Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə59/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Birinchi sathda o‘qituvchi o‘zi muammoni qo‘yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yechilish yo‘lini qidirishga yo‘naltiradi.
Ikkinchi sathda o‘qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar yesa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar.
Uchinchi sath — oliy sath bo‘lib, unda o‘qituvchi shunday qoidani ko‘zda tutadi: muayyan muammoni ko‘rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro‘baro‘» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar yesa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar.
O‘quv muammosining qo‘yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo‘ladi. yechilish lozim bo‘lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan awalgi o‘zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo‘yib bo‘lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibat aloqalarini o‘mata olish usullarini yegallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini otrganish shartdir. Shuningdek, o‘qituvchi talabalar ye’tiboriga faqat ular uchun qulay bo‘lgan muammolarni qo‘ymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning yechilishi uni to‘g‘ri qo‘ya bilishga ko‘p jihatdan bog‘liq yekanligini unutmaslik zarur.
Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o‘quv materialining mazmun xususiyati bilan bog‘liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo‘yish mumkin.
O‘quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi:
yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma’lum tushunchalarningjihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi
usullari);
faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko‘rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma ‘lum va yangi bilim o‘rtasidagi ziddiyat;
umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish.
Shuni ta’kidlash lozimki, o‘qitish jarayoni faqat «muammoli» yoki «nomuammoli» metodlar yordamidagina amalga oshmaydi, balki uning samarali borishi uchun xilma xil metodlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi mashg‘ulotning maqsadi, o‘quv materiallarining mazmunini to‘plash, auditoriyada qatnashgan talabalarning xarakteri, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda ularni tinglash hamda birini ikkinchisi bilan bog‘lashni amalga oshiradi. Shundagina o‘quv jarayonining yuqori samaradorligi ta’minlanadi. Shuningdek, muammoli o‘qitishning samaradorligi ko‘p jihatlardan talabalarning ijodiy faoliyatiga, muammoni ifodalash va yechishga bo‘lgan tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Ularni ijodiy faoliyatga jalb qilishda muammoli boshlash bayonidan asta-sekin tadqiqot ishlarigacha o‘tish tavsiya yetiladi. Shuningdek, muammoli o‘qitishning barcha metodlari zanjirida asta-sekin oddiydan murakkabga O‘tish kerak bo‘ladi.
VAZIYATLAR USULI

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə