Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Ozuqa xillari: oqsili va konsentrat ozuqalar



Yüklə 103,62 Kb.
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü103,62 Kb.
#145353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ERKINOVA SORA

1.2.Ozuqa xillari: oqsili va konsentrat ozuqalar.
Oqsilli ozuqalar - oʻsimliklar va hayvonlar mahsulotlaridan tayyorlangan, tarkibida protein koʻp boʻlgan yem-xashak. Koʻpchilik mollar uchun yem-xashak ozuqalar — koʻkoʻt, pichan, don va don chiqitlari, kunjara va boshqa proteinning asosiy manbai hisoblanadi. Koʻk ozuqalar orasida yosh dukkakli oʻsimliklar oʻtida xom protein, ayniqsa, koʻp. Mas, bedaning 1 ozuqa birli-gida 200 g , xashaki dukkakli usimliklarning 1 ozuqa birligida 320 g gacha xom protein bor. Shuningdek, ularning sifati qam gʻoyat yuqori boʻlib, tez hazm boʻlishiga yordam beradigan suvda eruvchi va tuzda eruvchi oqsillar, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar koʻp. Shuningdek, dukkakli ekinlar doni ham proteinga boy: noʻxat va vika 1 ozuqa birligi donida 200 g gacha, soyada 256 g gacha protein bor. Aminokislotalar tarkibi boʻyicha kunjara (1 ozuka birligida 270—340) va shrotlar (300— 370 proteinlari ham toʻla qimmatli yemish hisoblanadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan yemlarda protein miqdori koʻp va yuqori biologik qimmatga ega. Goʻsht unining 1 ozuqa birligida 570 g , baliq unining eng yaxshi navlarida 600 g dan ortiq, quruq qon kukuni 1 ozuqa birligida 550 g protein bor. Pivo, non va ozuqa achitqilari ham tarkibida oqsilning koʻpligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, achitqi hamirturush V guruhidagi vitaminlar va mikroelementlar manbaidir.Konsentrat ozuqalar, konsentratlar — tarkibidaozuqa moddalar miqdori yuqori boʻlgan yemlar Ozuqa moddalari tarkibiga koʻra K.o uglevodli (kraxmal va qandga boy boʻlgan suli, arpa, makkajoʻxori doni tegirmon k-tlari chiqindilari, uzum, qand lavlagi turpi, barda va boshqalar) va proteinli (dukkaqli don ekinlari doni, kunjara, shrot, goʻsht, goʻsht-suyak, qon va baliq unlari) guruhlarga boʻlinadi. 1 kg uglevodli Konsentrat ozuqalarda 0,7— 1,3 ozuqa birligi va 70—80 g hazm boʻluvchi protein, proteinli Konsentrat ozuqalarda 0,7—1,2 ozuqa borligi va 180—350 g hazm boʻluvchi protein bor.Konsentrat ozuqalardagi energiya konsentratsiyasi hayvonning talabidan yuqoridir. Shuning uchun oʻsimlik mahsulotlari bilan oziqlanadigan hayvonlarni tanho konsentrat ozuqa bilan boqib boʻlmaydi. Hayvonlarning kundalik ratsionida dagʻal, shirali ozuqalar va yoz faslida esa koʻk oʻtlar boʻlganda ratsionning energetik va proteinli toʻyimligini oshirish maqsadida konsentrat ozuqalardan foydalaniladi. Hayvonlarga Konsentrat ozuqalar yedirish miqdori ularning mahsuldorligiga bogʻliq boʻlib, 10–15 kg sut beradigan sogʻin sigirlarga 1 kunda 2,5–3 kg , boʻrdoqidagi qoramol uchun kunlik semirish 800—1000 g moʻljallangan boʻlsa, ratsion toʻyimligining 40—50% ini konsentrat ozuqa tashqil qilishi mumkin. Qochirish mavsumida nasldor koʻchqorlarni boqishda va 1 yoshdan oshgan qoʻylarni boʻrdoqiga boqishda har kuni 1 bosh qoʻyga 800—1000 g atrofida Konsentrat ozuqalar beriladi. Choʻchqa, parrandalar, moʻynali hayvonlar ratsioni asosan Konsentrat ozuqalardan iborat.


Yüklə 103,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə