|
![](/i/favi32.png) Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni ofayl 1633 202108264.7.1
Mashqlar klassifikatsiyasi
Rasman bu turdagi harakatlarning 2 asosiy guruhini ajratish mumkin: aynan
akrobatik va yarim akrobatik. Akrobatik mashqlar akrobatika va sport
gimnastikasiga oid ko‘plab nashriyotlarda batafsil tasvirlangan. Ushbu nashrda
biz yarim akrobatik mashqlarnigina tasvirlash bilan cheklanamiz. Bu mashqlar 3ta
asosiy guruhlarga bo‘linishi mumkin (9-jadval).
Birinchi guruhga dumalashlar va o‘mbaloq oshishlar kiradi. Bu harakatlar
turi ayni akrobatik mashqlar buyicha ma’lum. Dumalashlar va o‘mbaloq oshishlar
oldinga, orqaga va yonga bajarilishi mumkin. Xuddi shunday shaklda aylanib
tushishlar ham klassifikatsiyalanadi (ikkinchi guruh).
Nihoyat, yarim akrobatik mashqlarning uchinchi guruh sifatida akrobatik
burilishlarni ajratish mumkin.
Ular yetarli darajada turli-tumandir, biroq oyoqlarda turgan holda
bajariladigan turli burilishlardan farqli ravishda maxsus holatlarda bajariladi:
yelkada, ko‘krakda, tizzalarda, kuraklarda turib va h.k.
Dostları ilə paylaş: |
|
|