Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi


MULOQOT JARAYoNIDA KISHINING KISHI TOMONIDAN IDROK QILINISHI



Yüklə 314,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix02.01.2022
ölçüsü314,2 Kb.
#82519
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
muloqot psixologiyasi

1.4MULOQOT JARAYoNIDA KISHINING KISHI TOMONIDAN IDROK QILINISHI. 

 

 



Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga 

baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo’ladigan faoliyat, 

aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi. 

 

Muloqot  ishtiroqchilari  o’z  ongida  bir-birlarining  ichki  dunyosini  qayta  tiklashga,  his-



tuyg’ularini,  xulq-atvorining  sabablarini  fahmlab  yetishga  harakat  qiladi.  SHaxsga  boshqa 

odamlarning  faqat  tashqi  qiyofasi,  ularning  fe’l-atvori  va  hatti-harakatlari,  ular  qo’llanadigan 

kommunikativ  vositalargina  bevosita  in’om  etilgan  va  ana  shu  ma’lumotlarga  tayangan  holda  

o’zi  bilan  muloqotga  kirishgan  odamlarning  kimligini  tushunib  yetish,  ularning  qobiliyatlari, 

niyatlari  kabilar  haqida  xulosa  chiqara  olish  uchun  muayyan  ishni  bajarishiga  to’g’ri  keladi. 

Taniqli  psixolog  S.L.Rubinshteyn  shunday  deb  yozgan  edi:  “Kundalik  hayotda  odamlar  bilan 

muloqotga  kirishar  ekanmiz,  biz  ularning  xulq-atvoriga  qarab  mo’ljal  olamiz.  Negaki,  biz 

ularning  tashqi  ma’lumotlari  mohiyatini  guyo  “o’qib”,  ya’ni  “mag’zini  chaqib”  chiqamiz,  shu 

yo’sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o’qish 

naridan  beri  tez  yuz  beradi,  chunki  atrofdagilar  bilan  muloqot  jarayonida  bizda  muayyan 

darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no 

hosil  bo’ladi.”(Rubinshteyn  S.L.  Printsipo’  i  puti  razvitiya  psixologii.  M.  RSFSR.  PFA 

nashr.180-bet). 

 

Muloqotning pertseptiv jihati - bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va 



baholanishi demakdir. 

 

Muloqot  jarayonida  kamida  ikki  kishi  ishtiroq  etadi.  Kishining  qiyofasi,  hatti  -  harakati 



asosida  suhbatdosh  haqida  tasavvur  hosil  qilinadi.  Bir-birini  idrok  qilishda  quyidagi 

mehanizmlar g’oyat muhimdir: 

 

a) identifikatsiya; 



 

b) refleksiya

 

v) kauzal atributsiya



          g) stereotipizatsiya 

 

Identifikatsiya    so’zining  ma’nosi  lotinchadan  olingan  bo’lib,  “tenglashtirish”,  “aynan 



o’xshatish”,  bir  kishining  ikkinchi  kishini  uning  ta’rifini  sub’ektning  o’z  ta’rifiga  anglanilgan 

yoki  anglanilmagan  tarzda  o’xshatilishi  orqali  tushunish  usulidir.  Odamlar  o’zaro  birgalikda 

harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o’zining o’rniga qo’yib ko’rishga uringan holda uning 

ichki  holati,  niyatlari,  o’y-fikrlari,  mayllari  va  his-tuyg’ulari  haqida  taxmin  qiladilar.  Masalan, 

avgust  oyi  kunlaridan  birida  universitet  qoshida  hayajonlangan  holda  kitobni  varaqlayotgan 

abiturientlarni  uchratib  qolgan  talaba  o’zining  abiturientlik  davrini  eslaydi,  ularning  ruhiy 




11 

 

holatini hayolan o’z boshidan kechira boshlaydi.  



 

Refleksiya — (lotincha aks ettirish) - o’z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza 

yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. 

Kishini  kishi  tomonidan  idrok  qilishini  ikkilangan  oynadagi  aks  ettirishga  o’xshatish  mumkin. 

Odam  boshqa  kishini  aks  ettirar  ekan,  shu  bilan  birga  o’zini  ham  aks  ettiradi,  agar  kishi  o’zi 

muloqotga  kirishadigan  kishilar  haqida  to’liq,  ilmiy  asoslangan  axborotlarga  ega  bo’lsa,  ular 

bilan behato  aniqlikda o’zaro ta’sir o’rnatishi mumkin. Biroq sub’ekt hamma vaqt bunday aniq 

ma’lumotga  ega  emas.  SHuning  uchun  u  boshqalar  hatti-harakatining  sabablarini  o’ylab 

chiqishga  majbur  bo’ladi.  Boshqa  kishining  harakatlarini  tushuntirish  uchun  faoliyat  motivlari, 

his-tuyg’ular,  intilish  va  fikrlashning  o’ylab  chiqarilishi  kauzal  atributsiya  deb  ataladi. 

O’qituvchilar  tomonidan  bola  harakatlarining  shunday  sababini  talqin  qilinishi  maktabdagi 

pedagogik muomalani qiyinlashtiradi. 

 

Kauzal atributsiya- boshqa kishining hatti-harakatlari sababini his-tuyg’ularni, niyatlarni, 



o’y-fikrlarni  va  xulq-atvor  motivlarini  unga  to’nkash  yo’li  bilan  tushuntirish  bo’lib,  lotincha 

saisa-sabab  va  atributto  -  in’om  etaman  degan  ma’noni  bildiradi.  Kauzal  atributsiya  ko’pincha 

anglanilmagan  holda  -  yo  boshqa  kishiga  o’xshatish  negizida,  ya’ni  shaxsning  o’zi  xuddi 

shunday  vaziyatda  u  payqashi  mumkin  deb  hisoblaydigan  motivlar  yoki  his-tuyg’ularning 

boshqa birovga xosligi ta’kidlangan paytda, yo muloqotga kirishgan sherikni o’zlariga nisbatan 

ba’zi  bir  qolipdagi  tasavvurlar  hosil  bo’ladigan  shaxslarning  muayyan  toifasiga  kiritish  yo’li 

bilan  yuz  beradi.  Kauzal  atributsiyaning  xususiyati  psixologiya  tomonidan  yaxshi  o’rganilgan 

turli  xildagi  shart  -  haroitlarga  bog’liq  bo’ladi.  Masalan,  notanish  kishini  idrok  etish  chog’ida 

idrok sub’ekti ega bo’lgan axborot katta rol o’ynaydi. A.A.Bodalev o’tkazgan tajribalarida ikki 

guruhdagi  talabalarga  bitta  odamning  fotoso’rati  ko’rsatilgan.  Birinchi  guruhga  bu  odam 

jinoyatchi sifatida ta’riflangan. Uni tashqi qiyofasiga qarab tavsifnoma berish so’ralgan, ikkinchi 

guruhga  bu  odam  taniqli  olim  deb  aytilgan.  Jinoyatchi  deb  aytilgan  kishiga  talabalar  qo’rs, 

badjahl,  berahm,  makqor  kishining  portreti  turibdi  deb,  olim  deb  aytilgan  guruh  talabalari  esa 

portretdagi  ko’zning  o’zi  mehribon  va  dono,  jonni  fido  qilib  ishlaydigan  kishi  deb  ta’riflandi. 

CHiroyli  kishilar  rasmlari  berilganda  ham  xuddi  shunday  holat  yuzaga  kelgan,  ya’ni  chiroyli 

kishilar yaxshi, muloyim, aqlli deb baholangan. Xunuk rasmli kishilar esa qo’rs, badjahl, xudbin 

deb baholangan. Demak, pedagogning idrok etish ob’ekti haqida oldindan bilib oladigan axboroti 

yanglish fikr va sub’ektivizmning tarkib topishi uchun jiddiy asos hisoblanadi. Oreol effektining 

mohiyati shundan iboratki, kishi tomonidan qoldiriladigan umumiy ijobiy taassurot sub’ektning 

idrok etish chog’ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo’ladi. 

 

Stereotipizatsiya  —  grekcha  o’zgarishsiz,  takrorlanish  degan  ma’noni  bildiradi. 



Stereotipga  mos  ma’lum  yoki  taxminan  ma’lum  bo’lgan  voqealarni  tiklash,  nisbat  berish  yo’li 

bilan  xulq  normalarini  tasniflash  va  ularning  sabablarini  izoxlash  demakdir.  Ba’zan  muomala 

jarayonida  noto’g’ri  stereotip  vujudga  keladi.  Masalan,  A.A.Bodalev  tomonidan  o’tkazilgan 

suhbatga  ko’ra,  kishining  tashqi  qiyofasi  va  uning  harakteri  haqidagi  stereotip  tasavvurlar 

ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So’ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko’rinishga ega 

bo’lganlar  kuchli,  irodali,  17  kishi  peshonasi  katta  kishi  aqlli,  3  kishi  sochi  tikka  kishilar 

yengilmas, bo’ysunmas harakterga ega. 5 kishi bo’yi o’rtachadan past kishilar boshqalar ustidan 

hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki 

o’zini sevuvchi kishilar bo’ladi deb ta’kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, 

dastlabki  tasavvur  katta  ahamiyatga  ega.  Kishilar  tashqi  qiyofasi  ham  muhim  o’rin  tutadi. 

Amerikalik  psixologlar  tomonidan  o’tkazilgan  tadqiqot  bunga  misol  bo’la  oladi.  400 

o’qituvchilarga  baholash  uchun  tarqatilgan  ishlarni  ular  200  tasi  ijobiy,  chiroyli,  200    salbiy 

xunuk, yokimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki harakterini ta’riflash 

so’ralgan  edi.  Afso’ski  baholarning  sub’ektivligi  kishining  tashqi  qiyofasini  baholash  bilan 

bog’liqdir. 


Yüklə 314,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə