Andijon davlat pedagogika instituti


Boshlang`ich sinflarda hikoyani tahlil qilishning metodik shartlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/9
tarix13.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#110120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ghfghhgfgfh

1.2. Boshlang`ich sinflarda hikoyani tahlil qilishning metodik shartlari .Bu shartlarsiz biz o`z maqsadimizga aslo erisha olmaymiz.Shu sababdan biz bu qism qo`shishni xoladik.Zamonaviy maktab oldiga qo`yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o`quvchilar umumiy rivojlanishining o`sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o`qish mazmuni va o`qitish metodlariga o`zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog`liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o`qilgan matn yuzasidan o`z fikrini bayon qilish ko`nikmasini o`stiradigan mashqlar ko`paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo`ldi, asar g`oyasi va obrazlarini tushuntirishda o`quvchilaming mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta `limda texnika vositalaridan va ilg`or pedagogik texnologiya usullaridan ko`proq foydalanila boshlandi va hokazo. XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko`nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o`qish malakasiga qo`yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asming 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o`qish kitoblari yaratildi. Mustaqillik tufayli ta `lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang`ich ta `limning ham “Davlat ta `lim standart”i yaratildi, o`quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta `lim standartlari va o`quv dasturlari qayta ko`rib chiqildi, “O`qish kitobi” darsliklari ham yangilandi. O`zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzayeva,M. S. Vasileva, V. G. Goreskiy, К. T. Golenkina, L. A. Gorbushina,M. I.Omorokova, E. A.Nikitina, N. S. Rojdestvenskiy, o`zbek olimlaridan A. Zunnunov, K. Qosimova, Q. Abdullayeva, S.Matchonov, M.Yusupov, M.Umarova, X. G `ulomova kabilar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o`qish metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
2 Alain Rey et al., Dictionnaire historique de la langue française, new ed. (Robert, 1995), vol. 1, p. 617.
Eng muhim joylari shu bo`lsa kerak.
Boshlang`ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to`g`ri, tez, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o`qish malakalarini takomillashtirish topshirig`i ham hisoblanadi).
2. Asarning g`oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig`i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o`quvchilaming shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog`lanishli nutqining o`sishi (lug`atining boyishi va faollashishi) ni ta `minlaydi.
3. O`quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o`qishga o`quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo`lgan muhim omillardan biri uning o`quvchilarga hissiy ta`siridir. O`quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish o`quvchida fikr qo`zg`atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to`g`ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go`zalligi ham alohida qayd qilib o`tiladi. O`qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o`qishni to`g`ri uyushtirish uchun o`qituvchi badiiy asarning o`ziga xos xususiyatlarini, ta `limning turli bosqichlarida o`qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o`quvchilaming matnni idrok etish va o`zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə