Andijon davlat pedagogika instituti


Foydalaniladigan adabiyotlar



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə61/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Foydalaniladigan adabiyotlar

    1. O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi Qonuni. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1997.

    2. O`zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori».T.:Sharq, 1997.

    3. V.P.Bespalko «Pedagogika i progressivno’e texnologii» - M. 1995.

    4. V.A.Slastenin i dr. «Pedagogika: Innovatsionnaya deyatel’nost’» - M. 1997.

    5. www.ziyonet.uz X.Sh. Turg`unovna. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Ma'ruza matni. –T.: – 2005

    6. www//ziyonet.uz. Turaqulov E. Pedagogik texnologiyalar va mahorat. Ma'ruzalar matni. Samarqand, 2006.

10-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o‘qitish texnologiyalari
Reja:

  1. Axborot texnologiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Ta’limning texnik vositalari.

  3. Loyihalashtirish faoliyatini bosqichma-bosqich bajarish uchun ko‘rsatma

  4. Loyihani MS Power Point da taqdimotga tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma.

  5. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi

  6. Masofaviy o‘qitish.

  7. Internet tarmog‘i va uning ahamiyati.

  8. Elektron pochta xizmati va uning imkoniyatlari.

  9. Internet orqali muloqot va uning ahamiyati.

  10. Internetda interaktiv xizmatlar



Tayanch iboralar: axborot texnologiyalari, texnik vositalari, loyihalashtirish faoliyati, Power Point, kompyuter, masofaviy o‘qitish, Internet, masofaviy o‘qitish, elektron pochta.


Axborot texnologiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Axborot tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish mumkin:
1. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar;
2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilimlar majmui;
3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining er va fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot bo‘lishi mumkin.z

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə