Andijon davlat universiteti



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə1/7
tarix04.06.2022
ölçüsü41,14 Kb.
#88738
  1   2   3   4   5   6   7
5A140204 –Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI



KELISHILDI Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ______________
____” _________ 2021 yil




TASDIQLAYMAN
Rektor________ A.S.Yuldashev
____”___________2021 yil



5A140204 –“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
va barqaror atrof muhit fizikasi” magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun mutaxassislik (ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihoni
DASTURI

Andijon-2021


Аnnotatsiya

Dastur 5A140204 –“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi” magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5140100-Fizika ta’lim yoʼnalishining o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.


Tuzuvchilаr:


ADU Fizika kafedrasi mudiri f-m.f.n. M.Nosirov

ADU Fizika kafedrasi professori t.f.d. R.Aliev




KIRISH
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mamlakatimizda 2019- yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
5140200-Fizika bakalavriat taʼlim yoʼnalishi negizida 5A140204 –“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi” magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabgorlar uchun taʼlim yoʼnalishi oʼquv rejasiga asosan 8 ta umumkasbiy va ixtisoslik fanlari boʼyicha: “Mexanika”, “Molekulyar fizika”, “Elektr va magnetizm”, “Optika”, ‘Atom fizikasi”, “Yadro va elementar zarralar fizikasi”, “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi”, “Noan’anaviy energiya manbalari” fanlaridan yozma ish savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22- iyun kungi PQ-5157-son qaroriga ko‘ra magistratura mutaxassisligiga qabul 2- bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda universitetda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshiriladi. Ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Mutahassislik fanlaridan kirish imtihonlari yozma ish ko‘rinishida o‘tkaziladi.




  1. Yüklə 41,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə