ko‘zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat
bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga
mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida
raqiblar bellashadi...»
27
.
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga
kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga
tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli
yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda,
farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»
28
. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel
uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u
jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini
tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy
demokratiyani kiritadi.
Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada
rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti
ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»;
«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani
amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini
tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va
ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl –
narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi.
G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot,
Dostları ilə paylaş: