Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi


SHAXS SHAKLLANISHIDAGI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MASALALAR



Yüklə 314,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix02.01.2022
ölçüsü314,2 Kb.
#82519
növüReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
muloqot psixologiyasi

 

2.2. SHAXS SHAKLLANISHIDAGI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MASALALAR. 

 



12 

 

SHaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalarni 



o’rganish uchun ham taqlid orqali o’zaro muloqotda bo’lish zarur. Jamiyat qonun  - qoidalariga 

asoslangan  holda  munosabatlar  rivojlanadi.  Individ  bilan  shaxs  muloqoti  o’rtasida  juda  katta 

farqni ko’rish mumkin. Masalan, go’dak, ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti 

bilan yetuk rivojlangan, ongi yuksak kishining muloqoti o’rtasidagi farq. Ongli shaxs muloqotni 

boshlashdan  avval  miyasida  o’ylaydi,  so’zlarini  rejalashtiradi.  SHaxsning  jismoniy,  aqliy, 

axloqiy  va  estetik  rivojlanishida  muloqotning  o’rni  katta.  Masalan,  axloqiy  rivojlanish  uchun 

oilada, maktabda, bog’chada bolaga kattalar muloqot  orqali ta’sir qiladilar. SHuningdek, estetik, 

aqliy,  jismoniy  rivojlantirish  uchun  o’quvchiga  o’qituvchi  muloqot  orqali  ta’sir  etishga  harakat 

qiladi. Demak, muloqot ta’sir qilish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.  

 

SHaxs  muloqotini  shakllantirishda  uning  yoshi,  jinsi,  kasbi,  dunyoqarashini  hisobga 



olgan  holda  ish  olib  borish  lozim.  Masalan,  biz  kichik  yoshdagi  bolalarga  kattalarga  nisbatan 

qo’llaydigan so’zlarni ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o’ziga xos so’zlar 

qo’llaniladi. Bunda so’zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. SHaxsni temperament xususiyatlariga 

qarab    muloqot  usullarini  qo’llash  katta  ahamiyatga  ega.  SHaxsda  ko’nikma,  bilim, 

malakalarning  hosil  bo’lishida  muloqotning  o’rni    beqiyos.  Oddiy  ko’nikma  (“to’g’ri  o’tir, 

qo’lingni yuv, joyingga bor, salom ber”) larni ham muloqot orqali singdiriladi.  

 

SHaxs muloqotini shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi  muhim o’rin egallaydi. 



Masalan,  shaxsga  kuchli  ta’sir  etadigan  so’zlarni  qo’llasangiz  ham  u  qabul  qilmasligi,  sizning 

bergan  ko’rsatmalaringizga  amal  qilmasligi  mumkin.  CHunki  u  yoshligidan  muomala 

madaniyatini  egallashi  kerak.  Muloqotning    shakllanishida  maqsad  to’g’ri  qo’yilishi  lozim. 

Muloqot  ta’lim-tarbiya  jarayonida,  turli  vaziyatlarda  rivojlanadi.  Masalan,  oilada,  mahallada, 

jamoada,  guruhda.  Agar  oilada  kattalar  bir-birlariga  qo’pol  munosabatda  bo’lsalar,  bola  ham 

ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. 

 

Biz  oldimizga  har  tomonlama  rivojlangan,  yetuk,  komil  inson  (shaxs)ni  tarbiyalashni 



qo’yganmiz.  Prezidentimiz    doimo  yoshlarni  erkin  fikrlaydigan  qilib  tarbiyalashni  uqtiradilar. 

Demak, muloqot fikrlash bilan o’zviy bog’liq holda shakllanadi.  

 

SHaxs  shakllanishida  muloqotning  ahamiyati  haqida  bir  necha  psixolog  olimlar  o’z 



fikrlarini  bayon  qilganlar.  Jumladan,  rus  psixologi  B.G.  Ananьev    “Odam  bilishning  predmeti 

sifatida”  asarida  bu  masalani  chuqur  tahlil  qilgan.  U  bilimning  turli  elementlarini  egallash 

muvaffaqiyatli o’zlashtirishning garovi ekanligini ta’kidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali 

amalga oshirilishini ham uqtirib o’tadi.  Agar kishilar o’zaro bir-birlariga axborot o’zatmasalar, 

tajribalarini muloqot orqali almashmasalar ular rivojlanmay qolishlari to’g’risida B.G. Ananьev  

asosli fikrlarni keltiradi. 

  

B.G. Ananьev  fikricha:  “Muloqot  ijtimoiy va individual holatdir. SHuning  uchun nutq 



bilan  o’zviy  bog’liq,  kommunikativ  vazifani  bajarishda  pantomimika,  imo-ishoralar  muloqot 

shakllari sifatida yuzaga chiqadi.”(Tanlangan psixologik asarlar.2-tom . 21-.).  

Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar 

uchun chuqur tahlil qilib bergan. 

 

Hozirgi  paytda  mamlakatimizda  va  xorijda    muloqot  muammosiga  qiziqish  ortib 



bormoqda.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kishilarning  bir-birlari  bilan  qiladigan  muloqoti  katta 

ahamiyatga  ega.  Atoqli  psixolog  olimlardan  yana  biri  V.N.Myasihev    muloqot  masalasiga 

chuqur  yondoshgan,  uni  o’rgangan.  Boshqa  olimlar  muloqotni  nutq  kommunikatsiyasi  bilan 

bog’lab  o’rgangan  bo’lsalar,  V.N.  Myasihev    muloqotni  jarayon  sifatida  o’rgangan.  Ya’ni 

shaxslarning  bir-biriga  muloqot  orqali  ta’sir  ko’rsatishlarini,  bir-birlarini  idrok  qilish  ob’ekti 

sifatida  tahlil  qiladi.  Uning  fikricha:  “SHaxs  turlicha  munosabatlarda  qarama-qarshi  sifatlarni 

namoyon qilishi mumkin.” 

 

Tajribali  psixolog  A.A.  Bodalev    esa  shaxs  o’yinda,  o’qishda,  muloqotda,  ya’ni 



faoliyatning  turli  sohasida  o’zining  o’rnini  bilishi  zarurligini  uqtiradi.  U  o’zining  “SHaxs  va 

jamiyat”  kitobida  bu  masalaga  katta  e’tibor  beradi.  SHuningdek,  u  bu  muammolar  kam 

o’rganilganligini  ta’kidlaydi. A. A. Bodalevning fikricha, “insonga muloqot orqali tarbiyalashda 

bu unga qanday ta’sir qilishini avvaldan o’ylash zarur».(A.A. Bodalev  




13 

 

SHaxs va muloqot. M.17 - s.) 



SHaxs rivojlanishida muloqotning roli to’g’risida psixologlar A.A.  Lyublinskaya , D.B. 

Elьkoninlar  bolada  o’yin  faoliyati  orqali    muloqotning  shakllanishini  ta’kidlaydilar.  Muloqot 

orqali  shaxsning  harakteri,  irodaviy  sifatlari  shakllanishi  haqida  P.Ya.  Galьperin,  N.F. 

Dobro’nin, N.F.Talo’zinalar o’zlarining tadqiqotlarini o’tkazganlar. 

 

SHuningdek,  Respublikamiz  psixologlaridan  M.G.Davletshin,  E./oziev,  N.P.  Anikeeva  ,  



N. Safoev kabilar  muloqot  muammosini turli tomondan  yoritib berganlar. Jumladan, professor 

E. /oziev “Muomala psixologiyasi” o’quv qo’llanmasida muloqotning barcha qirralarini nazariy 

tomondan ochib berishga harakat qilgan. Professor M.G.Davletshin ham “Umumiy psixologiya” 

o’quv qo’llanmasida muloqotni kishilarda qanday shakllanishi haqida fikrlar bildirgan.   




Yüklə 314,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə