3
KIRISH
Badiiy gimnastika – sport turlari orasida o‘zining jozibasi, harakatlarining
ham murakkab, ham betakrorligi bilan ajralib turadi. Turli musobaqalarda musiqa
sadolari ostida harakatlar uyg‘unligi ila turli obrazlarni ijro etayotgan qizchani
ko‘rib, bu aynan xotin-qizlar uchun yaratilgan sport turi ekanligini anglaysan kishi.
Sportchining mashqlarni yengil va maromda bajarayotganini ko‘rib, tomoshabin
buning zamirida qancha mehnat, mashaqqat, sport turiga sadoqat, kuchli jismoniy
tayyorgarlik borligini tasavvur ham qilolmaydi. Juda zavqli ko‘ringan chiqish
sportchining mahorati, ko‘nikma va malakasini namoyish etadi.
Badiiy gimnastika – yurtimizda juda keng jadal rivojlanib, ommalashib
bormoqda. Nafaqat shahar, tuman markazlari, balki chekka-chekka qishloqlarda
ham sportning bu turiga qiziqish va shug‘ullanuvchilar soni ortishi tahsinga
loyiqdir. O‘tkazilayotgan musobaqalarda ham sportchilar ko‘nikma malakalari
oshayotgani, sport mahorati yuksalayotgani badiiy gimnastikaning kelajagi
yurtimizda barqaror ekanidan dalolat beradi.
Bu sport turi bilan qizlar 4-5 yoshdan boshlab shug‘ullanishlari mumkin.
Mashg‘ulotlar jarayonida olinadigan yuklamalar, mashqlar qizlar organizmi uchun
foydali va samarali ta’sir ko‘rsatishi juda ko‘p manbalarda ta’kidlangan. Bu ayni
haqiqatdir. Chunki, ushbu sport turi bilan shug‘ullangan qizlarda noziklik,
harakatlarning mayinligi, nafisligi, kelishgan qaddi-qomat shakllanadi. Bundan
tashqari, jismoniy sifatlardan, egiluvchanlik, epchillik, chaqqonlik va
koordinatsiya
juda yaxshi rivojlanadi. Shu bilan birga, axloqiy, estetik va irodaviy hislatlarni ham
tarbiyalaydi.
Bolalar va o‘smir qizlarni jismoniy shakllanishida badiiy gimnastikaning
ahamiyati katta. Badiiy gimnastikadagi mashqlar sog‘lomlashtiruvchi vosita
sifatida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, qaddi-qomatning buzilishlarida, skolios,
ostioxondroz, oyoq shaklining buzlishi - “X” simon va “O” simon holatlarda, yassi