102
Muvozanatning aytib o‘tilgan uchta guruhi mazkur turning mavjud
elementlarini o‘z ichiga oladi. Lekin oldinga
,
orqaga qa yonga
muvozanatda tana
holatining shakli turlicha bo‘lishi mumkin (21-rasm). Shu sababdan shartli
ravishda gorizontal va vertikal muvozanatlarga ajratilgan (sxemaga qarang).
Birinchisida gimnastikachining tanasi va tayanchsiz oyog‘i ko‘pincha
gorizontal joylashadi. Bu muvozanatning ixtisoslashtirilgan shaklidir. Ikkinchi tur
- vertikal muvozanat – turli variantlari bilan harakterlidir. Gimnastikachining
tanasi ancha yuqorida joylashgan vertikal muvozanat
holati eng oddiydir
(masalan, attitude muvozanati, 21-rasm). Oyoqni maksimal darajada ko‘tarib
vertikal muvozanat saqlash texnik tomondan ancha qiyindir. Bu elementlar
tanani turli darajada egilishi bilan bajarilishi mumkin.
Muvozanatning barcha sanab o‘tilgan strukturali – texnik variantlari statik,
holatni ushlab turish yoki harakatda,
dinamik bo‘lishi mumkin. Ularni bajarishdagi
qiyinchilik muvozanat holatining koordinatsiyasiga, gimnastikachining harakat
sifatiga (masalan, egiluvchanlik) qo‘yiladigan talab darajasiga, shu bilan birga
tayanch usuliga bog‘liqdir. Muvozanat tasnifining oxirida turishni to‘liq oyoq
kaftida yoki oyoq uchida bajarish mumkinligi aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: