida esa feodal axloqi turli dinlarda diniy axloq sifatida o’z ifodasini topdi.
. Haqiqat shuni ta’kidlashni talab qiladiki, feodal axloqidan dunyoda eng ko’p tarqalgan dinlar
tomonidan eng mukammal dunyoqarash sifatida ham foydalanildi, o’rganildi va o’zlashtirildi.
Bu feodalizmda diniy dunyo qarashning tanho hukmronligi bilan xarakterlandi, shuning uchun
ham o’rta asrlarda har qanday ilmiy qonun diniy axloq nuqtai nazaridan qabul qilingan edi.
Diniy ongning axloqiy qadriyatlarni o’zlashtirishga islomning. Arabiston yarim oroli
hududlaridan tashqariga yoyilishi voqyealarini misol qilib keltirish mumkin. Bu jarayonda
musulmon ilohiyotchilari islom axloq
qonunlari majmuini mazko`r dinga e’tiqod kelajak boshqa xalqlar ham qabul qilishi uchun uni


kengaytirishiga va qayta ishlashiga to’g’ri keldi. Shu sababdan ham Sunna va uning ko’p sonli
hadislarida axloqiy masallar talqini asosiy o’rin to`tgan yangi izohlar va manbalar, pand-
nasihatlar, o’gitlar va sharhlar paydo bo’ldi. Bu o’rinda musulmon ilohiyotchilari tomonndan
axloqiy-etikaviy qonunlar majmui sifatida tasdiqlangan «As-Sahih», «Al-adab va al-mufrad»
«Hikmat» va «Chahor kitob» va boshqa kitoblarni sanab o’tish yetarlidir.
Yagona Ollohga e’tiqod qilishni Qur’oni Karim inson tabiatining asosiy sifati deb biladi. Bu
asliyat, ya’ni originallikni mehr-muhabbat to`yg’ulariga singib borishida, ota-ona va keksalarga
bo’lgan cheksiz ehtiromda ham ko’rish mumkin. «Niso» va «An’om» suralarining oyatlari
(36—37 va 157)da shunday yoziladi: «Ollohga bandalik qilinglar va Unga hyech narsani sherik
qilmanglar! Ota-onangizga... yaxshilik qilingiz!» yoki «... U zotga biron narsani sherik qilmangiz;
ota-onaga yaxshilik qilingiz!..». Bu borada xususan «Al-Isro» surasining 23—24-oyatlari ham
o’rinlidir: «Parvardigoringiz, yolg’iz Uning O`ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga
yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularaing (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi soning
qo’l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so’zlarini)
qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt!.. «Ular uchun, mehribonlik bilan, xo`rlik qanoatini
past tut — xokisor bo’l va; — «Parvardigorim, meni (ular) go’daqlik chog’imdan tarbiyalab
o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)».
«Sharq Yo`ldo`zi» majallasidagi Qur’on tarjimasi muallifinint bu oyatlarga bergan quyidagi
izohi diqqatga sazovordir: «Ushbu ikki oyatda ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabat
xususida so’z boradi. Avvalo, islom barcha mo’min-musulmon farzandlar uchun ota-onaga
yaxshilikni yolg’iz Olloh taollogo ibodatdan keyin ikkinchi vazifa qilib qo’yadi. Bu ta’limotga
binoan, ota-ona mo’minmi, kofirmi, baribir farzand, ularga nisbatan hurmat saqlashi, so’zlarini
qaytarmaslik va haqlariga yaxshi duolar qilish vojibdir. Lekin bu oyatda zarur bir nuqta borki,
biz undan g’ofil bo’lmasligimiz lozim. Ota-onalik huquqini qozonish uchun bola tug’ishning o’zi
kifoya qilmay, balki ularga ta’lim-tarbiya berish ham muhim shartlardan ekan»1).
| Ota-onaga bo’lgan muhabbat e’tiqodga zid bo’lmasligiga bag’ishlangan hadislar ham oz
emas. «Ota-onalarining har ikkisi yoki birini keksa holda topsada, ularni rozi qilib, jannatiy
bo’lib olmagan farzand xo`r bo’lsin, xo`r bo’lsin va yana xo`r bo’lsin», «Ota-onasini qarg’aganni
tangri qarg’aydi».
Islom ma’hadi mudiri shayx Zohidjon Abdulqodir o’zining «Islomning insonlar hayotidagi
ahamiyati» maqolasida keltirgan hadis ham diqqatga sazovordir. «Bir kishi kelib
payg’ambardan meni yaxshi muomalada bo’lib hurmat qilishimga loyiq inson kimdur? deb
so’raganda, onangdur, deb javob berganda, u kishi undan keyin husni muomala qilishga kim
haqliroq? — deb so’raganida yana onang deb, shu tariqa uch bora takror so’raganda ham
«onang» deb javob berib va to’rtinchi bor so’raganida «otang» deb javob bo’lgan.
Islom musulmonlarni o’zaro ittifoq, birdam, yaxshi muomalada bo’lib, bir-birovlariga aziyat
yetkazmaslikka da’vat qiladi. «Komil musulmon shunday odamki, islom arkonlarini to’la
bajarib na tilidan va na qo’lidan musulmonlarga izo bermaydi).
Xullas, islomning ilohiy ta’limoti jamiyatdaga odamlarga yaxshi amallarni buyurib, yomon
amaldan qaytarib, yaxshilik, tinchlik, do’stlik, ittifoqlik, hurmat va ehtiromga undaydi.
Islom axloqi munosabatlarda mavjud bo’lgan takkabburluk, kibr qabilarga zid bo’lgan
kamtarlik, kamsuqumlik va mo’minlik, yuvoshlik, beozorlikni talab qiladi. «Ol-i Imron»
surasidagi 134-oyat bunga dalildir. «(U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson
qiladigan, g’azablarini ichlariga yo`tadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan
kishilardir, Olloq bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi». Ammo «Olloh zolim kimsalarni
sevmaydi».
«Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki
(hyech bo’lmasa) o’sha iborani qaytaringlar, Albatta Olloh hamma narsani hisobga oluvchi
bo’lgan zotdir». (4 : 86). Tarixdan ma’lumki, har qanday din, shu jumladan islom ham o’z


hayotining boshlang’ich davrida xalq o’rtasida mustahkamlanib olish uchun shu dinga e’tisod
qi-luvchi odamlar orasida foydali tartib va hatti-harakatlarnii muqaddaslashtiradi. Shu sababli
dinga e’tiqod qiluvchi xalqlarning bir necha avlodlari hayoti davomida mustahkamlangan rasm
-rusmlar va udumlarga zid bo’lgan barcha axloqiy tartiblar ular tomonidan qabul qilinmagan.
Aks holda xalq o’rtasida tayanch topolmay, uning ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb
etolmas va xalq tomonidan ijtimoiy ong shakli sifatida o’zlashtirib olinmas edi.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali bo’lgan axloqiy tartib-qoidalar,
garchi diniy aqida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir. Qur’onning yaratilishi
inson hayoti qadr-qimmatining o’sishiga asosiy zamin bo’ldi, muqaddas diniy qoidalar sifatida,
o’z joniga qasd qilish va o’z bolasini o’ldirishni ta’qiqlash ijobiy hodisa edi. Boshqacha
aytganda, Qur’onda odamlar hayotidagi yangicha iqtisodiy munosabatlarga asoslangan
axloqiy va huquqiy tartib-qoidalar, muayyan intilishlar o’z ifodasini topdi va mustahkamlandi.
Biroq jamiyatdagi munosabatlarning yangi tartibini mustahkamlovchi bu aqidalar faqatgina
dinning mohiyatini ifodalaydi, deb hisoblamaslik kerak. Ularning mazmuni umuminsoniy bo’lib,
bashariyat va insoniyat jamiyatining yashovchanligi qanchalik doimiy bo’lsa shunchalik abadiy
bo’ladigan, hatto barcha dinlar keyin ham mavjud bo’ladigan umuminsoniy axloqning adabiy
yo’l-yo’riqlari sifatida mavjuddir. Bo`lar oddiy axloqiy tartib-qoidalar bo’lib. ularsiz bashariyat —
keng mavjudligini tasavvur qilish qiyin. Ular yo’qolsa, insoniyat jamiyati ham yo’qoladi,
odamzod ham o’z insoniyligini yo’qotadi.
Islom mafko`rachilarining fikriga ko’ra, axloq o’z mohiyati jihatidan sof diniy tushunchadir,
shunday ekan, dindan ajratilgan hyech qanday axloqning bo’lishi mumkin emas. Axloq abadiy,
demak din ham abadiydir. Agar din yo’qolsa, axloq ham yo’qoladi, bashariyat ham yashashdan
to’xtaydi.
Bunday nuqtai nazarni tushunish qiyin. Ilm-fan axloqqqa tarixiy hodisa sifatida qaraydi. Chunki
axloqiy tartib-qoidalar minglab yillar davomida insoniyat jamiyatining rivojlanishi, insoniy
munosabatlarning taraqqiyoti jarayonida yaratildi. Shu bilan birga jamiyat taraqqiyotining
muayyan bosqichida tarixiy hodisa sifatida paydo bo’lgan din jamiyatda yuzaga kelgan axloqiy
tartib-qoidalarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Axloqiy tartib-qoida va xatti-harakatlarning shakllanishi, rivojlanishiga dinning ta’siri va
munosabati masalasi hozirgi vaqtda ham dindorlar o’rtasida katta qiziqish uyg’otmoqda.
Dindorlar musulmon aidalarining bir qancha jihatlari va koidalari ijobiy ahamiyatga ega,
jumladan, musulmon dinida qabul qilingan axloq tartib-qoidalariga amal qilish foydalidir, deb
hisoblaydilar. Ulardan «Ijobiy tomonlari ko’p bo’lgan Qur’on nima uchun hammaga bir xil
dastur hisoblanmaydi?» degan savolni tez-tez eshitish mumkin.
Bir jihatdan qaraganda bu savol to’la asosli to`yo`ladi. Axir Qur’onda e’lon qilingan «tug’ri so’z
bo’lish», «o’z ota-onalari va kattalarni hurmat qilish», «bolalar va keksalar haqida g’amho’rlik
qilish» va boshqa shu qabi tartib qoidalar hamma davrlarda axloqiy qiymatga ega bo’lgan,
shuning uchun bu qoidalarning asosliligini inkor qilgan jamiyatlar o’z hayotining ichki
tayanchlarini yo’qotgan va tanazzulga duchor bo’lgan. Bo`larning hammasi to’g’ri. Shunga
qaramasdan, Qur’on yoki boshqa bir dinning muqaddas kitobini in-soniyat uchun yagona
dasturilamal deb hisoblash mumkin-mi?
Gap shundaki, turli xil dinlarning muqaddas kitoblaridagi umuminsoniy axloqiy—qoidalar
birmuncha mutlaq tusga ega bo’lib, ma’naviyatning ijobiy saboqlari va axloqiy o’gitlari bu
qoidalar bilan faqat tashqi tomondan o’xshashdir.
Masalan, miloddan avvalgi IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan «Avesto» (asli «Ovasto») diniy
mazmunda bo’lishiga qaramay, axloqiy (shu bilan bir qatorda falsafiy, siyosiy, hayotiy,
masalalarni ham) o’git va tartib-qoidalarni bajo keltirishni insonning muqaddas burchi deb
e’lon qiladi. Biroq zardushtiylikda axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan obrazlar shaklida
bayon qilinadi. Ko’pincha yovo`z ruhlar — dev, jin, iblis va boshqalar gunohlar, adashishlar,
illatlar va hokazolarning obrazli shaklda berilishi, professor I. Jumaboyevning fikricha: «Hayot


haqidagi kishilar tasavvurini butun koinotga ko’chirish bilan aloqador bo’lib, kuchlar muttasil
ravishda qutblarga ajralib turadi, ya’ni ezgulik tangrilari va ruhlar yovo`zlik tangrilari va ruhlar
bilan ziddiyatli munosabatda bo’ladi»).
Axir, muqaddas kitoblarda odamlarning real hayotini va insoniyat jamiyatini bir tomonlama
aks ettirish, axloqning umuminsoniy tartib-qoidalarini faqat dinga bog’lash, hatto yksak
axloqiy qoidalar va pand-nasihatlar hukmron sinf manfaatlariga xizmat qilishiga moslash ham
bor-ku! Bunday axloqda insonparvarlik tushunchasining doirasi ancha cheklangan. Shuning
uchun ham «axloqiy qadriyat»larni jamiyatimizdagi kishilar ongiga singdirish jarayonida biroz
o’ylab ish tutishimiz zarur emasmikan?
Turli xil ta’limotlarda odamlar fe’l-atvori va ongida mustaqkamlangan axloq qoidalari o’z
ifodasini topgan. Shubhasiz, bo`lar bo’lmaganida hukmron sinflar va ruhoniylarnipg keng xalq
ommasiga dinni qabul qildirishi va unga ergashtirish yo’lidagi harakatlari nihoyatda qiyin
kechar edi. Biroq bu qoidalarni o’zlashtirgan har qanday din, uni o’z manfaati uchun
o’zgartiradi va moslashtiradi. Eng asosiysi, ularni turmush sharoitidan vujudga kelgan emas,
balki yuqoridan tushgan va ilohiy (vahiy) deb e’lon qilib, ularning asl kelib chiqishini inkor qiladi.
Shu bilan birgalikda din arboblari odob-axloq qoidalarini hukmron sinf manfaatlariga
bo’ysundirib va jamiyatdagi ziddiyatlarni bartaraf etish uchun odob-axloq qoidalarini abadiy va
tarixiylikdan tashqari deb e’lon qildilar. Ishlab chiqarishning ibtidoiy jamoa usuli va to`zumi
bosqichida, hali ezuvchilar va ezuvchilik bo’lmagan davrda odob-axloqning oddiy tartib-
qoidalari o’z mazmuniga ko’ra sodda va oddiy bo’lsa hamki, umuminsoniy xarakterga ega.
Ishlab chiqarish vositalari va qurollariga xususiy mulkchilik munosabatlarining yuzaga kelishi
bilan esa ibtidoiy jamiyat sinfsiz bo’lishdan to’xtaydi, uning ichida hoqim va tobe sinflar
shakllana boradi va ibtidoiy jamoa munosabatlarida shakllangan umuminsoniy axloq tartib-
qoidalarida ajralish jarayoni boshlanadi. Jamiyatda hukmronlik qiluvchi axloqning ko’pgina
namunalari umuminsoniy xususiyatlarini yo’qotadi va alohida guruhlargagina xizmat etadi.
Biroq, antogonistik jamiyatda axloqning sinfiy xarakterdaligi, unda jamiyatning hamma a’zolari
uchun majburiy tarzdagi umuminsoniy tartib-qoidalari bo’lmagan, degan ma’no kelib
chiqmaydi. Barcha xalqlar hayotida, ularnint dinidan yoki hyech qanday dinga e’tiqod
qilmasligidan qat’iy nazar, axloqqa zid hatti-harakatlar ta’qiqlangan. Demak, axloqiy
muomalalar mazmuni jamiyatning ijtimoiy mazmuni bilan chambarchas bog’langanligiga
qaramay, har kungi axloq chegarasi yengillashuvini ham unutmaslik kerak. Masalan,
salomlashuv va xayrlashuv, to’y-ma’rakalardagi izzat-hurmat odobi, dafn marosimida
qayg’uga sherik bo’lish, hamdardlik qabilar qariyb hamma xalqlar uchun barobardir.
Jamiyatda qabul qilingan oddiy insoniy axloq odamlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga
solib boruvchi qoidalarning ular ongidagi ifodasidir, shu bilan birga bunday tartib-qoidalar
minglab yillar va asrlar davomida muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda shakllandi. Turli xil
sinflar tomonidan axloq qoidalari sifatida tan olindi. Biroq, hukmron sinflar mehnatkash xalq
ommasi ustidan iqtisodiy jihatdan hukmronlik qilish bilan cheklanmasdan, ularga o’z mafkura
va axloqiy qarashlarini ham o’tqazishga, ularni nafaqat iqtisodiy tomondan, balki ma’naviy
tomondan ham bo’ysundirishga intildilar. Hukmron sinf bu maqsadlarga erishish uchun
mehnatkashlar ongiga o’z manfaatlariga javob beradigan axloq tartib va qoidalarini
singdirishga urindilar. Bu axloqiy, qoidalar hukmron sinf tomonidan quyi tabaqalarga
majburan qabul qildirilgan bo’lsada, ular mehnatkashlarning o’ziga ham mutlaqo begona yoki
nomuvofiq bo’lgan emas. Chunki quyi tabaqalar ham dinning umuminsoniy axloq-qoidalaridan
foydalanganlar. 1917 yildan oldin boy ham, hunarmand ham, dehqon ham, din peshvolari ham
bir, yagona islom ummati sifatida jips yashar edi. Ollox oldida boy ham, kambag’al ham, mulla
-mudarris ham barobar edi. Agar dehqon uyida quvonchli hodisa yoki musibat, faloqat ro’y
bersa, u holda uning uyiga nafaqat dehqonlar, balki boy ham, mulla ham tabrik yoxud
hamdardlik izhor etib kelar edi. Aksincha oddiy kambag’al dehqon ham ularning to’y-
ma’rakalari va musibatida qatnashardi. Bunday tenglik, ikkinchi tomondan tengsizlikning
niqobi ham bo’lib kelgan. Kerak bo’lganda umuminsoniy, har kungi axloq — odobdan
(boylarning foydasiga, albatta) mehnatkash ommaning fikrini o`zoqlashtirishga erishganlar.


Shu tarzda diniy axloq hukmron, ezuvchi sinf o’zi uchun o’rnatgan axloq tartiblariga xizmat
qilgan. Natijada ezuvchi sinf manfaatlariga xizmat qilishda qatnashgan oddiy umuminsoniy
odob-axloq qoidalari noto’g’ri talqin qilinadi. Bu tartib va qoidalar hukmron sinflar tomonidan
«hamma uchun» axloq qoidalari sifatida taqdim qilingan diniy axloq majmui tarkibiga kirganda,
ba’zan o’zining haqiqiy umuminsoniy qiyofasini yo’qotadi. Bunday diniy axloq tartib-qoidalari,
odatda, juda ham umumiy tarzda, mavhum sifat kasb etadi va ularni turlicha izohlashga yo’l
qo’yiladi.
Masalan, Qur’onda yozilgan «Adolatsizlik va nojo’ya harakatlar qilma» degan ko’rsatma faqat
umimiy tarzda bo’lib, ba’zi sinflarga safsata uchun imkoniyat ochib berishi mumkin. Shunga
o’xshash mavhum, umumiy, shartli ifodalar bilan islom axloqqa umuminsoniy tus ham berishi
mumkin.
Natijada, dinning zamonaviy tarafdorlari uni umuminsoniy axloqning yagona va asosiy davom
ettiruvchisi deb tushunadilar.
Islom axloqida yana bir jiddiy masalani ko’rish mumkin. Bu rasmiy axloq tomonidan axloqiy
qonun darajasiga ko’tarilgan munosabatlarning o’zaro mos kelmasligidir. Chunonchi, boshqa
dinlar kabi islom ham odamlarning Olloh oldida ojizligini e’tirof etadi.
Inson hayoti va faoliyatini hamda islomdagi barcha hadislarni Ollohga bog’lovchi tasavvur,
tushuncha, ya’ni taqdir yoki qismat islom tarixida o’ziga xos o’rin olgan. Shuning uchun bu
masalaga dahriylarning munosabatini ochib o’tirmay, islom ilohiyotchilarining taqdir haqidagi
nuqtai nazarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Birinchidan, taqdir, qismat islomda rasman e’tirof
etilgan aqidalardan biri. Ikkinchidan, islomda taqdir masalasida tortishuvlar mavjud. Masalan,
jabariylar (arab-jabr majbur qilish) inson taqdirini Ollohning o’zi azaldan belgilab qo’ygan;
odamlar faqat Olloh xohlaganini xohlaydilar, peshanaga yozilganini ko`radnlar, ularning
o’zlarida hyech qanday iroda va faoliyat bo’lishi mumkin emas, degan ta’limotni asoslaganlar.
Islomda bunday ta’limot kelib chiqishining sabablaridan biri: taqdir tushunchasi jihod urushlari
uchun, Muhammadning nabiyligi hamda xalifalarning payg’ambarga haqiqiy o’rinbosar
ekanligini qonuniylashtirish uchun xizmat qilar edi. Keyinchalik esa taqdirga ishonish
(fatalizm)ga xos ziddiyatlarni qodiriylar" (arab.—taqdir) o’zlarining ta’limotlarida izhor etib
insonda iroda erkinligi mavjud bo’lganligini yoqladilar va jabariylarga qarshi ko`rash
boshladilar. Ularning fikricha, odillik Olloxning asosiy sifatlaridan biri, binobarin, inson
taqdirida faqat adolatli ishlar yozilgan. Ammo, Olloh gunohni oldindan belgilamaydi; gunoh
faqatgina inson irodasi va erkinlingining natijasi, shuning uchun u gunoh qiladi, degan fikrni
ilgari suradilar. Keyinchalik bu ta’limot mo’taziliylar tarixida izchil tarzda davom ettirildi.
Bunday tortishuvlarni islom tarixida ilohiyotning ilk shakllaridan biri — kalom (arab. — so’z,
nutq) tarafdorlari, ya’ni mutakallimlar yumshatishga harakat qilganlar.

Yüklə 255,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə