Andijon davlat pedagogika instituti


Veb kamera va uning ahamiyati



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə89/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Veb kamera va uning ahamiyati. Veb kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi.
Veb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Veb kamera foydalanuvchilarga juda ham ko‘p qulayliklarni yaratib beradi, ya’ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qaerda joylashganligidan qat’iy nazar bir-birlarini ko‘rib turadilar. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot o‘rnatish.
Skayp dasturi. Skayp – bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini ta’minlab beruvchi tizimdir. Skayp tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish pullik xizmatlarini ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari skayp tizimi yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda konferensaloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda veb kameradan foydalaniladi.
Meyl Agent dasturi. Mail.Ru Agent - Mail.Ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS harablarni jo‘natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomnidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish, va tovushli so‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail tizimidi elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak.





ICQ- hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu dasturda har bir foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bo‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni ishga tushiradi, shundan so‘ng dastur avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish amalga oshirilgandan so‘ng xabarlar almashish mumkin.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə