Andijon davlat universiteti


Tarbiyaviy ishlarning õzaro munosabatlarida nutqsiz vositalarning ahamiyati



Yüklə 59,09 Kb.
səhifə4/6
tarix13.04.2022
ölçüsü59,09 Kb.
#85409
1   2   3   4   5   6
302 ОРИФЖОНОВА

1.3. Tarbiyaviy ishlarning õzaro munosabatlarida nutqsiz vositalarning ahamiyati

Ma‘lumki, maktab o‘smirlarning faoliyati o‘qish va mehnatga qaratilgan. Shu faoliyat vositasida ular tashqi ijtimoiy olamni biladi. Ular dunyoqarashida va ma‘naviyatiga oid bilimlar, ko‘nikma va malaka, tasavvurlar zaxirasi to‘planadi. Jumladan, tarbiya jarayonida keng qo‘llaniladigan pedagogik trening, sharhlab o‘qitish, tayanch sxemalar, tayanch belgilar, rolli o‘yinlar uslublarni qo‘llash orqali o‘smirlar o‘z tengdoshlari orasida faollik ko‘rsatadi, ijtimoiy hulq va harakatlarning andazalarini o‘zlashtiradi, kattalar hayotiga kirib boradi. O‘quvchilar bajarayotgan rolga ko‘ra bir-birlariga bo‘ysunadilar va boshqarishni o‘rganadilar. Ana shu tariqa o‘quvchi shaxsida aqliy qobiliyat, shaxsiy va ijtimoiy burch hislari, o‘tkir zehn tarkib topadi, tenglik, demokratiya, birdamlik tuyg‘ulari, insoniy fazilatlar – samimiyat, ornomus, hushmuomalalik, sertakalluflik kabilar shakllana boshlaydi. Mazkur yuksak tuyg‘ularni amaliyotga joriy qilish jarayonida o‘smir shaxsida yuksaklikka intilish ishtiyoqi tarbiyalanadi. Shu bois o‘smir yoshdagi o‘quvchilar dunyoqarashida axloqiy qadriyatlar va insoniylik sifatlari to‘g‘risida adekvat bilimlar, tushunchalarning tarkib topishi ularni komil shaxs bo‘lib shakllanishiga asos bo‘ladi. Bu jarayonning kechishini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ilmiy qonuniyatlar asosida shartsharoitlarning yaratilishi, o‘z navbatida, inson shaxsini tarkib toptirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘qituvchi-pedagoglarga uslubiy qurol sifatida xizmat qiladi.

Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida o‘smirlar dunyoqarashini shakllantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Ushbu jarayonda millat va mamlakat uchun jon kuydirgan, Vatanga mehr va e‘tiqod asoschi bo‘lgan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Tavallo, Abdulla Qodiriy singari siymolarning hayoti va faoliyatini o‘rganish asosida o‘quvchiga ta‘sir ko‘rsatish, xulq-atvorini shakllantirish o‘qituvchining pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir. Albatta bunda o‘quvchi shaxsini rivojlanishi uchun tegishli pedagogik muhitni yuzaga keltirish, hamjihatlik, hamkorlik doimo demokratiya ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.

Demak, pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni ta‘minlaydigan, ishonch va manfaatlarga rioya etilishiga ko‘maklashadigan, o‘quvchining qobiliyati namoyon bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadigan o‘zaro munosabatlar tizimini yuzaga keltirish muhimdir. Chunki shaxsning rivojiga yo‘naltirilgan demokratik tarbiya, insonparvarlik munosabatlarining uyg‘unligini qadriyat sifatida ma‘nosini tushunib yetishga yordam beradi. Pedagogik hamkorlik o‘zaro tushunish, ishonch va o‘zaro yordamni, ijodiy hamkorlikka tayyorlikni yuzaga keltiradi. Bu esa o‘smirlarda axloqiy qadriyatlarni, milliy urf-odatlarni, milliy poklanish, milliy istiqlol g‘oyasining asl mohiyatini chuqur anglab yetishni ta‘minlaydi. Tarixiy, ijtimoiy taraqqiyot tajribasi shu narsani isbotlaydiki, jamiyatda ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy qurilma o‘zgarganda, bu o‘zgarishlar eng avvalo ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilishni, uning mohiyati va mazmunini o‘zgartirishni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchilarni ma‘naviy jihatdan yetuk, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘qitish, ularda hayotga, milliy-madaniy merosimizga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, ma‘naviy sog‘lom, ularning ruhan tetik rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini hamkorlik pedagogikasi asosida qurishni taqozo etadi. O‘quvchilarning qobiliyatini va iqtidorini har jihatdan namoyon etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda pedagogik omillar ustuvorligini ta‘minlash, shaxs, jamiyat va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlikka erishuv, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabatni, an‘anaviy ―ustoz-shogird‖ o‘zaro munosabatlariga xos chuqur insoniy ehtiromli asoslarga olib chiqish – ta‘limni insonparvarlashtirishning bosh yo‘nalishi bo‘lib, ta‘lim jarayoni subyektlarining o‘zaro tushunishini va hamkorligini ta‘minlaydi. Hamkorlik pedagogikasi yoshlarga hozirgi zamon ruhida ta‘lim va tarbiya berishni nazarda tutadi. O‘qituvchi bolalarni o‘z qiziqishlariga qarab bir jamoaga birlashtiradi. Yoshidan qat‘iy nazar agar tarbiyachi o‘z ishining ustasi bo‘lsa, bolalar bilan muloqot davrida o‘zining ham ijodkorlik darajasi ortib boradi.

O‘qituvchi o‘z ish faoliyati davomida ta‘limning uzluksizligini ta‘minlashga asosiy e‘tiborini qaratishi lozim. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim-tarbiya jarayoni mazmunini to‘la o‘rganib chiqishi va shunga asoslangan holda mashg‘ulotlarni tashkillashtirishi muhim. Shundagina o‘smir ta‘limning uzluksizligiga tortiladi, milliy an‘analarning eng yaxshilari va jahon madaniyat boyliklari bilan tanishadi.

Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, bugun ta‘lim tizimidagi barcha ishlar fan kabinetlarini jihozlash, yangi axborot texnologiyasi jihozlari-yu, takomillashtirilgan dastur, modernizasiya qilingan DTSlar, yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarining barchasi ta‘lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil qilish imkonini beradi. Bu qilinayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad ikki shaxs – o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muomala, munosabat, muloqotdan iborat bo‘lgan ta‘lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil qilib, o‘quvchining bilim va tarbiyasini jahon andozalari darajasida bo‘lishiga erishmoqdir. Agar ikki shaxs o‘qituvchi va o‘quvchi – birbirlarini yaxshi tushunsalar, o‘qituvchi berganini o‘quvchi to‘lig‘icha o‘ziniki qilib ololsa, bilingki, bular orasiga uchinchi shaxsning kirib borishiga ehtiyoj qolmaydi. Ikki shaxs muloqoti – ta‘lim va tarbiya jarayonida amalga oshadi. Birinchi shaxs – o‘rgatuvchi, ya‘ni o‘qituvchining, barcha bilan til topishi, ularning didi, xarakteriga moslab bilim va tarbiya berishida katta muammolar kelib chiqadi. O‘qituvchi berayotgan bilim sinfdagi qabul qiluvchilarning hammasiga bir xilda yetib bormaydi. Chunki, qabul qiluvchilar orasida kimdir tez qabul qilib, kech unutadi, kimdir kech qabul qilib, tez unutadi. Qabul qiluvchilar soni sinfda qancha ko‘p bo‘lsa, o‘rgatuvchiga shuncha qiyin bo‘ladi. Shu bois o‘rgatuvchi yordamga muhtoj bo‘ladi. Qanday yordamga? Qabul qiluvchilarga berayotgan bilim va ko‘nikmalarini ularning hammasining tafakkuriga singdirib olishga, yo‘l topishga. Shu bois o‘rgatuvchiga ko‘mak- yordam zarur. Bu yordam ta‘lim muassasasida ijodiy muhitni rivojlantirishdir.

Demak, bolaning o‘zlashtirishi, uning bilimi chuqur yoki sayoz bo‘lishi buo‘qituvchiga bog‘liq. Bu isbot talab qilmaydigan va hayotda isbotlangan aksiomadir. Shu bois o‘zining 50 yillik o‘qituvchilik faoliyatining 35 yili davomida o‘quvchilarining barchasini faqat «5» bahoga o‘qitib kelgan, respublikada boshlang‘ich sinf ustasi Mamajon Abdurasulov: «O‘zlashtirmaydigan o‘quvchi bo‘lmaydi, o‘zlashtirgiza olmiydigan o‘qituvchi bo‘ladi. Men o‘zimning o‘qituvchilik faoliyatimda buni isbotladim» deydi. (Ma‘rifat, 24 iyul 2005 y.)

Ta‘lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini rivojlantirishdan maqsad ular bilimining sifat ko‘rsatkichini, samaradorligini ko‘tarish, bunday jiddiy ishni yo‘lga qo‘yish, uni amalga oshirishda bosh sababchi, bosh mutasaddi bu o‘qituvchidir. O‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlasa, yangilikka intilsa, o‘zining pedagogik mahoratini oshirsa, shunda-gina ko‘zlangan maqsadga erishiladi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini mustahkamlashda har bir o‘qituvchining ijod bilan ishlashi, o‘z ustida ishlab, kasbiy mahoratini oshirishi, dars berish uslubiyotini yangilashi, boyitishi, ilg‘or o‘qituvchi-larning tajribalaridan foydalanishlari, mamlakatimizdagi pedagogika yangiliklari, jahon pedagogikasi tajribasidan boxabar bo‘lish, internet sahifalariga kirish va undan foydalanishlari ta‘lim muassasalarida o‘quvchining qiziqishi, intilishi, harakati faoliyatini samarali bo‘lishini ta‘minlaydi. Umumta‘lim maktablari o‘qituvchilarining ijod bilan ishlashlari, badiiy, ilmiy-ommabop, kasbiy yo‘nalish bo‘yicha boy imkoniyatga ega bo‘lgan kutubxona, axborot kommunikasiya texnologiyalari, internet tarmog‘i, axborot resurs markazi, o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or va novator o‘qituv-chilarning darslarini kuzatish, tajribasini o‘rganish kabilar faqatgina uning bilimini oshiribgina qolmay, balki o‘quvchilarning ham bilimini oshiradi. Shu jihatdan ham o‘qituvchi o‘quvchilarning erishgan yutuqlari, yaratgan yangiliklarini o‘z vaktida ommalashtirish, qo‘llab-kuvvatlash, rag‘batlanti-rib borish lozim. Ana shundagina ta‘lim o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida munosabat rivojlanib boradi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabati boshqalarga namuna, darslari barchaga namunali bo‘lsa, o‘quvchining qiziqishi ortib boradi. O‘quvchilar o‘z mehnatini qadrlanishini yoktiradi. Yaxshi o‘qigan, ilg‘or o‘quvchilarga alohida e‘tibor berib, ularni ruhlantirib, rahmatnoma e‘lon qilinsa u bundan g‘ururlanadi, ruhi ko‘tariladi, bundan keyin ham o‘qishga o‘rganadi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatini rivojlantirishda maktab kutubxonasi-ning ishini yaxshilash, uning kitob fondini rivojlantirish, unda o‘qituv-chilar va o‘quvchilarning ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish, internetga ulash, elektron pochta aloqasi o‘rnatish muhim hisoblanadi.

Har yili bir marta "Maktabim mening- unutilmas fahrim mening" tadbirini o‘tkazib, maktabni bitirib ketgan o‘quvchilar bilan maktabni tamomlayotgan o‘quvchilar, ustozlarning uchrashuvini o‘tkazish lozim.

"Maktabimiz tashkil topgan kun" tadbirini o‘tkazib, ota-onalar, mahalla faollari, shu maktabni tamomlab, turli joylarda ishlab turgan sobiq o‘quvchilar, tashkilot, muassasalarda rahbarlik lavozimida ishlayotganlar, biznesmen va tadbirkorlarni taklif qilish kabi ishlarni amalga oshirish o‘qituvchi munosabatlarini mustahkamlaydi. Maktab kutubxonalarida Respublika Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan ta‘minlanayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalaridan tashqari quyidagilar shart: I.Karimov asarlarining to‘liq tomi(jildi), O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, badiiy adabiyotlar, ilmiy, pedagogik, metodik adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyalar, darsliklar, hadislar va hadis to‘plamlari, ma‘naviyat, ma‘rifat va axloq qoidalariga oid adabiyotlar, ilmiy pedagogik va metodik jurnallar, markaziy viloyat, tuman gazetalari, yuqoridagi gazeta va jurnallarning ko‘p yillik tikma to‘plamlari (podshivka), kutubxonaga joylashtirilgan kseronusxa apparatlarining bo‘lishi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini mustahkamlash bilan birga ularning qizikishi, intilishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Bunda o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, o‘qishi, izlanishi va ijod qilishi, oilaviy kutubxonasining mavjudligi, kitob boyligi, matbuotga obuna bo‘lishi, ilmiy va ijodiy yangiliklar bilan tanishib borish, matbuot konferensiyalarida, matbuotda, mahalliy matbuot, mahalliy radio va televideniyada qatnashib, ma‘ruzalar qilib, o‘z faolligini oshirishi, ijodiy ta‘til va metodik kunlardan unumli foydalana olishi.

Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida o‘quvchilar bilan ijodiy muhitni yaratadi. O‘qituvchining o‘zidagi qiziqish, ijod va intilish yetarli bo‘lmasa, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish uchun vaqti bo‘lmasa, o‘qituvchining kasbi kamolotidan tashqari turli yumushlar bilan ko‘mib tashlasa, u holda o‘quvchilar bilan munosabati samara bermaydi. O‘qituvchining ijodiy ishlamasligi tufayli ta‘lim tarbiyada yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi. Farzandlarimizni zamon talablari asosida chuqur bilimli, ishbilarmon qilib tarbiyalashda har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilari bilan doimo munosabatda bo‘lishi Vatan va xalq oldidagi burchimizdir.

Psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda pedagoglarning o‘z ustida mustaqil ravishda tinmay ishlashi, malakasini oshirib borishi, mustaqil mutolaa qilishi va ijodkor bo‘lishi o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarda muhim o‘rin tutadi. Chunki, hozirgi davr g‘oyalariga sodiq, mehnatsevar yoshlarni tarbiyalashdagi muvaffaqiyatlar ko‘p jihatdan o‘qituvchining siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviyasiga, o‘z ishiga ijodiy yondashishiga, o‘z burchiga nisbatan sidqidil bo‘lishiga bog‘liqdir. Mazkur vazifani hal qilish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga ularning tarbiya jarayonini qanday boshqarishiga va o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni tashkil etish va nazorat qilishlariga bog‘liqdir.

O‘qituvchi va o‘quvchi munosabati tarbiya jarayonida keng qamrovli o‘lchov

bo‘lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardan xisoblanadi. Shuning uchun ham ―2004-2009 yillarda Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi‖ da umumta‘lim maktablarida o‘qituvchilarning faoliyatini takomillashtirishga aloxida e‘tibor qaratilgan. Bu vazifani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi ―Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida‖gi 25sonli qarori hamda Xalq ta‘limi vazirligining 2006 yil 7 iyundagi ―Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘risida‖gi 149-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Yuqoridagi me‘yoriy xujjatlar o‘qituvchi kadrlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ularning mustaqil ta‘lim egallashi uni ta‘lim–tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish, ularni kuzatish va tahlil qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli maslahatlar berib borish kabilarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatildi.

O‘qituvchilar tomonidan tarbiya rejasini bajarilishi maktabda ta‘lim samaradorligini oshiradi. O‘qituvchilarning mustaqil o‘qib bilim orttirishlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, axborot-resurs markazlarida, elektron darsliklar, ma‘ruza matnlarining elektron versiyalari, turli o‘quv-metodik va badiiy adabiyotlar asosiy va qo‘shimcha manbalardan foydalanishlari bilimlarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutish bilan birga o‘quvchilar bilan munosabat qilishda, hamkorlik pedagogikasini amalga oishirshda o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Bu jarayonning talab darajasida va samarali olib borilishi uchun o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari uchun mustaqil bilim olishlariga ularga belgilangan dasturni muvaffaqiyatli bajarishida tegishli yordam ko‘rsatishlari va shart-sharoit yaratib berishlari lozim. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashda suhbatlar, anketalar, testlar o‘tkazish, o‘quvchilarning fikri, dunyoqarashi kabilarni o‘rganish muhim o‘rin tutadi. Ushbu holatlar o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilardagi muammo va qiyinchiliklari, tipik xato va kamchiliklarini aniqlash yoki faoliyatini ilg‘or pedagogik tajribasini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda o‘qituvchining nazariy, uslubiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati va shaxs sifatlari muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi ta‘lim-tarbiya natijalarini o‘rganib, xulosalar tayyorlaydi. Nazariy-uslubiy muammolari, pedagogik mahorati va shaxs sifatlarini korreksiyalash tadbirlari belgilanadi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchilar bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun o‘quvchilarni tarbiyalash faoliyati monitoringi olib borishi maqsadga muvofiqdir.

O‘qituvchi va o‘quvchi munosabati shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta‘sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yoqlama faoliyatni, yani o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida ong shakllanadi, xis-tuyg‘ular rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida bolalarning hayoti va faoliyatida tarbiyaviy ta‘sirlar, shaxsiy tajribaslar va ehtiyojlar namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishda o‘qituvchining munosabati, turli xil kechinmalari uni qanday anglashi, baxslashishi, xis qilishi hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olganligini bilishi shaxsining kamolotga yetishida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki, xis-tuyg‘ularini ham o‘stiradi. Jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qiladi. Bunga erishish uchun o‘quvchilarning ongiga, xissiyotiga va irodasiga tizimli va muntazam ta‘sir etib boriladi.

Maktabdagi tarbiya jarayoni uzluksiz xisoblanib unda tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi munosabatlari amalga oshadi. Tarbiya aniq maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatini belgilaydi va ushbu faoliyatiga o‘quvchilarning faol ishtirok etishni ta‘minlaydi. Ular o‘rtasida ma‘naviy-axloqiy munosabatlar uchun sharoit yaratadi. Tarbiyani ijobiy bo‘lishi uchun ushbu jarayonni yaxshi bilish, uni o‘quvchining odobliligi, yetukligi bilan unga qo‘yiladigan talablar o‘rtasi-dagi farqlarni bilish muhim xisoblanadi. Tarbiyachining talablari bilan tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasini bilish, ya‘ni bolalarning faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta‘minlash, ularda onglilik, har bir ishni bajarishda tayyorgarlik darajalarini shakllantirish muhim xisoblanadi. Tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama shakllantirish maqsadida bola ongi, his-tuyg‘ulari, irodasi va munosabatlar tizimiga ta‘sir ko‘rsatish o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga biror bir vazifani bajarish uchun ko‘rsatmalar beradi. Bu ko‘rsatmalar tushuntirish asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari vujudga keladi. o‘qituvchi bolaga ta‘sir ko‘rsatish bilan o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi.

Bolalarga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchi u yoki bu vazifalarni o‘quvchilarga topshiradi. Buning natijasida o‘quvchining jonli nutqi, bolalarning o‘yinlari, jamoatchilik, havaskorlik to‘garaklari murabbiy o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchi bilan munosabatlarni tashkil etish usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanadi. Bunda bolaning shaxsiy xususiyatlari hamda tarbiyalanganlik darajasi, bola yashayotgan aniq pedagogik vaziyatning tabiatini o‘rganadi.

O‘qituvchti o‘quvchilarning ijtimoiy ong, axloqini shakllantirish bilan birga rag‘batlashtirish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash usullaridan foydala-nadi. O‘quvchilarning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga hartomonlama ta‘sir ko‘rsatish bilan birga tushuntirish, xikoya, suhbat va namuna metodlari asosida ularda vatanga, xalqgv sadoqat tuyog‘ularini shakllantiradi. Bolarda xatti-xarakatlar, voqyealar va xodisalarning ma‘naviy, estetik, mazmunini ochib beradi. Ularga xulq-atvor va insoniy munosabatlarga to‘g‘ri baho berishni shakllantiradi. Bola shaxsini g‘oyaviy va ma‘naviy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi ta‘sirchan bo‘lib, ularda ishonch, ijobiy his-tuyg‘ular vujudga keltiradi. O‘qituvchi sinf jamoasiga Amir Temur o‘gitlari, Alisher Navoiyning bolalik yillari xaqida gapirib bersa, buning samaradorligini bolalarning qanday quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar bolalar ―Biz ham Amir Temurni, Alisher Navoiyni o‘rganamiz‖, -degan umumiy istak bildirsa demak, o‘qituvchining so‘zlari bolalar ongiga yetib borgan. Bunga javoban o‘quvchilarda savollar tug‘iladi. Biror maqsad yo‘lida munosabatlar tuyg‘usini keltirib chiqaradi.

Axloq xaqidagi olib borilgan suhbatlar o‘quvchilarning yurish-turish doirasini kengaytiradi. O‘quvchilar faqat tinglovchilar emas, balki muhokama qilinayotgan mavzularning faol ishtirokchilarga aylanadilar. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan munosabatiga, ularning bilimiga tayanishi lozim va ularning shaxs uchun ahamiyatini hisobga olish zarur. Munosabatlar o‘quvchilarni o‘ylashga, mazkur masala bo‘yicha o‘z bilimlarini orttirishga yordam beradi. O‘qituvchining o‘zi qanchalik kam gapirsa, bolalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi, ular bilan ajablanishi, quvonishi lozim, shunda munosabat, hamkorlik samarali bo‘ladi. Munosabatlar natijasida bolalarning xulq-atvori va faoliyati amalga oshiriladi. Axloqiy fazilatlar xaqidagi suhbatlar o‘tkazish, kitoblar o‘qish, o‘qituvchi va bolalar munosabatlarini rivojlantiradi. Xulq-atvorni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zi xurmat qiladigan, o‘zi yoqtiradigan kishilarning xulq-atvori, obrazlaridan foydalanadi, ulardan nusxa ko‘chiradi. Ularning boshqa kishilar fe‘l-atvoridagi ma‘lum xislatlar jalb qiladi.

O‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari bolaga ta‘sirini kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-xarakatlarini faollashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Munosabatlar xarakat qilishga ilxomlantiradi va xar qaysi bolaning xususiyatiga qarab o‘zgaradi. Munosabatlar jarayonida istiqbolga doir qo‘yilgan talabalar bola faoliyatini faollashtiradi. Bunday talab bolalarda щodu-xurramlik kayfiyatini tug‘diradi. Har xil bolaning ulg‘ayishi o‘qituvchi uchun ham muhimdir. Chunki, o‘qituvchi maktab hayotida o‘z munosabatlari asosida umumiy yuksalishiga yordam beradi. O‘qituvchi har bir bolaning imkoniyatlarini ko‘ra olish va baholash, olg‘a harakat qilish, iroda va fel-atvorni tarbiyalashda tarbiyachi yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaga shunday ta‘sir ko‘rsatadiki, uning xattixarakatiga, xulq-atvori ijobiy rivojlanadi. O‘qituvchi bolaning xulq-atvor ko‘nikmalarini mustahkamlash va salbiy ko‘nikmalariga barham berishda, takomillashuvida, xulq-atvor va xatti-xarakat bobida qanday yo‘l tutish kerakligini anglab olishga imkon beradi. O‘quvchi bola faoliyatini rag‘batlantiradi. Unda quvonch kayfiyatini oshirib, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga undaydi. O‘qituvchi bolaning axloqidan uning ishga munosabatidan, muammo-sidan mamnun bo‘lmasa, bola o‘z xulqini tuzatib olishiga yordam ko‘rsatadi. Buning natijasida bola o‘zini-o‘zi tarbiyalash, ya‘ni o‘z ustida ishlash, faol ish olib borish xususiyatlari shakllanadi. Bular bolada hayotda mustaqil-likka intilish, oilada va maktabda iroda, tirishqoqlik intizomini tarbiyalaydi.

Xalq pedagogikasida bolalarni uz-uziga xizmat qilishga urgatilgan. Katta yoshdagi o’g’il va qizlar ota-onalari bo’lmagan paytda uyda bajarish lozim bo’lgan barcha ishlarni mustaqil ado etganlar.

O’tmishda mehnat tarbiyasida turli usul va vositalarni qo’llash orqali bolalar mehnatga ruxan va amaliy jixatdan tayyorlangan. Bolalarni amaliy mashg’ulotga tayyorlashda ishontirish, qiziqtirish va bola faoliyatini baxolash usullari qo’llangan. Xalq bu ishlarni amalga oshirishda vosita sifatida uyin va marosimlardan og’zaki ijodning mehnat mavzuidagi asarlaridan moxirona foydalangan badiy so’z vositasi sifatida bolalar ruxiyatiga ta’sir ko’rsatgan. Ularning bu tadbirlari bolalarning axloqiy va ruxiy jixatdan mehnatga tayyorlanishida muhim axamiyatga ega bo’ldi.

Bolalarda mexnat qilish zarurligiga ishonch xosil qilishda ularni mexnatga ruxan tayyorlashda bobolar maqol , topishmoq va ertaklar bilan bir qatorda, da’vat qilish, undash, nasixat qilish, maslaxat berish, amalda kursatish usullarini xam qullaganlar. Ota-bobolar bu usullar Bilan bolalarda inson xayotida mexnatning urni, axamiyati xaqida tushuncha xosil qilganlar.

O’tmshda yaxshi va namunali ishlari uchun bolalarni rag’batlantirish usuli xam mexnat tarbiyasida yaxshi natija bergan. Bu usul, namunali ishlar qilgan bollarga nisbatan qullangan: “barakalla “Juda zo’r raxmat” “Umrigdan baraka top” so’zlari bilan bolaning ko’ngli ko’tarilgan, kulib-erkalab boshi silangan.

Mexnat tarbiyasida ota-bobolar qullagan ibratli usullar ularning boy tajribasi xozirgi davrda xam maktablarda qo’llanib, ijodiy rivojlantirmoqda. Chunki mehnat – insoniyat xayotining, uning o’sib, kamol topishi va nafosatli bo’lishi, moddiy va ma’naviy boyligining asosiy manbaidir. Inson mehnatining asosiy xususiyatlaridan biri, uning fikr yuritish, ijod qilishga moyil va qodirligidir. Inson buyum – narsa yaratar ekan, u avvalam bor o’zining moddiy va ma’naviy extiyojni qondirishni o’ylaydi, shu bilan birga yaratgan narsasining tashqi ko’rinishi va go’zalligi bilan boshqalar diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadigan bo’lishi haqida fikr yuritadi.

Mexnat jarayonida bolalarning nafosat xaqidagi tushunchalarini did va qarashlarini rivojlantirish tarbiyaviy ishning muhim tomoni xisoblanadi.

Go’zal didli inson yaxshi fazilatlar egasi – insonparvar , mehnatsevar davrning ilg’or g’oyalarini chuqur o’zlashtiruvchi , shu g’oyalani o’zlashtiruvchi shu g’oyalarni rivojiga o’z xissasini qo’shishga intiluvchi bo’lib yetishadi.Mehnat faqat insonning kamol topishi uchungina emas , balki xatto ergashgan insoniylik xislatlarini mazkur darajada saqlab turishi uchun xam zaruriy shartdir. Inson mexnat qilmay turib ilgari bora olmaydi, mexnat qilmasa erishgan darajasini saqlab qola olmaydi u orqaga ketishga majbur bo’ladi . Insonning qalbi va tanasi mehnat qilishni talab qiladi. Agar inson Biron –bir sababga ko’ra turmushda shaxsan mehnat qilmasa u xolda inson chinakam turmush yo’lini yoqotadi va turmushdan cheksiz norozi buladi xamma narsadan kungli sovib xech narsani yoqtirmaydi, xamisha zerikib xunob bulib yuradi ikkinchidan unday odam uz xoxishi bilan o’zi ham sezmagan xolda o’zini-o’zi nobud qilib boradi va tez orada yosh bolalarga xos injiq va qaysar bo’lib qoladi. Bu xar ikkala yo’l xam insonni tiriklayin murdaga aylantiradi nimaga desangiz, shaxsiy mexnat erkin mehnat- ana shuning o’zi xayotdir .

Mehnatning go’zallik xususiyati – inson xissiyotiga, xissiyoti orqali ongi va xulqiga ta’sir etishdir. Mehnatning go’zallik xususiyati esa mehnat jarayoni go’zalligi, mehnat sharoiti go’zalligi, mehnat natijalari va ishlab chiqarish bilan band bo’lgan inson go’zalligi tashkil etadi. Ta’limda ana shu masalalarga, ya’ni mexnat jarayonining, sharoitning va mexnat natijalarining guzallik jixatdan maqsadga maqsadga muvofiq bulishiga e’tibor beriladi. SHundagina tarbiya bolani turmush mexnatiga tayyorlaydi, unda mexnatni odat qilib olish va mexnatni sevish kabi xislatlani ustiradi, unga turmushda uziga munosib o’zi istagan mexnatni aniqlab olish imkonini beradi.

Aqliy mexnat tafakkur mushoxada dunyoni bilish bilimlarni egallash ular asosida uz dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirib borishdir. Bu – mexnatning xaqiqattan xam mexnatga aylanishi uchun u aniq maqsadga guzalligini yoritish orqali bolalarda mexnatni sevish xissini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bulishi kerak.

Yoshlarga mexnat nafosati – guzalligini kursatish ,mexnatda insonning usishi , aqliy axloqiy va jismoniy tomondan kamol topishini insondagi guzallikni oshirishda utmish mumtoz adabiyot va XX asr adabiyoti asarlaridagi inson mexnati badiiy chuzilgan obrazlarni masalan Alisher Navoiyning “Farxod va SHirin” dostonidagi Farxod Oybekning Qutlug’ qon romanidagi Yulchi misol qilib olish mumkin .

Mexnat tarbiyasida ishning ma’lum bir tartibda bulishiga xam axamiyat beriladi.bola ishni bir tartibda bajarishi Bilan uz xarakatini boshqalar xarakati bilan moslashtiradi natijada jamoa bajarayotgan ishda xam uyg’unlik yuzaga keladi. Mexnat qilayotgan bola xarakatidagi tartib jismoniy kuchi Bilan mos bulishi unda guzallikka qiziqishini oshiradi , unga guzallik baxsh etadi .

Mexnatning ma’lum bir tatibda bulishi bolada axloqiy xis tuyg’uni xam ustiradi , uning jismoniy baquvvat bulishini ta’minlaydi . bu masalaga utmishda jamoa axli xam, otalar xam axamiyat berib mexnatning moxiyati, guzalligi Bilan birga , mexnatda faqat tartib emas balki xarakat turlicha bulishi mexnat qilishda sur’at ifodalilik xam bulishi zarurligini bolalarga tushuntiradilar .Ular mexnat qilish jarayonida paydo buladigan guzal xissiyotning inson xayotida eng ma’naviy extiyoj ekanligini bolalarning anglab olishlariga aloxida axamiyat berganlar .

Xar bir millat, jumladan, o’zbek xalqi xam xayotga qaysi soxada bulmasin , uz ezgu niyatlari, orzulariga ijodiy mexnat tufayli erishgan. Toshkent shaxridagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri binosi xam uzbek xalqining ijodiy mexnati bilan barpo etilgan muxtasham yodgorlik , me’morchilik xunari- san’tining guzal namunasidir.

Maktabda mexnat tarbiyasining samarali bulishi kup jixatdan uqituvchining mexnatda namuna bulishiga bog’liqdir .Yuksak did Bilan u ishlagan xar bir buyum va asbob uquvchilarda shunday narsalarni ishlashga qiziqish uyg’otadi mexnat faoliyatini oshiradi ular ishlagan narsa va buyumlarning chiroyli, jozibali bulishi uchun xarakat qiladilar .

Uquvchilarning mustaqillikni fikrlashni ijodkorlikni talab etuvchi mexnatni sezadilar. Bu xususiyat ularga ,umuman yoshlarga xosdir. Uz kuchlarining kurgazmali , mustaqil tarzda namoyon bulayotganini xis etgan , kurgan taqdirdagina uquvchilar qiziqish bilan mexnat qiladilar . Uqituvchi uquvchi mexnatni shu zaylda tashkil etish orqali ularda ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi ularni turmushga tayyorlaydi

Mexnat ijod namunasi darajasiga kutarilishi Bilan jozibadorlik kasb etadi , kishilarni uziga maftun etadi. Uquvchilarda ana shunday xususiyatga yega bulgan ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirishda uqituvchining namunali ishlari xamisha birinchi urinda turadi. U ana shu namunali ishlariga kura , uquvchilar ma’naviy dunyosining me’mori ularni nafosat olamiga olib kiruvchi murabbiy xisoblanadi .

Uzbek xalqi asrlar davomida inson axloqiy guzal bulishini orzu qilgan tabiat guzalligini qadrlagan tabiat mexnatni – guzallik manbai deb bilgan .uning guzallik xaqidagi qarashlari u yaratgan Ona yerning tuprog’i – ona sutidan aziz Ona yurting oltin beshiging Qishning baxri kuzga baraka Yerga mexr elga mexr Yigit xusni – mexnatda Daraxt yaprog’i bilan kurkam odam mexnati bilan Guzallik ilmu ma’rifatda kabi maqollarda uzifodasini topgan shuningdek qushiq ertak doston va musiqalarda aks etgan . SHu zaylda u guzallik ijodkori bulgan .

Xalqning oilaviy xayot, inson guzalligi xaqidagi ideallarii guzallikni anglatuvchi tushunchalar – guzal, latif, zilol, gulyuz, gulchaman , barno ,zebo ,okil , zuxro, lochin ,suzlarda xam ifodalagan .

Xalq ayollar xusnini pardozda emas aqlida kurib ularning guzalligini ulug’lagan BU xaqdagi tafakkuri u yaratgan obrazlar tasvirida qullangan asalbonu, gulmexri ,gulbegim , butakuz , iffatoy , nazokatoy , ra’no sarvinoz kabi so’zlardan namoyondir

Xalqning erlar guzalligi xususidagi ideallarini ularning obrazini chizishda foydalangan jamol, jasur, moxir, sarvar, temir, ulug’, chulpon, sharaf , ulmas, ug’lon , eldor shuxrat kabi suzlarda kurish mumkin .

Xalq guzalligining aksi bulgan inson va umuman jamiyat uchun dog’ zararli illatlarni yomon yaramas ochkuz xudbin ishyoqmas ig’vo surbet kabi tushunchalarda qoralagan .

Xalq bolalarda guzallikka xavas tuyg’usini tarbiyalashda ularni mustaqil xayot kechirishga tayyorlashni , yoshligidan tabiat , mexnat , axloq, odob guzalligini egallagan shaxs qilib yetishtirishni uz oldiga asosiy vazifa qilib quygan .

Xalq inson guzalligini uyaratgan buyumlarda xam namoyon bulishini kurgan , bilqi lgan va bolalardan xam mexnat qilib guzal buyum yaratishni talab qilgan .

Uzbek xalqi mexnat guzalligini ug’il va qizlar yaratgan duppi telpak zirak palak zebigardon marjon choyshab chopon etik kavish maxsi mis va sopol idishlar umuman qul xunarida ruzg’or buyumlarida ayollar taqinchoqlarida kurgan .

Ulug’ mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino: “ Xayo insonning abadiy guzalligi va latofatidir. Xayosiz yuz jonsiz jasadga uxshaydi»- deydi .

Ota – bobolar bolalarni guzal xulqli axlu muxabbatda sodiq sharmu xayoli sabru qanoatli shirin suz va tavozeli qilib tarbiyalashga xarakat qilganlar. Ular xulq atvori bilan xalq qoshida marg’ub va maxbub bulgan odamning uziga yordam berganlarni xech vaqt unutmasligiga ishonganlar

Ota-bobolar bolalarda guzallikka xavas tuyg’usini ustirishda ularning axloqiy guzallik bilan birga tashqi guzallikka – til dustlik kiyinish yuz uz taom yeyish choy ichish ziyorat uyqu kupchilik urtasida uzini tuta bilish odoblarini egallashga xam axamiyat berganlar.ular ug’il va qizlariga katta yoshli odamlar uzaro gaplashib turganda ularning suzlariga aralashmaslikni komil aqlli tug’ri fikrli va yaxshi xulqli bulganlar bilan dustlashishini boshqalarning shodlik va qayg’uli kunlarida tayanch xamrox bulishini tushintirganlar .

Kattalarning turli mavzularda utkazgan suxbatlari va guzal xulq atvorlari bilan namuna bulishlari bolalarning guzallikni chuqur tasavvur etishlarida muxim axamiyatga ega .

Tabiat guzallik timsolidir. Tabiat badiiy so’z va tasvir san’ati namoyandalari uchun ilxom manbaidir.Ona tabiat guzalligi xalq uchun uziga xos ilxom manbai bulgan va xozir xam shunday . SHu tufayli xam xalq yaratgan badiiy ijodda u uz aksini topgan, Yil fasllariga xos chiroy, xususiyat guzal tariflangan. Buni mashxur olim Maxmud Qoshg’ariyning

“ Devonu lug’atit turk” asarida berilgan misollarda kurish mumkin .

Baxor shunday ta’riflanadi: “Yashin yashnadi, bulut quzg’alib, xayojonga tushdi.Ayg’ir va biyalar baxor kelgandan zavqlanib , shodlik Bilan kishnashadi va yayrashib olishadi…”

Yoz quyidagicha ta’riflanadi :“ Turli tuman chechaklar tizildi ,g’unchasidan ,kurtagidan yozilib kurindi. Ular yer ustida uzoq yotib ezilgan edi, yerdan bosh kutarib bir biridan ayrilishayotir”.

O’tmishda ota ,bobolarimiz yosh avlodni tabiat bilin tanishtirishga, ularda tabiat guzalligiga xavas tuyg’usini tarbiyalashga aloxida e’tibor berib , tabiat xodisalarni , quyosh , oy, yulduzlar xaqida ijod etilgan afsonalarni aytib berganlar , shu yullar Bilan ular bolalarda tabiat , tabiiy xodisalar xaqida tasavvur qilganlar , tabiat guzalligiga xavas , uni e’zozlash, guzallik yaratish tuyg’usini kamol toptirganlar.

Tabiat go’zalliklari bolalar ma’naviy dunyoqarashning tarkib topishi va rivojida muxim axamiyat kasb etadi , tabiat uz go’zalligi bilan ularni o’ziga maftun etadi. Tabiat lavxalari o’zining tabiiy ko’rki bilan bolalarda yorqin xissiyot uyg’otadi. Tabiat bolalarni guzallikni xis etish , guzal didli qilib tarbiyalash manbai bulishi bilan birga , ularni insonparvar guzal axloqli qilib tarbiyalashda xam muxim mavqega ega bulgan. Buni yaxshi bilgan ota onalar bolalarining diqqat e’tiborini yam yashil qir adirlarga bog’, daryo, dengizlarga jalb etganlar. Ana shu guzalliklar odamda xar bir narsa uzgaradi , ammo fazilat qonunlari sira xam uzgarmaydi. Rivoyat qilishlaricha Yoshi bir joyni qoralab qolgan otaxon dashtga chiqib ko’chat ekayotgan ekan. o’sha chog’ ot minib olgan bir boyvachcha o’tib qolibdi. U cholning yoshini so’rab: «To’qsondan oshibsiz, bir oyog’ingiz to’rda, bir oyog’ingiz go’rda bo’lsa nima qilasiz bunaqa urinib. Undan ko’ra tinchgina o’ltirsangiz bo’lmaydimi» debdi. SHunda chol uning dilini ranjitmay «Umidli dunyo, bolam», deb qo’ya qolibdi.




Yüklə 59,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə