Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


II-Bob Genomika asoslari faniga kirish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə6/8
tarix25.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#87857
1   2   3   4   5   6   7   8
KOMILOVA O\'G\'ILOY

II-Bob Genomika asoslari faniga kirish.
2.1.Genomika tushunchasi va uning tarixi. Genomika asoslari fani biologiya fanlari tizimidagi eng yangi zamonaviyligi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu fan genomika tushunchasi va uning tarixi, barcha tirik organizmlarning irsiy axborotlarini saqlovchi DNK texnologiyasi, genom revolyusiyasi, genomni kartalashtirish, genomni sekvenslash (nukleotid ketmaketligini aniqlash), genomni sharxlash (genlarni aniqlash) kabi vazifalarni chuqur o‘rganish orqali yuqumli va irsiy kasalliklarni oldini olish, o‘simlik va hayvonlarning zarakunandalarga va shu kabi salbiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi omillarga chidamli nav va zotlarni yaratish kabi muhim vazifalarni o‘rganishni qamrab olgan.
Genomika molekulyar genetikaning bir yo‘nalishi hisoblanib tirik organizmlar geni va genomini chuqurroq o‘rganishga qaratilgan. Genomika asoslari fanning yangi turi bo‘lib uning dolzarbligi turli organizmlar genomlarining xususan, odam, hayvon, mikroorganizmlarhamda o‘simliklar genomlarining shiddat bilan tadqiq qilinishi bilan belgilanadi. Odam genomining to‘liq hamda inson kasalliklarini keltirib chiqaruvchi 30 dan ortiq parazit va bakteriyalar genomlari to‘liq yoki qisman sekvens qilinganligi (ketma-ketligining o‘qilganligi) genomikaning asosiy yutuqlaridan hisoblanib ushbu ma’lumotlar kasalliklarga qarshi profilaktika va diagnostika ishlarida keng foydalanilmoqda. Genomika - bu genlarni tuzilishi va funktsiyalarini o'rganish, ularni hisobga olish va barcha organizmlarning genomik xaritalarini yaratish bilan shug'ullanadigan fan. Birinchidan, kasallik bilan bog'liq genlar o'rganilib, hisobga olinadi. Genomikaning kelib chiqishi "Inson genomi" loyihasi imzolangan 1990 yil oktyabrga to'g'ri keladi (Tарантул Б.З., 2003).
2.2. Rekombinant DNK olish texnologiyasi.
Rekombinant DNK olishning axamiyati. Turli biologik manbalardan ajratilgan ikki yoki undan ko‘p DNK fragmentlarining birikishidan xosil bo‘lgan DNK molekulasi rekombinant DNK deyiladi. DNKning muayyan fragmentlari, shuningdek zarur genni tutuvchi fragmentlar restriktazalar yordamida olinadi. Restriktazalar «to‘mtoq» uchli va «yopishqoq» uchli fragmentlar xosil qiladi. DNK fragmentlarini bitta molekulaga birlashtirish bu fragmentlarning qanday uchga ega ekanligiga bog‘liq xolda, turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Bir xil izchillikka ega «yopishqoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli. Ba’zi restriktazalar, masalan EcoRI, DNK zanjirida tanib kesadigan sayt markazidan bir xil masofada zina xosil qilib, simmetrik uzish paydo qiladi. Bu bir-biriga komplementar uchastkalar asosini juftlashishi hisobiga yoki «yopishqoq» uchlari orqali birlashish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Asoslarning juftlashishi faqatgina komplementar izchilliklar o‘rtasida sodir bo‘ladi, shuning uchun EcoRI ta’sirida paydo bo‘lgan AATT-uchlar masalan Hind III tomonidan xosil qilingan AGST-uchlar bilan qovushmaydi. Lekin bir restriktaza ta’sirida xosil qilingan xar qanday DNK bo‘laklari (kelib chiqishidan qat’iy nazar) komplementar nukleotidlarning bir zanjirli uchastkalari orasida vodorod bog‘lari xosil qilish hisobiga birikishi mumkin. Lekin bunday juftlashishdan so‘ng ham DNK qo‘sh zanjirining butunligi to‘lig‘icha tiklanmaydi va fosfodiefir bog‘ida ikkita uzilish qoladi. Ularni tiklash, ya’ni tikish yoki ligirlash uchun DNK ligazadan foydalaniladi. Rekombinant molekulalar xosil qilish ishlarini ligaza fermenti yakunlaydi. Bunday tajribalar birinchi marta 1972 yilda (P.Berg. AQSH) bajarilgan va «yopishqoq» uchlar xosil qiluvchi restriktazalar bilan DNK ligazadan birgalikda foydalanish rekombinant DNK molekulasi olishning umumiy usullarini yaratishda asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan. SHu laboratoriyada birinchi marta SV40 virusi va E.colining galaktoza operonini tutuvchi  bakteriyafagi rekombinant DNKga biriktirilgan. «To‘mtoq» uchli fragmentlarni birlashtirish usuli.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə