Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 Umumiy o’rta ta’lim (5-9 sinflar)



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   153
fayl 1633 20210826

10.1.2.  Umumiy o’rta ta’lim (5-9 sinflar) 
O’rta maktab yoshida asosiy gimnastika mashg’ulotlaridan keyingi jismoniy 
rivojlanish hamda bolalarning o’sib kelayotgan organizmini mustahkamlash davom 
ettiriladi.  Iroda-ahloqiy  sifatlar  tarbiyalanadi,  asosiy  harakat  malakalari  yanada 
chuqurroq  o’rganiladi,  o’z  harakatlarini  makonda,  vaqt  oralig’ida  hamda  mushak 
kuchlanishlari darajasiga ko’ra baholash ko’nikmasi hosil qilinadi. 
12 yoshgacha (o’g’il bolalar) va 11 yoshgacha (qizlar) bo’lgan bolalar yosh 
davriga ko’ra ikkinchi bolalik davriga kiradi; 13-14 yoshli bolalar (o’g’illar) va 12-
13 yoshlilar (qizlar) – o’smir yoshiga kiradi. 
O’rta  maktab  yoshidagi  bolalarning  o’sishi  va  rivojlanishi  bir  tekis  sodir 
bo’lmaydi.  Ayniqsa  jinsiy  yetilish  davrining  boshi  (11-13  yosh)  ajralib  turadi. 
Bunda  organizmning  hamma  tizimlarida  morfologik  va  funksional  o’zgarishlar 
bo’lib  o’tadi.  O’g’il  va  qiz  bolalarning  rivojlanish  yo’li  har  hil.  Qizlar  vaznda 
og’irroq  bo’ladilar  va  kuch,  tezlik,  chidamlilikda  o’g’il  bolalardan  orqada 
qoladilar. O’smirlar uchun umumiy narsa shuki, ularning gavda og’irligi har doim 
tana  uzunligidan  nisbatan  kam  bo’ladi,  tez  rivojlanayotganlarda  esa  bu  yaqqol 
ko’zga tashlanadi. 
Yuqori  darajadagi  qo’zg’aluvchanlik  va  asab-mushak  apparatining  labilligi 
harakat  tezligining  ancha  rivojlanishiga  yordam  beradi.  13-14  yoshda  o’smirlar 
mushak  qisqarishi  tezligi  bo’yicha  maksimum  darajaga  etadilar.  Shuning  uchun 


195
 
 
ularda  dinamik  kuch,  tezkorlik  hamda  chaqqonlikni  (oxirgisi  harakatlanish 
analizatorining etilishiga bog’liq) rivojlantirish zarur. 
Shuningdek  egiluvchanlikni  ham  rivojlantirish  lozim.  Bunda  shuni  hisobga 
olish  kerakki,  mushaklarning  cho’zilishiga  bo’lgan  to’liq  qarshiligi  12  yoshdan 
so’ng ancha ortadi. 11-13 yoshdagi bolalarda harakat malakalarining shakllantirish 
jarayoni,  8-9  yoshlilarga  qaraganda,  ancha  tez  o’tadi,  shuning  uchun  ular  yanada 
murakkabroq mashqlarni egallashga qodir bo’ladilar.  
10-11  yoshdagi  bolalar  uchun  ham  mashqlarni  o’rganish  paytida  qisqa 
tushuntirishlar  kerak  bo’ladi.  Biroq  ular  o’rganilayotgan  mashqning  detallarini 
farqlashga  qodir  bo’ladilar  hamda  tanish  yoki  o’xshash  mashqlarni  og’zaki 
tushuntirilganda  ham  bajara  oladilar.  Yangi  mashqlar  o’rgatilayotganda  ko’rsatib 
berish va tushuntirish majburiydir. 
O’rganilayotgan mashqlar har bir darsda 6-8 marta takrorlanishi kerak. Agar 
bolalar  ularni  bitta  yondashishda  2-3  marta  takrorlasalar,  tezroq  uni  egallab 
olishlari mumkin. 
Bu  yoshdagi  bolalarni  o’rgatishda  eng  asosiy  uslubiy  qonuniyat  bu 
materialni qat’iy uslubiy ketma-ketlikda o’rganishdir. 
O’quv  materiali  kamdan-kam,  ketma-ket, eng  oddiy  va  yengil shakllaridan 
boshlab o’rganilishi lozim. 
Bolalarda  turli  hil  harakat  malakalarini  shakllantirish  paytida  ularni  o’z 
harakatlarini  makonda,  vaqt  oralig’ida  va  kuch  bo’yicha  baholay  olish 
ko’nikmasiga o’rgatish zarur. Masalan, yurish va yugurishga o’rgatishda bolalarni 
har hil qadamlar bilan hamda turli hil tezlikda yurish hamda yugurishga o’rgatish 
kerak.parterdagi  va  stanok  yonidagi  klassik  razminka,  muvozanatli  –  aylanadigan 
va  akrobatik  sakrash  mashqlarining  asosiy  mashqlaridagi  asosiy  elementlarini 
tayyorlash,    predmetlar  bilan  mashqlar  bajarishda  asosiy  elementlarni  bajarish 
Buning  uchun  bolalarga  turli  hil  masofalarda  joylashgan  belgi-chiziqlar  bo’ylab 
yurish hamda yugurishni taklif qilish mumkin. 


196
 
 
Vazifalarni belgi-chiziqlar bo’ylab yurish va yugurishda muntazam bajarish 
bolalarga qadam uzunligini boshqarishni o’rganishga, xuddi shu chiziqlar bo’ylab 
turli hil tezlikda qadam tashlab yugurish yordamida esa harakat tezligini egallashga 
imkon yaratadi. 
Uloqtirishga o’rgatayotib, to’pni har hil masofalarga otish vazifasini berish, 
to’p  otilgan  masofani  aniqlash,  shuningdek  uloqtirilayotgan  buyum  og’iriligini 
aniqlash, turli hil og’irlikdagi buyumlarni har safar bir joyga otish zarur. 
Bu  yoshdagi  qizlarning  raqs  harakatlariga  bo’lgan  moyilliklarini  hisobga 
olish  lozim.  Ular  oyoq,  gavda  mushaklari,  yurak-qon  tomir  hamda  nafas  olish 
tizimlarini mustahkamlash uchun qo’llanilishi darkor. 
O’quv  materialini  qismlarga  bo’lib  (aniq  o’quv  vazifalarini  bajarish  yo’li 
orqali)  asta-sekin  hamda  izchil  o’rganish  bolalarni  jismoniy  tarbiya  dasturidagi 
turli  harakatlarga  muvaffaqiyatli  o’rgatishga  imkon  beradi.  O’quv  materialini 
shunday rejalashtirish muhimki, qandaydir harakatga boshlang’ich o’rgatish har bir 
mashg’ulotda  uning  eng  oddiy  shakli  egallangunga  qadar  takrorlanishi  zarur 
bo’ladi. 
O’rta  maktab  yoshidagi  bolalarni  harakatlarga  o’rgatishning  o’ziga  hos 
xususiyatlari  mavjud.  Bu  yosh  jinsiy  etilish  davriga  mos  keladi  va  bo’y  hamda 
gavda og’irligining o’rtacha yillik o’sishi bilan tavsiflanadi. Gavdaning uzunasiga 
tez  o’sishi  mushaklar,  paylar,  asab  yo’llari,  qon-tomirlarining  tortilishiga  olib 
keladi. Buning natijasida va ichki sekretsiya bezlari gormonlari ta’siri bilan bog’liq 
bo’lgan  boshqa  bir  qator  omillar  oqibatida  o’smirlarning  harakatlari  birmuncha 
vaqt  oralig’ida  noaniqroq  hamda  kam  koordinatsiyali  bo’lib  qoladi.  Odatda, 
bunday  o’smirlarda  qad-qomat  buziladi.  Ayniqsa,  bu  tez  o’sayotgan  va  jismoniy 
mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullanmaydigan  bolalarda  sezilarli  bo’ladi. 
O’smirlar  (o’g’il  bolalar)  odatda  mustaqil  bo’lishga  intiladilar,  tezroq  kuchli, 
chaqqon,  dovyurak  bo’lishni  hohlaydilar  hamda  kattalarga  tahlid  qilib,  o’z 
imkoniyatlarini  oshirib  yuboradilar.  Ular  mashqni  tezroq  bajarishga  intiladilar  va 
texnika  detallariga  kam  e’tibor  beradilar.  Bu  o’smirlarning  ruhiy  sifatlari, 


197
 
 
shuningdek  bu  yoshdagi  bolalardagi  harakat  malakalarining  shakllanish  xossalari 
bilan tushuntiriladi. 
Agar  nisbatan  yengil  harakatlarga  o’rgatishda  malakani  shakllantirishning 
birinchi fazasi keyingilaridan ancha tez o’tsa, murakkabroq (ya’ni jismoniy sifatlar, 
shuningdek  harakatlarni  vaqt  oralig’ida  va  makonda  aniq  bajarishni  talab 
qiladigan)  mashqlarga  o’rgatishda  esa  malakani  shakllantirishning  boshlang’ich 
fazasi, qolganlariga nisbatan, ancha sekin o’tadi. 
O’z  harakatlarini  makonda,  vaqt  oralig’ida,  shuningdek  mushak 
kuchlanishlari  darajasi  bo’yicha  baholay  olmaslik  ko’pincha  malakaning  xatolar 
bilan mustahkamlanishiga olib keladi. 
Yana shuni xisobga olish joizki, harakatlanish funktsiyasini 13-14 yoshdagi 
bolalarda  tezroq  rivojlanadi,  shuning  uchun  ular  koordinatsiyasiga  ko’ra  ancha 
murakkab  harakatlarni  egallashga  qodir  bo’ladilar.  Buning  ustiga  ular 
o’rganilayotgan  mashqlarni  batafsil  gapirib  hamda  tahlil  qila  oladilar. 
O’rganilayotgan mashqlarni ko’rsatib berish uslubi ham albatta shart. 
O’smirlarni  harakatlarga  o’rgatish  jarayonida  yuqorida  ko’rilgan  turli 
uslublar hamda usullarni qo’llash mumkin. 
O’rgatishning  yangi  uslublari  qatorida  algoritmik  tipdagi  ko’rsatmalar 
uslubini  ajratish  mumkin.  Ushbu  uslub  dasturlashtirilgan  o’qitish  bilan 
chambarchas bog’liq va uning bir qismi hisoblanadi. 
Algoritmik  tipdagi  ko’rsatmalar  o’quv  materialini  qismlarga  (dozalar, 
bo’laklar yoki o’quv vazifalari) bo’lishni hamda shug’ullanuvchilarni bu qismlarga 
ma’lum bir qat’iy ketma-ketlikda o’rgatishni nazarda tutadi. 
O’quv  vazifalarining  birinchi  seriyalari  egallangandan  keyingina  ikkinchi 
seriyaga o’tish huquqi beriladi. 
Ko’rsatilgan  harakatlar  o’qituvchi  yoki  shug’ullanuvchining  o’zlarining 
qattiq  nazorati  ostida  o’rganiladi.  Ularni  bajarish  u  yoki  bu  gimnastika  mashqini 
yoki bir hildagi imkonini beradi.Algoritmik ko’rsatmalar uslubi yordamida o’qitish 


198
 
 
ijobiy natijalar beradi. Harakat malakalarini nisbatan tez va xatolarsiz shakllanadi. 
Algoritmik tipdagi ko’rsatmalarni tuzishda quyidagi talablarni hisobga olish lozim: 
1. Ko’rsatmalarda har bir harakatning xususiyatini aniq ko’rsatish, ularning 
to’satdan  tanlab  olinishini  oldini  olish  lozim;  ular  hammaga  (kimga  ko’rsatma 
berilayotgan bo’lsa) egallash uchun yengil bo’lishi zarur. 
2.  Algoritmik  tipdagi  ko’rsatmalar  ham  bitta  harakat  uchun,  ham  tuzilish 
o’xshash  bo’lgan  ularning  seriyalari  uchun  tuzilishi  mumkin,  lekin  ular  istalgan 
o’rgatish bosqichida egallashga yengil bo’lishi shart. 
3. Hamma o’quv vazifalari bir-biri bilan bog’liq bo’lishi lozim va ularning 
murakkabligi darajasi asta-sekin o’sib borishi kerak. 
O’quv  vazifalarining  birinchi  seriyasi  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirishga 
qaratilgan 
mashqlardan 
iborat. 
Jismoniy 
sifatlarining 
rivojlanganligi 
o’rganilayotgan  harakatni  muvaffaqiyatli  egallash  uchun  zarur.  Ayrim  hollarda 
faqat  ma’lum  bir  mushak  guruhlari  kuchini,  boshqa  hollarda-egiluvchanlikni, 
uchinchi  hollarda-  mushak  qisqarish    tezligini,  ba’zan  esa  hamma  aytib  o’tilgan 
sifatlarni rivojlantirish etarlidir. 
Jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish  uchun  tortilishdagi  mashqlar  tayanib 
qo’llarni  bukish,  osilib  turib  oyoqlarni  ko’tarish,  egilishlar,  orqaga  egilishlar  va 
boshqalarni bajarish maqsadga muvofiqdir. 
O’quv  vazifalarining  ikkinchi  seriyasi  dastlabki  va  yakuniy  holatlarni 
bajarish mashqlarini o’z ichiga olishi kerak. Bu holatlar bilan mashqlar boshlanadi 
va  yakunlanadi.  Gimnastikada  dastlabki  va  yakuniy  holatlarni  to’g’ri  bajarish 
albatta  shart.  O’quv  vazifalarining  birinchi  va  ikkinchi  seriyalari  bir  vaqtning 
o’zida yoki turli vaqtlarda egallanishi mumkin. 
O’quv  vazifalarining  uchinchi  seriyasi  o’rganilayotgan  mashqni  bajarish 
uchun  shart-sharoitlarni  ta’minlaydigan  harakatlarni  nazarda  tutadi:  snaryadlarda 
osilib yoki tayanib siltanishlar; oyoq bilan siltanishlar va ba’zi bir sakrash hamda 
akrobatika mashqlarini bajarish paytidagi tez sur’atli sakrab chiqishlar. 


199
 
 
O’quv  vazifalarining  to’rtinchi  seriyasiga  harakatlarni  makon,  vaqt 
oralig’ida va mushak kuchlanishlari darajasi bo’yicha baholay olish ko’nikmasiga 
o’rgatish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar kiradi. Tabaqalashtirish (makon, vaqt va 
kuch)  soni  va  aniqlik  darajasi  o’rganilayotgan  mashqning  koordinatsion 
murakkabligiga bog’liq. Ba’zan faqat siltash amplitudasini yoki gavdaning egilish 
yoki  yozilish  darajasini,  ba’zan  esa  harakat  tezligini  baholashning  o’zi  kifoya 
bo’ladi. Murakkab mashqlarga o’rgatishda tabaqalashtirish majmuasi zarur bo’ladi. 
U  mashqning  texnik  asosini  tashkil  qiladigan  asosiy  harakatlarni  to’g’ri  bajarish 
uchun sharoitlar yaratadi.  
O’quv  vazifalarining  beshinchi  seriyasi-yaqinlashtiruvchi  mashqlar  va 
o’rganilayotgan harakat qismidir. 
Oxiri  bo’lib  harakatlar  yaxlitligicha  yengillashtirilgan  sharoitlarda  trenajer 
va  boshqa  texnika  vositalari  yordamida  o’rganiladi.  Har  bir  vazifani  o’rganishda 
shug’ullanuvchilarning  individual  xususiyatlari,  ularning  o’rganilayotgan 
materialni  bajarishga  bo’lgan  tayyorligi  hisobga  olinadi,  o’quv  vazifalarining 
to’g’ri  bajarilishi  nazorat  qilinadi,  bitta  o’quv  vazifasidan  ikkinchisiga  o’tish 
belgilanadi. Bu masalalarning to’g’ri hal etilishi o’rgatish natijalariga ta’sir qiladi. 
Bolalar  va  o’smirlarni  harakatlarga  o’rgatishda  har  doim  ham  algoritmik 
tipdagi ko’rsatmalardan foydalanish kerakmi? Albatta, yo’q. Ularning ko’pchiligini 
uzoq  vaqt  davomida  shakllangan  uslubyat  bo’yicha  o’rgatish  mumkin.  Ularga 
quyidagilar  kiradi:  saflanish,  umumrivojlantiruvchi,  ba’zi  amaliy  mashqlar, 
shuningdek aralash osilib va tayanib bajariladigan mashqlar. 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə